Abdulla avloniy pandlar, hikoyalar, kitobidan



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/89
Sana31.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#252387
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89
G'lYBAT 

 

G'iybat  deb  bir  kishining  kamchilik  va  qusurini  orqasidan  so'ylamakni 



aytilur. G'iybatni so'ylamak harom o'ldig'i kabi eshitmak ham haromdur. Kishi o'z 

nafsiga  lazzat  umidi  ila  birovni(ng)  g'iybat  qilub,  etini  chaynamak  gunoh  ham 

insoniyat nomina yarashmagan eng yomon axloqi zamimalardandur. 

Inson  boshqa  gunohlarni  nafsining  lazzati  uchun  qiladur.  Ammo  g'iybat 

sohibi  lazzat  o'rniga  o'z  boshiga  yoki  bir  boshqa  kishining  boshiga  bir  balo 

hozirlaydur. Chunki so'z borub g'iybat qilinmish kishining qulog'iga yetar. G'azab 

qoni  harakatga  kirar.  G'iybatchidan  o'ch  olmak  fursatini  poylar.  Shunday  qilub, 

g'iybat  soyasida  iki  musulmon  orasiga  zo'r  dushmanlik  tushar.  Oxiri  o'lumgacha 

borub  tiralur.  Shul  tariqa  g'iybatdan  tug'ilgan  adovat  cho'zulmoqg'a  oid  bo'lub, 

dushmanlik  zo'rayub,  o'z  oralaridagi  xususiy  janjallar  ila  aziz  umrlarini  uzdirub, 

umumiy  xalq  foydasi  uchun  ishlanadur-g'on  milliy  ishlardan  mahrum  bo'lmaklari 

ila barobar aholi-ning orasidan ittifoqning yo'qaluviga sabab bo'lurlar. 

www.kitob.uz saytida elektron kitoblar, audio ertaklar, darsliklar mavjud



Alhosil, qaysi bir millatning orasida birlik ko'tarilub, nifoq va adovat hukm 

surgan  bo'lsa,  ul  qavmning  inqiroz  dunyosiga  yuzlanganlig'i  tarix  sahifalaridan 

ma'lumdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallallohu alayhi vasallam afandimiz: 

«G'iybatdan saqlaningiz, g'iybat zinodan ham yomonroqdur», -   demishlar. 

Agar jurm-u gunah bo'lsun desang oz, Tilingni saqla g'iybatdan qish-u yoz. 

Quloqg'a paxta tiq, g'iybat eshitma, Shikoyatchi kishiga bo'lma damsoz. 

 

 

 



HAQORAT 

 

Haqorat  deb  bir  kishining  nafsiga,  iffatiga  tegadurgon  so'zlar  ila  qadr  va 



e'tiborini  tushurmak  niyatida  yomon  muomala  qilmakni  aytilur.  Ulamolar  diniy 

kitoblarda:  «Tashbihi  zino  gunohi  kabiradur  -  birovni  haqorat  qilish  ulug' 

gunohlardandur»,  -  demishlar.  Lekin  bizlarning  oramizda  xotun-qizga  borushub, 

bir-birimizni haqorat qilmak odat hukmig'a kirmishdur. Buning sababi axloqsizlik, 

gunoh  va  savobni  farq  qilmag'onimizning  samarasidur.  Haqorat  tahqir  qilingan 

kishining  diliga  o'rnashub,  shunday  yomon  jarohatlami  ochurki,  fursatni  g'animat 

topub  o'ch  va  intiqom  olmaguncha  tuzalmaydur.  Rasuli  akram  nabiyyi  muhtaram 

afandimiz:  «Iki  odam  bir-birini  so'ksa,  gunohi  boshlovchiga  bo'lur.  Magar  qarshi 

bo'lgan  kishi  ortuq  ketsa,  har  ikisi  ham  gunohda  o'rtoq  bo'lurlar.  Yana:  «Mo'min 

qarindoshini  so'kmak  fosiqlik,  onlar  ila  urushmak  kufrdur»,  -  demishlar.  Shul 

xususda Mirzo Bedil: 

Zi harfi no muloyim zahmati dilho mashav Bedil,  

Ki har jo jinsi sangi hast, boshad dushmani ayno. 

 

Tarjimasi: 



 

Yomon so'zlar ilan dillarga zahmat bermagil, Bedil, 

Na yerda toshni jinsi bo'lsa, bo'lg'ay shishaga dushman - 

deb, insonlarning dilini shishaga, haqorat va yomon so'zlarni toshga tashbih qilub, 

yomon so'z kishining shisha kabi nozuk dilini parcha-parcha qiladur, - demishlar. 

 


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish