O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/322
Sana31.12.2021
Hajmi3,37 Mb.
#252465
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   322
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Psixologik qonuniyat u yoki bu ruhiy hodisani keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabab bilan natijaning 
ichki bog‗liqligidan iboratdir. Bunday psixologik qonuniyatlardan biri ma‘lum sharoitda u yoki bu ruhiy hodisaning 
takror namoyon bo‗lishidir. Psixologik qonuniyatlarni bilish - muayyan psixik hodisani tushunish, oldindan ko‗ra 
olish  va  ularni  qayta  tiklash  imkonini  beradi.  Shuningdek,  ichki  ishlar  idoralari  xodimlariga  fuqarolarning  ruhiy 
faoliyatlari  umumiy  xususiyatlarini  chamalab  ko‗rishga,  fikr  yuritish  va  xulq-atvorlarini  belgilashga,  ayniqsa, 
jinoyatchi shaxsining qilmishlarini ochish ishlarini tashkil qilishda xatoga yo‗l qo‗ymasliklarida yordam beradi. Har 
bir  xodim  shaxsning  individual  xususiyatlarini,  sof  tasodifiy  holatlarni  keltirib  chiqaradigan  boshqa  narsalarni 
hamisha  o‗rganib  borishi  va  hisobga  olishi  shart.  Psixologik  qonuniyatlar  umumiy  va  juz‘iy  bo‗lishi  mumkin. 
Umumiy qonuniyatlar hamma shaxslarga yoki ko‗pchilikka aloqador bo‗lishi mumkin. Masalan, hamma shaxslarda 
sezgilarning  intensivligi  (tez,  jadal)  qo‗zg‗atuvchining  kuchiga  nisbatan  (o‗rtacha  kuchiga  nisbatan)  logarifma 
mutanosibligida o‗sib boradi. 
Juz‘iy qonuniyatlar ba‘zi yoshdagi kasb egalari va ba‘zi toifadagi shaxslarga xos qonuniyatlardir. Masalan, 
o‗smirlarda  abstrakt  fikrlashning  tezlik  bilan  rivojlanishi  hamma  shaxslarga  emas,  faqat  o‗smirlarga  xos  bo‗lgan 
juz‘iy qonuniyatdir. Psixologik qonuniyatlarni jiddiy o‗ylab tashkil qilingan hamda rejali ravishda olib boriladigan 
tekshirishlar orqali aniqlash mumkin. Qanchalik murakkab bo‗lishidan qat‘i nazar, ko‗pgina psixologik tekshirishlar 
mutaxassis uchun tushunarlidir va ularni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirish mumkin. 
Psixologik qonuniyatlar jarayonini ba‘zi asosiy bosqichlarga ham bo‗lish mumkin. 


 
137 
1. 
Masalaning  qo„yilishi.  Har  qanday  ilmiy-tekshirish  ishlari  kabi,  psixologiyada  olib  boriladigan  ilmiy 
tekshirish  ishlari  ham  nazariy  va  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‗lgan  masalani  aniqlashdan,  shuningdek,  bu  masala 
fanda qanchalik o‗rganilganligini bilish uchun mazkur mavzuga oid adabiyotlarni o‗rganishdan boshlanadi. 
2. 
Tekshirish  metodikasini  tanlash.  Psixologik  kuzatishlar  turli  metodlar  (bu  metodlar  haqida  quyida 
batafsil fikr yuritiladi) bilan olib boriladi. Ishning muvaffaqiyatli chiqishi ko‗p jihatdan metodni tanlashga bog‗liq 
bo‗ladi. 
3. 
Aniq  ma‟lumotlarni  to„plash.  Ma‘lumotlar,  I.  P.  Pavlov  ta‘biri  bilan  aytganda,  olim  uchun  go‗yo 
havodek  zarur  narsadir.  To‗plangan  ma‘lumotlar  o‗rganilayotgan  muammoga  mos  kelishi  zarur.  Ilmiy 
ma‘lumotlarga bo‗lgan asosiy talab - ularning to‗liq va izchil bo‗lishidir. To‗plangan ma‘lumotlar o‗rganilayotgan 
masalani har jihatdan tavsiflab berishi kerak. 
4. 
Aniq  ma‟lumotlarni  ishlash.  To‗plangan  ma‘lumotlarni  matematik  va  mantiqiy  jihatdan  ishlab  chiqish 
umumiylikni,  tipiklikni  topish  va  ularni  tasodifiy  materiallardan  ajratish  imkonini  beradi.  Bunda  to‗plangan 
materiallarning o‗rtacha miqdori (arifmetik, kvadrat va h.k.), foizi va boshqalar aniqlanadi, songa oid ma‘lumotlar 
jadvallarga  joylashtiriladi,  grafik,  diagramma  ko‗rinishlarida  aks  ettiriladi.  Murakkab  mutano-  siblikdagi 
ma‘lumotlarni aniqlashda esa variatsion statistika metodlari qo‗llanadi. 
5. 
Qonuniyatning ifodalanishi. Bu tekshirishning eng qiyin va mas‘uliyatli bosqichi hisoblanadi. Chunki 
bu  bosqichda  ma‘lumotlarning  mohiyatini  chuqur  tushunish,  ularning  o‗zaro  bog‗liqlikni  hisobga  olish  kerak 
bo‗ladi, binobarin, bitta ma‘lumotdan turlicha xulosa chiqarish mumkin. Ko‗pincha chiqarilgan xulosalar taxminiy 
xususiyatga ega bo‗lib, keyingi tekshirishlar, aniqlashlar uchun asos bo‗ladi. 

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   322




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish