Miqdorini aniqlash. Magniy sulfat miqdori maxsus kislotali xrom qora iidikatori ishtirokida
trilonometrik usulda anitslanadi. 1 ml preparatda 0,194-0,206 g magniy sulfat bo‗lishi kerak, bu
20 % li eritmaga to‗g‗ri keladi.
3-laboratoriya ishi
40 % LI GEKSAMETILENTETRAMINNING
IN‘EKSIYA UCHUN ERITMASI
(Solutio Hexamethylentetramini 40% pro injectionibus)
Tayyor mahsulot tavsifi. Rangsiz, tiniq (pH 7,8—8,2) suyuqlik. 1 ml preparatda 0,388-0,412 g
geksametilsn-tetramin bo‗lishi kerak.
Qadoqlash. 5; 10 ml li ampulalarda 5 yoki 10 donadan qalin qog‗oz yoki polimer qutichalarda
chiqariladi.
Saqlanishi. 20° S dan yuqori bo‗lmagan haroratda saqlanadi.
Ishlatilishi. Siydik yo‗li yuqumli kasallikka chalinganda antiseptik dori sifatida ishlatiladi.
Vazifa
1. 250 ml 40 % li geksa metilentetramii eritmasini tayyorlaig
2. 10 ta ampulaga 10, 5 ml dan eritma solib, kavsharlang
3. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.
4. Tayyor mahsulot sifatini tekshiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |