2-mavzu: shaxs va uning faoliyati. Motiv va motivasiya. Reja


Bunday faollik turlari - muloqot, o’yin, o’qish va



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/66
Sana31.12.2021
Hajmi2,2 Mb.
#250381
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
2-MAVZU SHAXS VA UNING FAOLIYATI. MOTIV VA MOTIVASIYA.

Bunday faollik turlari - muloqot, o’yin, o’qish va 

mehnat faoliyatlaridir.

 


 

 

18 



 

muhim masala hisoblanib, talabalarni ishontiruvchi va ushbu ma’ruzani eshitishlari kerakligini 

ifodalaydi.

2

 



 

Mehnat

  qilish  ham  eng  tabiiy  ehtiyojlarga  asoslangan  faoliyat  bo’lib,  uning  maqsadi 

albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga xissa qo’shishdir. 

Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda 

faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini 

egallash uchun ham unga aloqador bo’lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bo’lganda yana 

esga  tushirish  orqali  uni  bajarish  bo’lmay,  balki  ham  ichki  (psixik),  ham  tashqi  (predmetga 

yo’naltirilgan)  harakatlarni  ongli  tarzda  bajarish  bilan  bog’liq  murakkab  jarayonlar  yotishini 

unutmaslik kerak. Lekin har bir shaxsni u yoki bu faoliyat turi bilan shug’ullanishiga majbur qilgan 

psixologik omillar - sabablar muhim bo’lib, bu faoliyat motivlaridir.



 

Kasbni  egallash  jarayoni  juda  murakkab  faoliyatni  o‘z  ichiga  oladi.  CHunki  biror  ishni 

o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin bo‘ladi. Shu bois ham masalan, tiquvchi 

o‘z  shogirdiga  ayrim-alohida  ish  turlarini,  tikishning  detallarini  nisbatan  uzoq  vaqt  o‘rgatadi. 

Sekin asta-sekin ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach, ayrim 

operatsiyalar  birlashtirladigan  bo‘ladi.  Shu  kabi  har  qanday  kasbda  har  bir  element,  ish  turi 

mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar, 

operatsiyalar  tarzida  malakaga  aylanadi.  Ayrim-  alohida  operatsiyalarning  avtomatlashuviga 

malaka  deb  qarasak,  ko‘nikma  esa  -  hosil  bo‘lgan  malakaning  shaxsdagi  bilimlarga  qat’iy 

bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Ya’ni, ko‘nikmalar hamisha 

bizdagi  aniq  bilimlarga  tayanadi.  Amalda  malaka  va  ko‘nikmalar  quyidagi  yo‘llar  bilan  shaxs 

xulqida mustahkamlanadi: 

 

oddiy namoyish etish yo‘li bilan; 

 

tushuntirish yo‘li bilan; 

 

ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan. 

Bundan  tashqari,  o‘quvchilardagi  malaka  va  ko‘nikmalarning  samaradorligini  o‘rgangan 

olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar 

ekan: 

 



20% eshitganini xotirada saqlab qoladi; 

 

30% ko‘rganini o‘zlashtiradi; 

 

50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi; 

 

70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi; 

 

100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi orqali o‘zlashtiradi. 

 

Lekin  bilimni  o‘zlashtirish  bilan  bir  qatorda  uni  yodda  saqlash,  undan  foydalanish, 



takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa 

hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan ”Takrorlash-bilimning onasidir” deb. 

Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, 

takrorlamaslik oqibatida olingan bilim faol bilim zahirasi yoki sust bilim zahirasiga aylanadi. 

 

Olingan  axborot  filtrdan  o‘tgach  qisqa  muddat  yodda  saqlanadi.  Qisqa  muddat  yodda 



qolgan bilim ikkinchi filtrdan o‘tgach, shu bilimni yodda saqlash, foydalanish, takrorlash tufayli 

faol  bilim  zahirasiga  aylanadi.  Lekin  keyinchalik  bu  bilimlardan  foydalanilmasa  yoki  takrorlab 

turilmasa,  passiv  bilim  zahirasiga  aylanadi  va  bora-bora  yoddan  ko‘tariladi.  Bilimni  takrorlash 

tufayli  yoddan ko‘tarilishini oldini olish mumkin. Bulardan shunday xulosa chiqarish mumkin: 

talabalarning  eng  avvalo,  o‘quv  materialini  o‘zlashtirishi,  yodda  qolishi  uchun  olinadigan 

axborotni  iloji  boricha  eshitish  va  ko‘rish  orqaligina  emas,  balki  o‘zi  gapirishi,  o‘z  faoliyatida 

sinab  ko‘rish  orqali  etkazish  katta  ahamiyatga  ega  ekan.  Bunga  erishishning  yo‘li  amaliy  va 

seminar darslarini turli-tuman uslublar orqali olib borishdir. 

Seminar darsini o‘tkazishda qo‘llanadigan uslublar turli-tuman bo‘lib, u yoki bu uslubni 

tanlash: 

                                                           

2

A handbook for teaching and learning in higher education : enhancing academicpractice / [edited by] 



Heather Fry, Steve Ketteridge, Stephanie Marshall.–3rd ed.p. cm.

pp: 59,60.

 



 

 

19 



 

 

o‘rganilayotgan fanning xususiyatiga;  



 

o‘tilayotgan mashg‘ulotning mavzusiga;  

 

seminar darsida qo‘yilgan maqsadga;  



 

tanlangan uslubni qo‘llash imkoniyatiga bog‘liq. 

Shunday  qilib,  har  qanday  faoliyatni  o‘rganishdan  maqsad  -  uning  samaradorligini 

oshirishdir.  

Aynan  amaliy  mashg‘ulotlar  hamda  seminar  darsida  o‘quvchi  yoki  talabalar  ma’ruza, 

kitob, jurnal va xokazolar orqali olgan axborotlari, bilimlarini tushungan holda gapirib berish, uni 

modellashtirish asosida sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

                                                        

 

 

 



 

 

 



 

 

Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi, turli rollarni 



bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi, o‘zi uchun 

qiziqarli, manfaatli kasb va hunar tanlaydi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy 

borliqni bilishiga, anglashi va yashashiga asoslanadi. 


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish