Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Savol  va  topshiriqlar
1.  Yordamchi  maktab  o'quvchisi  shaxsiga  qanday  omillar  ta’sir  etadi?
2.  Yordamchi  maktab  o ‘quvchilari  intizomsizligining  oldini  olish  yo'llari 
qaysilar?
3.  Madaniyat  haqida  m a’lumot  bering.


8-BO B.  JAMIYATNI  RIVOJLANTIRIS HN ING  HOZIRGI 
BOSQICHIDA  BOLALARNI  TARBIYALASHDA  OILANING  ROLI
Oila—  nikoh  bitimi  asosida  yuzaga  keladigan  jamiyat  a ’zolarining 
o ‘zaro  qarindoshlik  va  iqtisodiy  munosabatlari  bilan  bog‘langan,  birga 
yashaydigan  va  bir-biri  uchun  m a’naviy javobgar  bo‘lgan  boshlang‘ich 
tashkilotdir.  Butun  insoniyat tarixi jarayonida oila jamiyatning xo‘jalik- 
iqtisodiy asosi bo‘lib kelgan va bolalarni jamiyatdagi muayyan o ‘rinlariga 
tayyorlash  maqsadida  xizmat  qilgan.
Oila  erkak  va  ayol  o ‘rtasidagi  yangi  nikoh  munosabatlari,  o ‘zaro 
m uh ab b at  hissiyoti,  o ‘zaro  h u rm at  va  ishonch,  ittifo q ,  m oddiy 
manfaatdorlik sarqitlaridan xoli,  o ‘z bolalarining tarbiyasi uchun jam iyat 
oldida m a’naviy hamda huquqiy jihatdan javobgarlik asosida tarkib topadi. 
Oilaviy  hayotdagi  m ehnat  uslubi  bolalarga  ijobiy  tarbiyaviy  t a ’sir 
ko‘rsatadi.  Oila xo‘jaligini yuritishda qo‘lidan kelganicha qatnashish ularda 
o ‘z  qadr-qim m atini  va  oila  iftixori  hissiyotini  tarbiyalaydi,  o ‘zaro 
turmushda,  xo'jalik  yuritishda  tejamkorlikka  odatlantiradi.
Oilada  ota-onalarning  holati  bolalar  holatidan  —  ota-onalar  oilaga 
rahbarlik  qilishi,  bolalar  esa  unda  tarbiyalanishi  bilan  farq  qiladi.  O ta- 
onalar  bolalarga  g‘am xo‘rlik  qilishlari,  am mo  shu  bilan  birga  ular 
b o la la rn i  sh u n d a y   ta rb iy a la sh la ri  k erak k i,  b o la la r  ( z a ru riy a t 
tug‘ilaganda)  o ‘z  yaqinlariga  g‘amxo‘rlik  qilsinlar,  ularda  mustahkam 
insoniy  hissiyotlar,  yordamga  muhtoj  boiganlarga  yordam  berishga 
tayyorgarlik  hislari  shakllangan  bo‘lsin.  O ta-onalar  bola  shaxsi  va 
huquqlarini  oilaviy jam oa a ’zosi  sifatida  hurmat  qilishlari,  ular oiladagi 
nazoratdan  tashqari  xo'jayinlar  emasliklarini,  katta  yoshdagilar  esa 
tarbiya uchun javobgar shaxslar ekanligini tushunishlari kerak.  Oilaning 
tarbiyaviy o ‘rni ham bolalarga,  oilaning barcha a ’zolari xatti-harakatlariga 
o ‘zaro  ta ’sir  ko'rsatish,  ularda  turmush  tarzi  ideallariga javob  beruvchi 
h issiy o t,  e h tiy o j,  q iz iq is h la r  m a jm u asin i,  o 'z ig a   xos  ta b ia tn i 
shakllantirishdadir.
Hozirda  ilmiy-texnikaning  rivojlanishi,  shaharlar  rolining  ortishi 
munosabati  bilan  o ‘qish,  kasb  tanlash,  m uloqot,  intensiv  m adaniy 
hayotning  katta  imkoniyatlari  kabi  doimiy  amalda  bo‘luvchi  ijtimoiy 
omillaming o ‘rni ortdi.  Bularning barchasi oilaviy tarbiya darajasiga ham 
ijobiy ta ’sir etadi.  Oilaning tarbiyaviy ta ’sir kuchi uning m a’naviy sofligi,
2 0 4


m e h n a tse v a rlik   m u h iti,  ijtim oiy  faolligidadir.  O ilaning  quyidagi 
faoliyatining  o ‘ziga  xos  belgilari:  tuzilishi,  yashash  sharoiti  va  muhiti, 
m adaniy  im koniyatlari,  faoliyat  sohasi,  oila  ichidagi  munosabatlar, 
fu qaro lik   nuqtai  nazari  bolalar  tarbiyasi  jarayoniga  bevosita  ta ’sir 
k o ‘rsatadi.  O ta-onalarning  pedagogik  madaniyat  darajasi  ham  katta 
aham iyatga ega.
Oilaviy  tarbiyadagi  kamchiliklar  ota-onalar  va  bolalar  o‘rtasidagi 
n o to ‘g ‘ri  m unosabatlar  oqibatida  kelib  chiqadi:  ortiqcha  qattiqqo‘llik 
yoki  bolani  ortiqcha  yaxshi  ko‘rish,  nazoratning  yo‘qligi  yoki  yetarli 
em a slig i,  o ta -o n a la r   um um iy  m a d an iy ati  d arajasin in g   p astlig i, 
turm ushda  ular tom onidan  yomon  nam una  ko‘rsatilishi  va shu  kabilar. 
O ilaviy  tarbiyada  yuzaga  keladigan  qiyinchiliklarni  b arta raf  etish 
m aqsadida  jamiyat  o ‘quv  yurtlari  va  mehnat  jamoalarini,  m ehnat  va 
ax lo q iy   tarb iy a  tizim in i  doim o  ta k o m illash tirib   b o rad i,  b o lalar 
muassasalari,  maktab va jam oatchilik  ko‘magida maishiy xizmat hamda 
b o ‘sh  vaqtni  uyushtirishni  yaxshilab  boradi,  ota-onalam ing  umumiy 
va pedagoglik  madaniyatini  oshiradi.
Bolalar  ijtimoiy  tarbiya  muassasalari  tarm og'ining  kengayishi  va 
davlat  to m o n id an   oilaga  k o ‘rsatiladigan  xilm a-xil  yordam   oiiani 
tarbiyaviy  ishdan  ozod  qilishini  anglatrnaydi.  Bolalar  tarbiyasida  ota- 
onalar  ishtiroki  borgan  sari  ortib  boradi.  Jamiyat  rivojining  hozirgi 
bosqichida  o ta-onalar  tarbiya  masalalariga  amaiiy  qiziqish  bildirib, 
o ‘zlarining  mamlakat  va  xalq  oldidagi  ijtimoiy  va  fuqarolik  burchlarini 
chuqurroq  anglamoqdalar.
Oilaga yordam berish, ona va bola sog'lig'ini muhofaza qilish maqsadida 
k o ‘p   bolali  onalarga  davlat  nafaqalari joriy  etildi,  chaqaloqlarga  qarash 
u c h u n   k a tta   pul  mablagMari  ajratild i.  T u g ‘u ru q x o n a  va  ayollar 
konsultatsiyalar  tarmog^i,  shuningdek,  yasli,  bolalar  bog‘chalari  va 
nogiron  bolalar  tarbiyasi  bilan  shug‘ullanuvchi  boshqa  muassasalar 
(tarm og‘i  kengaytirildi)  faoliyatlarining  samiradorligi  oshirildi.  Er- 
xotinning  bir-biriga  o ‘zaro  qarash  majburiyatlari  doirasi,  ota-onalar  va 
bolalar  huquqlari  belgilab  berildi.  Farzandlikka  olish,  vasiylik  qilish, 
patronatlik — ota-onalik huquqidan mahrum qilish qoidalari ham  qonun 
tom onidan  belgilanadi.  H ar  qanday  holatda  ham,  tarbiyasi  qiyin  bola, 
uning jismoniy  nuqsoni  bor  yoki  aqlan  zaif b o ‘lgan  hollarda  ham  ota- 
onalik huquqi va majburiyatlaridan voz kechmaslik kerak.  0 ‘z navbatida 
b o la lar  ham   m eh natg a  layoqatsiz  o ta -o n alarig a  m o ddiy  yordam  
ko‘rsatishlari  kerak.
Davlatimiz  oila  hayotining  yuksak  moddiy  va  madaniy  darajasini 
ta ’minlaydi.  Oilaga  ko‘rsatilgan  har  tom onlam a  yordam  konstitutsion 
tam oyil  b o ‘lib,  turarjoy,  m aktab,  bolalar  m uassasalari,  m adaniy- 
maishiy  va  tibbiy  muassasalar  qurilishida  doimo  ro‘yobga  chiqariladi.
205


Ishlaydiganlar  va  ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  o ‘qiydigan 
ayollarga bolaga  qarash  uchun  qisman  haq  to ‘lanadigan  mehnat  ta’tili  va 
ish haqini saqlamagan holda m a’lum muddatgacha uzluksiz mehnat stajini 
va ixtisos bo‘yicha ish stajini saqlagan holda ta ’til berish kiritildi.
Bundan tashqari,  ayollarga  ishlab  chiqarishdagi  m ehnatni  bolalar 
tarbiyasi  bilan  qo'shib  olib  borishlarida  qulayroq  sharoit  yaratish 
uchun  ayollarning  to ‘liq  b o ‘lmagan  ish  kuni  va  t o i iq   b o ‘lmagan 
ish  haftasi,  o ‘zgaruvchan  grafik,  shuningdek,  uy  ishlariga  keng 
im koniyat  yaratildi.  Kasai  bolaga  qarash  uchun  haq  to ‘lan.adigan 
kunlar  ham   ko‘paytirildi,  ona  va  bola  sog‘lig‘ini  m uhofaza  qilish  va 
m ustahkam lash,  oilaviy  dam   olishni  tashkil  etish  tadbirlari  nazarda 
tutiladi.
Shunday  qilib,  davlatim iz  oilaning  tarbiyaviy  vazifasini  yuqori 
baholab,  uning  asoslarini  mustahkamlashga,  shuningdek,  uni jamiyati- 
mizning  bo‘lajak  fuqarolari  shakllanishiga  ta ’sirini  takomillashtirishga 
katta  ahamiyat bermoqda.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish