1
MUNDARIJA:
Kirish……………………………………………………………………2-4
I bob O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish zarurati va uning o'ziga xos
jihatlari va tomonlari.
1.1 Iqtisodiyotni tubdan yangi qarashda isloh etishda “o'zbek modeli” ning o'rni va
ahamiyati……………………………………………………………..5-13
1.2 O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tish nazariyasi va bu bo’yicha amaliy
harakatlar……………………………………………………………..14-22
II bob O'zbek modeli ning asosiy tamoyillari va bosqichlari.
2.1 Davlatning bosh islohotchiligi: davlat iqtisodiy o'zgarishlarning tashabbuskori va
bosh islohotchisidir va Qonun ustuvorligini ta'minlash……………..23-34
2.2 Kuchli ijtimoiy siyosat va Bozor iqtisodiyotiga o'tishning bosqichma-bosqich
bo’lishi……………………………………………………………………..35-40
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
2
KIRISH
Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning
afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish
kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa
iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar.
Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning
mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi.
O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayon
qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va
xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish- ning mazmuni,
maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlariga
o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini
tahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni
iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan
iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan
o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga
oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan
muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazariyalarni qaytadan
ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu
vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab)
hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi- yotning o'zini-o'zi
tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va
boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning
sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina
3
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi
taraqqiyot yo'li-ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday
bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va
xususiy to-monlari farqlanadi. O'tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar
tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o'zgarib, obod bo'lib
borayotgani, O'zbekiston o'zining barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlari, izchillik bilan
hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida
yuksak e'tibor va e'tirofga sazovor bo'layotgani hammamizga, avvalambor, shu
zaminda unib-o'sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch
bag'ishlamoqda. Eng muhimi, ana shunday o'zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning
dunyoqarashi, ma'naviy olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin
o'zgarib bormoqda.
Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo'lida o'z oldiga qo'ygan marralarga yetish,
ya'ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va
darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashida
avvalo juda tez o'zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo'lib, ertaga
yo'limizda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish
haqida doimo o'ylab yashash zaruratini hayotning o'zi talab qilmoqda.
Shu muqaddas zaminda yashab o'tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi
bo'lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov
boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro'yobga chiqdi. Tarixan juda
qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot
yo'lidan izchil va qat'iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o'tib,
olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o'zi biz tanlagan yo'l juda to'g'ri
ekanini ko'rsatdi. Buni bugun jahon ahli e'tirof etmoqda. Bu yo'l taraqqiyotning o'zbek
modeli sifatida keng o'rganilmoqda. Bu o'z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-
qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib
borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir.
4
O'zbek modeli ikkita katta sinovdan muvaffaqiyatli o'tdi. Birinchi sinov - o'tgan
asrning 90-yillarini o'z ichiga olgan yosh mustaqil mamlakatimiz boshidan kechirgan
o'tish davri edi. Hali o'tish davri davom etayotgan pallada O'zbekiston postsovet
maydonida birinchi bo'lib makroiqtisodiy barqarorlikka erishdi, sanoat va yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarishda islohotdan oldingi yillardagi ko'rsatkichlardan o'zib ketdi.
Boshqacha aytganda, inqirozdan rivojlanish orqali chiqib ketish birdan-bir to'g'ri yo'l
ekanligini isbotladi. Ikkinchi sinov - 2008 yilda boshlangan global moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz bo'ldi. Taraqqiyotning o'zbek modeli nafaqat butun jahonni qamrab
olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz zarbalariga qarama-qarshi tura oldi, balki dunyodagi
10 mamlakat qatorida iktisodiy o'sishning eng yuqori (yiliga 8-9 foizdan kam
bo'lmagan) sur'atlarini ta'minladi. Yo’lboshchimizning shu munosabat bilan chop
etilgan “Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi, O'zbekistan sharoitida uni bartaraf
etishning yo'llari va choradari” asarida hamda mamlakatimizda jahon iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha 2009-2012 yillarga
mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida O'zbekistan iqtisodiyotining
inqirozdan keyingi yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlanishi konsepsiyasi
ilgari surildi. Bu iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishga qo'shilgan katta hissa edi.
“Shuni doimo yodda tutishimiz kerakki, hayot hyech qachon bir joyda to'xtab
turmaydi va erishgan natijalari bilan kifoyalanmasdan, dunyoda kechayotgan tub
o'zgarishlar jarayonidagi o'z o'rniga haqqoniy va tanqidiy baho beradigan, davrning
tobora ortib borayotgan talablari va jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat
kurashiga mos holda qadam tashlaydigan davlatgina birinchi navbatda muvaffaqiyat
qozona oladi”
1
, -deb ta'kidlandi Prezidentimiz tomonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |