Birlamchi angina
Kasallikning eng yengil shakli – bu kataral angina.
To‘satdan halqumda qurish va qichishishdan boshlana-
di, yutinganda og‘riq paydo bo‘ladi. Tana harorati 38°C
gacha ko‘tariladi. Bemor lohaslikdan, bosh orig‘idan,
bo‘g‘in-lardagi og‘riqdan shikoyat qiladi.
Faringoskopiya qilinganda shilliq pardalarning shish-
gani va qizargani aniqlanadi. Bodomcha bezlarning yuzasi
shishib silliqlanadi. Tanglay va halqumning orqa devori
o‘zgarmaydi. Paypaslaganda regionar limfatik bezlarning
biroz kattalashuvi va og‘riqligi aniqlanadi.
Qondagi o‘zgarishlar: biroz leykotsitoz, ECHT ning
oshishi kuzatiladi.
Kasallik 3–4 kun davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |