O’zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “shaxs manfaati va ta’lim
ustivorligidir”. “O’zbekiston tarixi” fanini o’qitishdan maqsad - yosh avlod ongida insoniyat uchun eng
muhim bo’lgan ma’naviyatni shakllantirish hamda yanada yuksaltirish, ular ongida milliy ong va
sog’lom fikrni uyg’otish, tarixiy xotiraning yoshlarimizni Vatanga sadoqat hamda millatparvarlik ruhida
tarbiyalashdagi mislsiz ahamiyatini ifoda etish, o’z taqdiri va kelajagini barpo etadigan yosh avlodni
yangi jamiyatni yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan g’oyalar asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Prezident SH.M.Mirziyoyev “Xususan milliy o’zligimizni anglash, Vatanimizning boy tarixini o’rganish,
bu borada ilmiy ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama
qo’llab-quvvatlashimiz lozim”, deb ta’kidladi
8
. O’zbekiston mustaqil davlat sifatida 200 dan ortiq
mamlakatlar orasida o’zining qat’iy gumanistik (insonparvar), tinchlikparvar siyosati bilan dunyo
mehvarida muhim o’rin egallaganligini dunyo jamoatchiligi tan olib turibdi.
O’zbekiston Prezidenti SH.M.Mirziyoyev “Dunyo shiddat bilan o’zgarib, barqarorlik va xalqlarning
mustahkam rivojlanishiga raxna soladigan turli yangi tahdid va havflar paydo bo’layotgan bugungi kunda
ma’naviyat va ma’rifatga, ahloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga intilishga e’tibor qaratish har
qachongidan ham muhimdir. Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan
hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga undaydi”
9
, deb ta’kidlaydi.
Tarixchi mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yaxshilash, tarixga ixtisoslashtirilgan maktablar ochish lozim.
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibida “O’zbekiston tarixi” telekanali tashkil etilishi
yurtboshimiz tomonidan alohida e’tirof etildi
10
. Bundan tashqari “Vatanimiz tarixidan lavhalar” turkumida
muntazam ravishda ilmiy va ilmiy ommabop kitoblar nashr etib borish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Buyuk
zotlarning bebaho merosini chuqur o’rganish, ularning qadamjolarini obod qilish, xotirasini
abadiylashtirish bo’yicha birgalikda qilgan ishlarimiz barchamizga mamnuniyat yetkazadi
11
.
Yosh avlodning ta’limi, tarbiyasi haqida gapirganda alloma Abdurauf Fitratning quyidagi fikrlari:
“Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib, izzat-hurmat topishi,
jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga
tobe va qul, asir bo’lishi ularning ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”
12
degan purma’no
gaplari naqadar haqiqatdir.
Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz
ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va
mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama chuqur tadqiq etish, kelajak
avlodga Vatanimiz tarixini o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb
ahamiyat kasb etadi. “O’zbekiston tarixi” fani mustaqil O’zbekiston Respublikasi hududida qadimgi
zamonlardan bizning kunlarimizgacha yashab kelayotgan xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
madaniy sohalarda bosib o’tgan uzoq taraqqiyoti tarixini o’rganadi va o’rgatadi. O’zbekiston tarixi mustaqil
O’zbekiston yoshlari ongida milliy vijdonni shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning
taraqqiyoti yo’lini, tarixiy tajribalarini o’qib o’rganganlaridagina ularda istiqlol tafakkuri, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy ma’rifiy turmushning o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi
shakllanadi.
Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik
huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo’lida zalvorli sinovlardan o’tdi. Istiqlol yillarida
yurtimizda milliy tariximizni, ma’naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish bo’yicha
ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Yangi jamiyat qurish
avvalo, yoshlarga, ularning ma’naviy dunyosi, kasb-mahoratiga bog’liq. Binobarin, yosh avlodda milliy
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so’zi”, 2018 yil 29 dekabr
9
Mirziyoyev SH.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. – Toshkent: O’zbekiston
2017.
10
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // “Xalq so’zi”, 2018 yil 29 dekabr
11
SHavkat Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. 45-
bet
12
SH.M.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo’lidan qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. 1- jild. – Toshkent:
O’zbekiston, 2017. 124-125 betlar
g’oyani, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirishda, milliy ong va sog’lom fikrni uyg’otish, ularni Vatan,
xalq va istiqlol taqdiri uchun g’oyaviy kurashchanlik ruhida tarbiyalashda, yuksak ma’naviyatli komil inson
bo’lib shakllanishida, shuningdek, xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida “O’zbekiston tarixi” fanining
ahamiyati katta. Ushbu fanning barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari hamda maktablarda o’qitilishi
ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Mazkur uslubiy qo’llanma oliy o’quv yurtlari nomutaxassis yo’nalishlarda tahsil olayotgan
talabalarining seminar mashg’ulotlarini olib borishda, shuningdek, oliy o’quv yurtlarida maxsus kurslarni
o’qitish, Vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.