1-laboratoriya ishi
Solutio Viridis nitentis spirituosa
Brilliant ko‘ki ning 1%, 2% spirtli eritmasi
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar
1.O‘lchov ko‘lbasi,
2. Konsentrlangan vodorod xlorid kislotasi
3.Tarozi
4.Quritish shkafi.
Tarkibi:
Brilliant ko‘ki
-1 g yoki 2 g
(DF X, 733 bet, TU 6-09-4278-88)
Tibbiyot etil spirti 60%
- 100 ml gacha
(FM 42 Uz-0243-2010, DSt 5962-67,
FM 42 Uz-0171-2010, O‘zDSt 958:2000)
Tashqi ko‘rinishi. To‘q yashil rangli, spirt hidi kelib turadigan tiniq suyuqlikdir.
Chinligi.1 ml dori moddasiga konsentrlangan vodorod xlorid kislotasidan bir necha tomchi
qo‘shilganda, to‘q sariq-qizg‘ish rang xosil bo‘ladi (brilliant ko‘ki).
Qadoqni to‘ldirish hajmi. Qadoqni to‘ldirish hajmi OST 64-492-85 talabi asosida
aniqlanadi.
10 ml dan 20 ml gacha qadoq uchun ruxsat etilgan chetlanish 5% ni tashkil qilishi kerak.
Agar qoniqarsiz natija ko‘rsatsa, bunda dori moddasini ikki barobar ko‘p miqdorda
tekshiruvla rolib boriladi.
Spirt. 57,0% kam bo‘lmasin. (DF IX, 1 jild, 26 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |