Infeksion mononukleoz sporadik hollarda uchraydi,
juda kam oilaviy kichik epidemiya sifatida yuzaga chiqishi
mumkin. Kasallik qo‘zg‘atuvchi – virusli infeksiya.
Ko‘proq bolalar va 30 yoshgacha bo‘lgan kishilar kasal-
lanadi. Bu kasallikka quyidagilar xos: bemorning eti uvu-
shadi, tomog‘i og‘riydi, harorati 39–40°C gacha ko‘tarila-
di, barcha guruh limfatik bezlari, jigar, taloq kattalashadi.
Angina kasallikning 3–4-kunida yuzaga chiqadi va kataral,
lakunar anginaga o‘xshash kechadi. U 2–3 hafta davom
etadi. Tashxis qon tahliliga ko‘ra qo‘yiladi, qonda mono-
nuklearlar soni ortadi (leikositlarning umumiy sonidan
50–90% ko‘p).
Do'stlaringiz bilan baham: |