Termiz davlat universiteti tarix fakulteti falsafa kafedrasi dinshunoslik


  Dinning  jamiyatdagi  funksiyalari



Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/335
Sana31.12.2021
Hajmi3,05 Mb.
#250854
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   335
Bog'liq
dinshunoslik

3.  Dinning  jamiyatdagi  funksiyalari.  Dinning  «funksiya»  va  «rol» 
tushunchasini  farqlash  lozim,  ular  bir  biri  bilan  bog‘liq,  lekin  o‘xshash  emas. 
Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish 
natijalarining  jami  yig‘indisidir.  Dinning  bir  nechta  funksiyalari  mavjud: 
dunyoqarashni 
shakllantirish, 
kompensator, 
kommunikativ, 
regulyativ, 
integrallash-dezintegrallash,  madaniyatni  targ‘ib  qilish  (kulturotransliruyuщayA), 
legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash. 
Dunyoqarashni  shakllantirish  funksiyasi  dinda  inson,  jamiyat,  tabiatga 
nisbatan  aniq  bir  qarashlarning  turlari  mavjudligi  tufayli  amalga  oshiriladi.  Din 
hayotni (mavjudotni) ma’lum nuqtai nazardan tushunish (dunyoni to‘la va undagi 
ayrim hodisa va jarayonlarni alohida tushuntirish), dunyoni kuzatish (his qilish va 
idrok etish orqali dunyoni aks ettirish), dunyoni his qilish (hissiy qabul qilish yoki 
rad  etish),  dunyoviy  munosabat  (baho  berish)  va  hokazolarni  o‘z  ichiga  oladi. 
Diniy dunyoqarash YAratganga nisbatan eng oliy tuyg‘u va mezonlarni belgilaydi. 
Bunda mavjud borliqqa tushuncha berish dinga ishonganlar uchun turli cheklashlar 
doirasidan chiqish imkonini beradi, yorqin kelajak, huzur-halovatga erishish uchun 
umid,  azob-uqubat,  baxtsizlik,  yolg‘izlik,  tushkunlikdan  ozod  bo‘lishni  qo‘llab-
quvvatlaydi. 
Kompensator  funksiya  ham  odamlarning  ongini  qayta  shakllanishini,  ham 
turmushning ob’ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish 
va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy 
guruhlar  gunohga  botish  va  azob  chekish  borasida  teng  huquqlik  bo‘ladi;  diniy 
tashkilotlar 
tomonidan 
beriladigan 
xayr-ehsonlar, 
mehr-shafqat, 
tarbiya, 
daromadlarni  qayta  taqsimlash  mazlumlarning  musibatini  engillashtiradi  va  h.z. 
Umuman  olganda,  ruhiy  zarbalarni  bartaraf  etish,  tasalli  berish,  katarsis  va 


19 
 
ma’naviy  ozuqa  olish  kabi  kompensatsiyaning  psixologik  aspektlari  muhim 
ahamiyatga egadir. 
Kommunikativ  funksiya  muloqotni  ta’minlaydi.  U  ham  diniy,  ham  diniy 
bo‘lmagan  faoliyat  va  munosabatlarda  vujudga  keladi,  axborot  almashish,  o‘zaro 
ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Diniy  ong  ikki  xil  muloqotni  belgilaydi:  dindorlarning  o‘zaro  bir-birlari  bilan 
muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi 
mediator  va  vositachilari  tomonidan  gipostazir  jonzotlar  (xudo,  farishta, 
o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti. 
Regulyativ  funksiya  ma’lum  bir  g‘oyalar,  qadriyatlar,  yo‘l-yo‘riqlar, 
stereotip  qoliplar,  fikrlar,  an’analar,  rusumlar,  institutlar  orqali  individ,  guruh  va 
jamoalarning  faoliyati,  munosabatlari,  ongi  va  axloqini  boshqarishdan  iborat. 
Ayniqsa,  me’yorlar  tizimi  (diniy  huquq,  axloq  va  h.z.),  namunalar  (taqlid  uchun 
ko‘psonli  misollar),  nazorat  (qoidalar  bajarilishini  kuzatish),  rag‘batlantirish  va 
jazo  berish  (haqiqiy  va  o‘limdan  keyin  taqdirlanishiga  va’da  berish)  muhim 
ahamiyatga ega.  
Integratsion-dezintegratsion  funksiyasi  individ,  guruh  va  institutlarni  bir 
tomondan  birlashtiradi,  boshqa  tomondan  ularni  ajratadi.  Integratsiya  shaxslar, 
ayrim  ijtimoiy  guruhlar,  tashkilotlar,  bir  butun  jamiyatdagi  barqarorlik  va 
chidamlilikni  saqlasa,  dezintegratsiya  uni  zaiflashishiga  olib  keladi.  Integratsion 
funksiya  ma’lum  bir  ma’noda  yagona  diniy  e’tiqod  mavjud  bo‘lganda  amalga 
oshiriladi.  Agar  shaxslarning  diniy  ongi  va  xulq-atvorida  bir-biriga  muvofiq 
bo‘lmagan  g‘oyalar,  ijtimoiy  guruh  va  jamiyatda  bir-biriga  qarama-qarshi 
konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi. 

Download 3,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   335




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish