46-rasm. To’pni sirpanib (a, c), oldinga tashlanib (b), shpagat bilan (d) olib qo’yish 47-rasm. To’pni yelka bilan turtib olib qo’yish 3.3.6. To’pni tashlash
To’pni tashlash - maydon o’yinchilari qo’lda bajaradigan yagona
usul. To’p tashlash harakatining tuzilmasi ko’p jihatdan futbol
qoidalarining talabiga qarab belgilanadi va unchalik murakkab
hisoblanmaydi. Biroq to’pni uzoqroq masofaga yetkazib tashlash uchun
maxsus ko’nikma hosil qilingan bo’lishi va qorin, yelka kamari hamda
qo’ldagi mushak gumhlariga muayyan darajada kuch berilishi kerak.
To’pni tashlashda keng yozilgan barmoqlar uni yon tomonidan
(o’yinchiga qaragan tomoniga yaqinroq) qamrab turadigan qilib, bosh
barmoqlami qariyb bir-biriga tekkizgan holatda ushlash kerak (48-rasm).
62
48-rasm. To’pni tashlab berishda qo’l panjalari holati