3
SO‘ZBOSHI
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov 2007-yil 25-
oktabrda «Ichki ishlar idoralarining xodimlari kuni» munosabati bilan
yo‘llangan tabrigida: «Bugungi kunda ichki ishlar idoralarining
faoliyati
samaradorligini oshirish va ularni mustahkamlash borasida yuksak
malakali, professional kadrlar tayyorlash masalasi muhim ahamiyat kasb
etadi», – deb ta’kidlaganidek, hozirgi vaqtda chop etilayotgan
har bir
darslik, o‘quv qo‘llanma yosh avlodning huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy
bilimini oshirish, ularning har tomonlama barkamol inson bo‘lib
yetishishlari uchun ma’lum darajada o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu o‘rinda,
mazkur «Trasologik ekspertiza» nomli darslik ichki
ishlar organlarining
ekspert-kriminalistika xizmatlari uchun malakali mutaxassislarni
tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shadi hamda yuqorida keltirilgan vazifalarni
bajarishga qaratilgandir.
Jinoyat sodir etgan shaxslarni fosh etishga va jazolashga yo‘nalgan
jinoiy sud amaliyoti masalalarining hal etilishi har bir jinoyat ishi bo‘yicha
haqiqatni tiklash bilan uzluksiz bog‘liq. Faqatgina jinoyat
hodisasini har
tomonlama tadqiq etish orqali unga aloqador barcha shaxslarning o‘rnini
va jinoyat sodir etish shart-sharoitlarini yetarli ishonchliligida aniqlash
mumkin. Atrof-muhitda jinoyatchilar tomonidan
sodir etilgan harakatlar
ushbu harakatlarga mos ta’sir etgan shaxs yoki predmetning o‘ziga
xosliklari aks etgan muhitda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Jinoyatlarni tergov qilishda isbot manbasining asosiylaridan biri sifatida
qo‘llaniladigan bunday o‘zgarishlar kriminalistikada
moddiy izlar, deb
ataladi. Moddiy izlarni topish, qayd etish va tadqiq etish metodikalarining
ilmiy ishlanishi, tabiiy va texnik fanlarning zamonaviy yutuqlari asosida
ularning hosil bo‘lish qonuniyatlari tahlili «izlar to‘g‘risidagi
kriminalistik
ta’limot yoki trasologiya» kabi kriminalistik texnikaning mustaqil sohasi
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Trasologik ekspertiza o‘quv fani ichki ishlar idoralari uchun ekspert-
kriminalist mutaxassislarni tayyorlash dasturi doirasida O‘zbekiston
Resublikasi IIV Akademiyasida o‘qitiladi. Fanning dasturi umumilmiy
qoidalar va turli izlar, obyektlarni tadqiq etishning aniq metodikalaridan
iborat.
4
Ushbu darslikni tayyorlashning
zarurligi, birinchi navbatda, ekspert-
kriminalistik xizmatlarning amaliy faoliyatidagi islohotlarning talablari
bilan ifodalanadi, jumladan jinoyat izlarini topish, qayd etish va olishning
yangi usullari ishlab chiqilganligi, tadqiqotlarning yanada rivojlangan
metodlari yaratilganligi hamda olingan natijalardan amaliy foydalanish
bo‘yicha katta tajribaning yig‘ilganidir.
Darslikda trasologiyaning umumiy tushunchalar apparati, trasologik
ekspertizaning tarixi yoritilgan bo‘lib, undagi mavzularni o‘rganish
bo‘lajak ekspertning ilmiy dunyoqarashini
shakllantirib, trasologik
ekspertiza obyektlari va ularni tadqiq etish orqali hal
etiladigan masalalar
to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi.