89
to‘sig‘iga bosib turishi kerak bo‘ladi. Burundan
qon kam
oqqanda uni shu yo‘l bilan osonlikcha to‘xtatish mumkin.
Burun tez-tez qonasa yaxshisi reflektor va burun kengay-
tirgich bilan qon oqayotgan joyni topish, unga adrenalin
qo‘shilgan 5%li kokain eritmasini surtish, so‘ngra zondga
joylangan kumush nitrat kristali,
xrom kislota yoki uch xlor
sirka kislota yoki galvanokauter bilan kuydirish kerak.
Burun dahlizini kengaytirib va peshona reflektori bilan
burun bo‘shlig‘ini yoritib turib, maxsus pinset yoki bu-
run kornsangi bilan butun burun bo‘shlig‘ini old tomon-
dan tamponada qilinadi. Uzun doka tampon bilan burun
bo‘shlig‘ining orqa bo‘limlari, pastki va o‘rta burun yo‘llari
hamda burun dahlizi birin-ketin to‘ldiriladi (37-rasm).
Bu barcha tadbirlar yordam bermasa,
bemorni zudlik
bilan statsionarga yotqizish shart. Kamdan-kam hollarda,
ayniqsa burun va halqum operatsiyasidan so‘ng, shuning-
dek, burun shikastlanganda qon to‘xtatish uchun bu usullar
yordam bermaydi va orqa tomondan burun bo‘shlig‘i tam-
ponadasini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.
Pastki burun yo‘li orqali halqumga ingichka rezi-
na kateter kiritiladi; uning
uchi yumshoq tanglay orqa-
sida ko‘ringandan so‘ng uni kornsang bilan ushlanadi va
og‘izdan tashqariga chiqariladi. Oldindan halqumga mos
keladigan doka tampon tayyorlab qo‘yiladi va uni ikki
qavat pishiq iрak iр bilan uzunasiga va ko‘ndalangiga bo-
lishchaga o‘xshatib bog‘lab, iрning uchta uchi bo‘sh qoldi-
riladi. Kateterning og‘izdan
chiqib turgan uchiga tampon-
ning ikkita iрi bog‘lanadi, shundan so‘ng kateterni tortib
burundan chiqariladi. Kateterga bog‘langan ikkala iрni esa
burun teshigidan chiqarib yechib olinadi. Shu ikkala iрni
o‘ng qo‘l bilan qattiq tortib turib, chap qo‘lning ko‘rsat-
kich va o‘rta barmoqlari yordamida tamponni og‘iz orqali
halqumga
kiritiladi, so‘ngra tamponni iрlaridan tutib turib,
burun bo‘shliqlari ham tamponlanadi, og‘izdan va burun-
dan chiqarilgan iр uchlarini burun teshigi oldida, paxta
bolishcha ustida bog‘lanadi (38, 39-rasmlar).
90
Quloq kasalliklari yuz berishidan saqlanish uchun tam-
ponni halqumdan 1–2 sutkadan keyin chiqariladi. Tam-
ponni, uchinchi (og‘izdan chiqqan)
iрdan ushlab tortib
olinadi.
Burun ko‘p qonab bemor ahvolini og‘irlashtirib qo‘ygan
hollarda 10% li kalsiy xlorid eritmasini ichish buyuriladi va
qonning ivishini oshirish uchun vitamin «K» preparati –
vikasol qo‘llaniladi. Bularning nafi bo‘lmasa kichik dozada
(50–100 ml dan) qon quyiladi. Qansharga sovuq kompress,
ensaga esa muzli xalta qo‘yish mumkin. Burundan kuchli
qon ketganda tashqi uyqu arteriyasini bog‘lash – so‘nggi
chora hisoblanadi.
39-rasm.
Burun orqa tamponadasi.
38-rasm.
Burun-halqum tamponi
Do'stlaringiz bilan baham: