Abu Abdulloh Rudakiyning (860—941) axloqqa oid asarlarida aql-idrok,
xulq-atvor va bilim asosiy o ‘rinni egallaydi. Mutafakkir bilimni hamma
boyliklardan ustun qo‘yadi. Rudakiyning fikricha, insonning to‘la baxtga
ega bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak: sogliq, yaxshi odob, yaxshi nom va
aql. U insonlarni voqealaming ichki mohiyatidan, uning tashqi tomonidan
ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik, saxiylik va ulug‘vorlikni targ'ib qiladi.
Rudakiy asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, kishilar o ‘rtasidagi
do‘stlik va o‘zaro hamkorlikning kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga
ega ekanligini bir necha bor ta’kidlab yozgan. Uning fikricha, haqiqiy
d o ‘stlik uchun kishilaming hatto turli dinda bo‘lishlari ham xalaqit bera
olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |