tarqalib, rivojlanmoqda. Chunki suzishning bu turi katta tashkiliy, ilmiy, xo'jalik va mudofaa
6
ahamiyatiga ega. Suv ostida suzuvchi sportchilar ilmiy-tekshirish ekspedisiyalarida qatnashib, suv osti
hayvonot va o'simliklar dunyosini o'rganadilar, suv havzalari tubini tadqiq qiladilar, har xil suv osti
ishlarini olib borishda faol ishtirok etadilar.
Suv ostida suzishda 1-komplekt-panjalar (lastlar, ballastlar, monolast), maska yoki ko'zoynak,
nafas naychasi yoki 2-komplekt-siqilgan havo joilangan suv osti apparati-akvalang ishlatiladi.
Hozirgi paytda suv ostida suzish mustaqil sport turi hisoblanadi. Bu sport turi bo'yicha Yevropa
va Jahon chempionatlari o'tkazilib, suv osti sporti turlari bo'yicha rekordlar ro'yxatga olinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: