16
mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V
asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma’lumotlar keltirgan. Bu
qiziqish O‘rta asr Evropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar
haqida fikr
bildiruvchilar, xristianlarning e’tiborini jalb qilmaslik va ularni o‘sha
dinlarga kirib
ketmasliklari ta’minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni
yomonlash orqali ularga yondashishni ma’qul deb topganlar.
Islom olamida ham dinlarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar uzoq tarixga
borib taqaladi. Milodiy VII-VIII asrlardayoq diniy tortishuv (munozarA)larni o‘z
ichiga olgan «maqola»lar (keyinchalik «maqolot»), VIII -IX asrlardan e’tiboran
esa boshqa dinlarga «raddiya»lar yozila boshlangan. Keyingi asrlardan esa «al-
Firaq» (Firqalar), «ar-Radd» (RaddiyA), «ad-Diyonot» (Dinlar) va «al-Milal»
(Xalqlar) yo‘nalishidagi adabiyotlar vujudga kelgan.
«Ad-Diyonot» (Dinlar) yo‘nalishida yozilgan ilk asar Hasan ibn Muso an-
Navbaxtiyning (vaf. 910 y.) «al-Aro’ vad-diyonot» (E’tiqodlar va dinlar) kitobi
hisoblanadi. Keyinchalik Mas’udiy (vaf. 957 y.) o‘zining «ad-Diyonot» (Dinlar),
Masbihiy (vaf. 1029 y.) «Darkul bug‘yati fiy vasfid diyonoti val ibodoti» (Dinlar
va e’tiqodlar vasfida maqsad me’yori) kitoblarini yozganlar. Shuningdek
Beruniyning (vaf. 1048 y.) «Tahqiqun ma lilhind min maqulatin, maqbulatin fil-
aqli av marzulatin» (Aqlga maqbul yoki noma’qul bo‘lgan Hindistonga oid
izlanishlardan) nomli kitobi ham shular sirasiga kiradi.
«Al-Firaq» (Firqalar) yo‘nalishida yozilgan kitoblarga Abu Mansur
Abdulqodir Bag‘dodiyning (vaf. 1038 y.) «al-Farq bayn al-firaq» (Firqalar
orasidagi farq) asari hamda Abul Maoliy Muhammad ibn Ubaydullohning (vaf.
1092 y.) «Bayn al-adyon» (Dinlar orasidA) asarlarini kiritish mumkin.
«Al-Milal» yo‘nalishida Qozi Abu Bakr Baqilloniyning (vaf. 1012 y.) «al-
Milal van-nihal» (Dinlar va xalqlar), Abu Muhammad Ali Ibn Hazmning (vaf.
1064 y.) «Kitob al-fasl fi-l-milal va-l-ahvoi va-n-nihal» (Dinlar, havo va xalqlar
haqida ajraluvchi kitoB), Abul-Fath Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning
(vaf. 1183 y.) «al-Milal va-n-nihal» asarlarini sanash mumkin.
«Ar-Radd» (RaddiyA) yo‘nalishida ham ko‘plab asarlar dunyo yuzini
ko‘rgan. Ularga Imom G‘azzoliyning (vaf. 1111 y.) «ar-Radd al-jamil» (Go‘zal
raddiyA), Ibn Kalbiyning (vaf. 819-821 y.) «Kitob al-asnam» (Butlar kitobi) nomli
asarlarini alohida qayd etish lozim.
Darhaqiqat, Musulmon Sharqi o‘lkalarida bu sohada ko‘plab asarlar
yaratilgan bo‘lib, keyinchalik ular «Dinshunoslik» fanining taraqqiyoti uchun
fundamental manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning «al-
Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya» («O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar»),
17
«Hindiston», Muhammad ibn Abdulkarim Shahristoniyning «al-Milal va-n-nihal»
(«Dinlar va oqimlar»), Ibn Hazm Andalusiyning «al-Fasl fi-l-milal va-l-ahvo va-n-
nihal» («Dinlar, adashgan firqalar va mazhabni ajratish») kabi asarlari,
shuningdek, Ibn Nadim (987-988) va Abul Hasan Omiriy kabilarning tadqiqot
ishlari ko‘plab Evropa tillariga tarjima qilingan. Bu esa, islomiy va arab ilmlarini
o‘rganuvchi G‘arb mutaxassislarining dinlar tarixiga oid islomiy tadqiqot
ishlaridan asosiy manba sifatida foydalanishlari uchun qulay imkon yaratdi.
Bunday asarlarda mualliflar tarixiy voqe’likni to‘g‘ri va xolis yoritganlar. Ular
o‘zlari musulmon bo‘la turib, boshqa din va e’tiqodlar haqida ma’lumot berish
yoki ularni tavsif qilishda noxolislikka olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday
shaxsiy hissiyotlarni suiiste’mol qilmaganlar. Buni Shahristoniyning quyidagi
so‘zlari tasdiqlaydi:
«Men har bir firqani (din yoki diniy yo‘nalishlarning hech
birini) yoqlamay, kamsitmay, ularning kitoblarida qanday bo‘lsa, shundayligicha,
undagi xatolarni ajratib ko‘rsatmay bayon qilishga ahd qildim».
Beruniy o‘zining «Hindiston» asari haqida shunday yozadi:
«Bu kitob bahs-
munozara kitobi emas, tarix kitobidir. Hindlarning dinlarini ularning o‘zlaridan
o‘rganib, fikrlarini tanqid qilmay bayon qilaman». Bu Beruniy asarlarining butun
dunyoga mashhur bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Ibn Nadim esa:
«Dinshunoslik fani hijriy IV-V asrlarga kelib mustaqil fan
sifatida shakllandi.», deb yozadi. Bu milodiy X-XI asrlarga to‘g‘ri kelib, aynan
shu davrda Beruniy o‘zining «Hindiston» asarini yozgan.
G‘arb mamlakatlarida dinshunoslik fani ko‘pincha nemis tilidagi
«RELIGIONS WISSENSCHAFT» yoki ingliz tilidagi «HISTORY OF
RELIGIONS» kabi atamalar bilan yuritiladi. Bu esa «Ixvon as-safo» risolalari,
Beruniy va SHahristoniy asarlarida qo‘llanilgan «نايدلاا ملع» (Dinlar ilmi) yoki
«نايدلاا خيرات» (Dinlar tarixi) atamalarining harfiy tarjimasidir.
Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi.
G‘arbda, zamonaviy ma’nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900)
tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda
nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli
asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e’tibor
qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan
ma’ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi»
asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va
uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb
bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar
bilangina
etishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.
18
Biroz keyingi davrlarda Gollandiyada S.R.Tile va SHantepi de la Sosse bu
borada izchil faoliyat olib borganlar. SHunday qilib davrlar o‘tishi bilan Parij,
Bryussel va Rim kabi markazlarda dinshunoslik universitetlar ta’lim dasturlaridan
joy olgan.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab dinshunoslik sohasida olib borilgan
izlanishlar shakllangan. Bu davrda turli mintaqalarda zikr qilingan soxada bir
qancha mutaxassislar etishib chiqqan. Ulardan R.Pettazoni, M.Eliade, Van der
Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder,
S.G.F.Brandon, Erik F.SHarp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo
Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.SHoyps va Mixael Paylar nomini
zikr qilishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: