investor bilan Ozbekiston Respublikasidagi korxona (mol-mulk)
egasi qabul qiladilar.
Chet ellik investor qoshma korxona tarkibidan butunlay
chiqqanida yoki bu korxonalar tugatilgan taqdirda, korxona
mulkidan oz ulushini bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar
shaklida qaytarib olish huquqiga ega boladi.
Xojalik huquqi subyektlari vakolatlariga kora ham quyidagi
turlarga ajratiladi:
43
1) faqat xojalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar
(fermer xojaliklari, xususiy korxonalar va boshqalar);
2) boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar (hokimiyat,
vazirliklar, davlat organlari);
3) har ikkalasini qoshib olib boruvchi subyektlar (konsern,
korporatsiya)ga bolish.
Xojalik yurituvchi subyektlarni faoliyat maqsadiga (turiga)
qarab ikki turga ajratish mumkin:
1) tijoratchi tashkilot;
2) tijoratchi bolmagan tashkilot.
Òijoratchi tashkilot, bu foyda olishni oz faoliyatining asosiy
maqsadi qilib qoygan subyekt bolib (xususiy korxonalar, xojalik
jamiyatlari), tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holati Ozbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab
qoyilgan. Òijoratchi bolmagan xojalik yurituvchi subyektlar oz
oldiga muayyan maqsadni kozlagan holda harakat qilib, foyda
korishni kozlamaydi.
Xojalik huquqi subyektlarini tashkil etish va tugatish
Fuqarolik qonun hujjatlaridan malumki, yuridik shaxs davlat
royxatidan otkazilgan paytdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Yuridik shaxsni davlat royxatidan otkazish uni tashkil etishdagi
yakunlovchi bosqich bolib hisoblanadi, ammo xojalik yurituvchi
subyektlar tashkil etilishida davlat royxatidan otkazilgunga qadar
bir qancha bosqichlarni bosib otishi lozim. Avvalo, muassislar
ozlarining umumiy yigilishlariga toplanadi. Aynan shu yigilishda
ular ozlarining mulklarini umumlashtirish birlashtirish asosida
yakuniy maqsadlariga erishish uchun barcha harakatlar doirasini
aniqlab oladilar hamda tasis hujjatlarini ishlab chiqib, uni tasdiq-
laydilar va qaror qabul qiladilar. Shunday qilib, xojalik huquqi
subyektini tashkil etish deganda, tashkilot va shartnomaviy birlash-
malariga huquqiy maqom berish uchun yuridik ahamiyatga ega
bolgan barcha tegishli hujjatlarni qabul qilishga qaratilgan harakatlar
majmuyi tushuniladi. Xojalik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi
kimning xohish-irodasiga va qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga
qarab tasis-farmoyish, tasis, shartnomaviy-tasis usullariga bolinadi.
Òasis-farmoyish usuli bilan, asosan, davlat mulkiga asoslangan
korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki,
bunda xojalik yurituvchi subyekt davlat vakil qilgan shaxs tomoni-
44
dan tashkil etiladi. Misol tariqasida Ozbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999-yil 14-oktabrdagi 462-sonli
qaror bilan Ozbekiston «Ozbekiston-Shveysariya» qoshma
korxonasi tashkil topganligini keltirish mumkin.
Òasis etish usuli bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar
ham tuzilishi mumkin. Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan
boladi.
Shartnomaviy tasis usuli bilan ikki va undan ortiq tasischilar
tomonidan ozlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida tasis
shartnomasi tuzish yoli bilan xojalik yurituvchi subyekt faoliyati-
ning faoliyat yonalishlari belgilanadi va tuziladi.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqi subyektining tugatilishi uning
huquqi va majburiyatlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa
shaxslarga otmasdan, balki bekor qilinishiga olib keladi. Xojalik
huquqi subyektining tugatilishi ixtiyoriy va majburiy asosda bolishi
mumkin.
Òugatish uchun uni tashkil etishdan kozlangan maqsadga
erishilganligi yoki xojalik yurituvchi subyektni tashkil qilish vaqtida
qonun hujjatlari buzilishiga yol qoyilgan bolsa va bularni bartaraf
etib bolmasa, manfaatdor shaxslarning arizalariga muvofiq sud xojalik
subyektini royxatdan otkazishni haqiqiy emas, deb topishi mumkin.
Xojalik (tadbirkorlik) subyektini tugatish tartibi Ozbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksida hamda Ozbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyundagi 327-sonli «Moliyaviy-
xojalik faoliyatini amalga oshirmagan va qonunchilikda belgilangan
muddatga ozlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxo-
nalarni tugatish tartibi togrisida»gi qarorida belgilangan.
Xojalik subyektlarini tugatishning alohida asosi bolgan
bankrotlik natijasida tugatilish tartibi Ozbekiston Respublikasining
«Bankrotlik togrisida»gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Xojalik yurituvchi subyektlarni davlat
royxatidan otkazish
Òadbirkorlik faoliyati yuridik shaxs hamda yuridik shaxs tuzmagan
holda amalga oshirilar ekan, ular tadbirkorlik subyekti maqomini
olishlari uchun belgilangan tartibda davlat royxatidan otgan
bolishlari talab qilinadi. Òadbirkorlik subyektlarini royxatdan
otkazish munosabatlari Ozbekiston Respublikasining Fuqarolik
kodeksi, «Òadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisida»,
45
«Dehqon xojaligi togrisida», «Fermer xojaligi togrisida»gi
Qonunlar hamda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-
sining 2003-yil 20-avgustdagi 357-sonli «Òadbirkorlik faoliyatini
tashkil etish uchun royxatdan otkazish tartibotlari tizimini tub-
dan takomillashtirish togrisida»gi qarori va shu qaror asosida
tasdiqlangan «Òadbirkorlik subyektlarini davlat royxatidan ot-
kazish, hisobga qoyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiy-
lashtirish tartibi togrisida»gi Nizom, shuningdek, Ozbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-avgustdagi
«Òijorat faoliyati uchun moljallangan tovarlarni olib keluvchi
jismoniy shaxslarni royxatdan otkazishni tartibga solish chora-
tadbirlari togrisida»gi qarori hamda Ozbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi «Òijorat faoliyati
uchun moljallangan tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bol-
magan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat royxatidan otkazish,
hisobga qoyish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga
olish kartalarini berish tartibi togrisidagi Nizomni tasdiqlash
haqida»gi qarorlari bilan tartibga solinadi. Ozbekiston Respubli-
kasi Prezidentining 2006-yil 24-mayda qabul qilgan «Òadbirkorlik
subyektlarini davlat royxatiga olish va hisobga qoyishning xabardor
qilish tartibini joriy etish togrisida»gi qaroriga asosan tadbirkorlik
faoliyatini tashkil qilish uchun mamuriy sarf-õarajatlarni kamayti-
rish, tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga olish va hisobga
qoyishdagi byurokratik tosiqlar va govlarni bartaraf etish yoli
bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2006-yilning
1-sentabridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga
olishning xabardor qilish tartibini ornatilishi belgilab berilgan. Yer
maydonlari ajratib berish, gaz va elektr tarmoqlariga ulash togrisida,
shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat boyicha qaror talab
etiladigan tadbirkorlarni royxatga olish bundan mustasno.
Òadbirkorlik subyektlarini davlat royxatiga olish, tegishli
ravishda, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari
huzuridagi Òadbirkorlik subyektlarini royxatga olish inspeksiyalari
tomonidan bir vaqtning ozida ularni soliq va statistika organlarida
hisobga qoygan holda amalga oshiriladi.
Ariza-xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik
subyektini davlat royxatiga olib, unga davlat royxatiga olinganligi
togrisidagi guvohnomani berishgacha otadigan muddat kopi bilan
ikki ish kunini tashkil etishi kerak.
46
Òadbirkorlik subyektlarini royxatdan otkazuvchi organlarga
quyidagilar kiradi:
Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
Qoraqalpogiston Respublikasi Adliya vazirligi;
viloyat adliya boshqarmalari;
tuman(shahar) Davlat soliq inspeksiyalari;
tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Òadbirkorlik
subyektlarini royxatdan otkazish inspeksiyalari.
Òijorat faoliyati uchun moljallangan tovarlarni olib keluvchi
jismoniy shaxslar («chetdan tovar olib keluvchilar»)ni yuridik shaxs
bolmasdan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida davlat royxatidan
otkazish jismoniy shaxsning yashash joyidagi tumanlar (shahar-
lar) Davlat soliq inspeksiyalarida amalga oshiriladi.
Xojalik (tadbirkorlik) huquqining subyekti
sifatida davlatning ishtiroki
Ozbekiston bozor munosabatlariga otishining asosiy tamoyil-
laridan biri, bu davlatning bosh islohotchi ekanligidir.
«Davlatning boshqaruv sohasidagi roli inkor etilsa, mamuriy
buyruqbozlik tizimidan iqtisodiyotning bozor tamoyillariga otishini
taminlash qiyin kechadi.
Oz-ozidan ravshanki, bozor munosabatlari meyori mustah-
kamlanib, islohotlarning ortga qaytmasligi taminlanib borgan sari
davlatning tasiri ham shunga muvofiq ravishda izchillik bilan
kamayib boraveradi».
1
Shu nuqtayi nazardan davlat iqtisodiyot va ijtimoiy hayotning
hamma sohalarini ozgartirish rejalarini tuzib, uni izchillik bilan
amalga oshirishni taminlashni oz zimmasiga oladi. Bu esa bozor
sharoitida iqtisodiyotni davlat yoli bilan boshqarish va tartibga solish
hamda ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bevosita huquqiy vositalar
yordamida hal etishga imkoniyat yaratadi.
Davlat xojalik huquqi subyektlariga xos bolgan xususiyatlarga
ega. Bular:
birinchidan, uning oz mulkiga egaligida;
ikkinchidan, uning xojalik faoliyatini boshqarilishida;
uchinchidan, bevosita xojalik vakolatlariga egaligida;
1
Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: xavfsizlikka tahdid, bar-
qarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Ò.: «Ozbekiston». 1997. 189- bet.
47
tortinchidan, xojalik aloqalarida boshqa ishtirokchilar bilan
shartnomaviy munosabatlarga kirishishlarida gavdalanadi.
Xojalik huquqining subyekti sifatida davlat bir vaqtning ozida
boshqa xojalik huquqining subyektlaridan farq qiladi. Bu shunda
korinadiki, uning faoliyatida xojalik faoliyati ustidan rahbarlikni
amalga oshirish anchayin ustunroq turadi. Davlat iqtisodiy muno-
sabatlarga kirishar ekan, boshqa subyektlar kabi oz faoliyatini
amalga oshirishi uchun uning ruxsatnoma olishi talab etilmaydi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotga rahbarlik qilishining yuridik kuchga
ega bolgan normativ hujjatlar asosida amalga oshirilishi ham
unga xos bolgan xususiyatlardan hisoblanadi.
Davlatni xojalik huquqi subyektlari qatoriga qoshmaslik,
xojalik faoliyatiga oid masalalarni hal qilishda kopgina noaniq-
liklarning kelib chiqishiga, bu boradagi masalalarni qaysi huquq
sohasi normalari bilan tartibga solinishi lozimligi togrisidagi
masalalarda chalkashliklarning kelib chiqishiga sabab bolar edi.
Davlatning xojalik huquqining subyekti sifatida oziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat.
Davlatning oz mulkiga ega ekanligi togrisida shuni takidlash
joizki, respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillarning
ozidayoq, Ozbekiston ozining «Mulkchilik togrisida»gi Qonu-
nini qabul qildi va ushbu qonunga muvofiq Ozbekiston davlati
mulk egasi sifatida tan olindi. 1978-yilgi Ozbekistonning Kons-
titutsiyasida jamiyatning iqtisodiy negizini asosan sotsialistik
mulkning ikki xil shakli, yani davlat va kolxoz-kooperativ mulki
tashkil etilishi belgilangan edi. Endilikda mulk ommaviy va xususiy
shakllarda mavjud bolishligi qonuniy mustahkamlanib, hatto
fuqarolarning mulki qaysi shakllarda va qay maqomda mavjud
bolishligi qonuniy hal etilib, mulklar tengsizligiga barham berildi.
Mulkning kimga tegishli bolishidan qati nazar, teng ravishda
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilib, ularni bab-baravar
huquqiy muhofaza qilish qoidalari tegishli qonunlarda oz ifodasini
topdi.
Davlatning barcha mol-mulkini, bu mulk respublika yoki
mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli bolishidan qati
nazar, asosan, ikki guruhga:
1) davlat korxonalari va muassasalariga biriktirib qoyilgan mulk;
2) tegishli budjet mablaglari va davlat korxonalari, muassa-
48
salariga biriktirilmagan respublikaning davlat xazinasini tashkil
qiladigan mol-mulklarga ajratish mumkin.
Respublika mulki obyektlari doirasiga kiritilgan obyektlar
davlatimiz milliy boyligining asosini tashkil qiladi. Bu mulk davlat
hokimiyat va boshqaruv organlarini amal qilish, umumdavlat
vazifalarni amalga oshirish uchun (mudofaa kuchlari, chegara
qoshinlari, milliy xavfsizlik va ichki ishlarning mulklari asosida),
Ozbekiston xalq xojaligini rivojlantirilishini taminlovchi tarmoq-
lar (mudofaa ishlab chiqarishiga xos korxonalar, yoqilgi-energe-
tika kompleksi, transport, aloqa tarmoqlari), shuningdek, Ozbekis-
ton Respublikasi taminoti uchun zarur bolgan tarmoqlar (far-
matsevtika, tibbiyot-biologik preparatlarni, spirt mahsulotlarini
ishlab chiqaruvchi korxonalar) uchun zarur bolib hisoblanadi.
Yuqorida qayd etilgan mulk obyektlari asosida Ozbekiston
davlati xojalik faoliyatini amalga oshiradi. Ushbu mulklarni davlat
oz organlari orqali korxonalarning xojalik yuritishiga berib, yangi
subyekt-korxonalarni tashkil etadi. Shu bilan birga, bu korxonalarni
davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish masalasini, ularning
tugatilish masalalarini bevosita mulkdor bolgan davlat ozining
maxsus organlari vakolatiga kiritgan.
Davlat mulki bolgan maxsus obyekt davlat xazinasiga Ozbe-
kiston Respublikasi nomidan tushadigan soliqlar, yigimlar va
boshqa majburiy tolovlar boyicha davlat kreditor hisoblanadi.
Shuningdek, davlat nomidan tuzilgan shartnomalar boyicha gazna
mablaglari hisobidan javobgar hisoblanadi. Davlatning xojalik
vakolati tadbirkorlik va xojalik subyektlariga nisbatan boshqaruv
faoliyati bolib hisoblanadi.
Davlat xojalik yurituvchi subyektlarga nisbatan xalq nomidan
harakat qiluvchi subyekt sifatida qonun chiqarish orqali umumiy
asosda oz tasirini korsatadi, bunda u davlat vazifalarining mohiya-
tidan kelib chiqib xojalik munosabatlarida ishtirok etadi, jumladan,
uning xojalik subyekti sifatidagi faoliyati uning oz ehtiyojlaridan
kelib chiqib moddiy-texnika taminoti, investitsiyalash kabi masala-
larni hal qilishda, ayniqsa, yaqqol namoyon boladi.
Xojalik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi usuli
umumiy va alohida asoslarda amalga oshiriladi. Umumiy asos qonun
chiqarish bolib hisoblansa, alohida asosda turli-tuman sohalar
49
boyicha xojalik yurituvchi subyektlarga nisbatan oz tasirini
otkazadi, yani iqtisodiy faoliyatning turli jihatlarini tartibga soladi.
Masalan, davlat ehtiyojlari uchun qishloq xojalik mahsulotlarini
yetkazib berish va xarid qilish, budjet manfaatlarini kozlagan holda
qonunlar, ekologiya masalalariga oid, tabiatni muhofaza qilish
togrisidagi qonunlarning qabul qilinishi orqali subyekt sifatida
korinadi.
Nazorat savollari
1. Xojalik huquqi subyektlarining belgilarini korsating.
2. Xojalik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi tartibini tushun-
tiring.
3. Xojalik huquqi subyektlarining qanday turlari mavjud?
?
50
IV bob.
MULKNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA
XUSUSIYLASHTIRISH
Xususiylashtirish tushunchasi. Xususiylashtirishni huquqiy tartibga
soluvchi qonunlar va qonunosti meyoriy hujjatlar. Xususiylashtirishni
amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari. Xususiylàsh-
tirish obyektlari. Xususiylashtirish shakllari va usullari.
Xususiylashtirish tushunchasi
Respublikamizda davlat mulkini xususiylashtirish jarayonining
olib borilayotgani iqtisodiy islohotlarning va aholi turmush
sharoitining tobora farovonlashuviga olib keladigan huquqiy
vositalardan biri hisoblanadi. Buning sababi shundaki, mulkni
xususiylashtirish jarayoni har bir davlatning oz ichki sarmoyasini,
shu bilan birga, tashqi xususiy sarmoyalarni olib kirishni ragbat-
lantirishga asos boladi, mamlakatimiz va chet ellik sarmoya
sohiblariga yangi huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar ochib beradi.
Xususiylashtirish xususiy sektorning rivojlanishi va tadbirkor-
larning kopayishiga, davlatga hamda istemolchilarga ham foyda
keltiradi. Chunki bu moddiy nematlar ishlab chiqarishga, xizmat
korsatishning rivojlanishi va raqobatning kuchayishiga, bozorlarda
narxlarning pasayishiga yordam beradi, shuningdek, korxonalarda
yangi ish orinlari yaratilishiga, ishsizlar sonining qisqarishiga,
xususiy sektorda xizmat qiladigan shaxslarning koproq foyda olishi
va shu tufayli yanada samaraliroq mehnat qilishga qiziqishlarining
ortishiga olib keladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy
mohiyati jamiyatdagi mulkni mulkdorlarga topshirishdan iboratdir.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning zaruriyati
davlatning mulkchilik hamda xojalik yuritish sohasidagi monopo-
liyasiga barham berish orqali kop ukladli iqtisodiyotni vujudga
keltirishdir. Chunki xususiylashtirish natijasida turli xil mulk shakl-
lari vujudga keladi va ular asosida turli tashkiliy-huquqiy shaklga
ega bolgan xojalik yurituvchi subyektlar (xojalik jamiyatlari,
xojalik shirikatlari va h.k.) tashkil etiladi.
51
Davlat tasarrufidan chiqarish, bu davlat korxonalarini va
tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xojalik jamiyatlari va
shirkatlariga, davlatga qarashli mulk bolmaydigan boshqa kor-
xonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish esa jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli
bolmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat
aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
Òurli mulk shakllari hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi
xojalik yurituvchi subyektlarning mavjud bolishi esa aralash
iqtisodiyotning asosiy belgisi bolib hisoblanadi. Ular sotsialistik
tuzumdagidek bir-birini inkor etmaydi, aksincha bir-birini toldirib
boradi. Korxonalarni xususiylashtirish orqaligina iqtisodiyotda
raqobat muhitini shakllantirish va shu orqali xojalik yuritish sohasida
davlat monopoliyasini bartaraf etish mumkin. «Òahlillar shuni
korsatmoqdaki, bugungi kunda davlat korxonalari nodavlat
korxonalari bilan raqobatga dosh bera olmayapti. Zarar korib
ishlayotgan va samaradorligi past korxonalarning aksariyati aynan
davlat korxonalari yoki davlat ulushi yuqori bolgan aksiyadorlik
jamiyatlari ekani buni amalda tasdiqlab turibdi. Bunday holatning
bosh sababi bu korxonalarda haqiqiy xojayinning yoqligi, real
iqtisodiy omil va usullarning ishga solinmaganligidir».
1
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirishning huquqiy asoslari
Iqtisodiy islohotlarni kafolatli amalga oshirishning asosiy
shartlaridan biri ularning huquqiy negizini yaratishdir. Iqtisodiy
islohotlar qonun hujjatlari asosida amalga oshirilgandagina ular
muayyan natija beradi va orqaga chekinmaydi. Shuning uchun ham
islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim
yonalishlar boyicha amalga oshirildi. Mazkur yonalishlardan biri
mulkchilik munosabatlariga asos soladigan qonunlar majmuyini
yaratishga qaratilgan edi. Mazkur qonunlarni qabul qilmasdan turib
odamlarni mulkka bolgan munosabatlarini ozgartirib bolmas edi.
Shuning uchun ham Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiya-
sida xususiy mulkning daxlsizligi belgilab qoyildi. Biroq,
Konstitutsiya qabul qilinguniga qadar mulkchilik munosabatlariga
doir boshqa qonunlar qabul qilingan edi. Ushbu qonunlarning
1
Karimov I.A. Odamlarning tashvish va orzu-intilishlari bilan yashash
faoliyatimiz mezoniga aylansin. Soliq va bojxona xabarlari. 2002-yil 23-iyul.
52
Qonun, shuningdek, barcha mulk shakllarining tengligini va ularni
huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlab qoydi. Eng muhimi,
mazkur qonun mulkdorning mulkiy huquqlari doirasini belgilab berdi.
1991-yil 19-noyabrda esa Ozbekiston Respublikasining «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish togrisida»gi Qonuni
qabul qilindi. Mazkur qonunlarni birin-ketin qabul qilishdagi
mantiqiy bogliqlik shundan iborat ediki, mulkdorning mulkiy
huquqlarini kafolatlamay, xususiylashtirishni amalga oshirish
jarayoni qiyin kechardi. Chunki yuridik va jismoniy shaxslarning
xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlashning yagona
yoli, ularning mulkiy huquqlarini kafolatlashdan iborat edi. Aynan
1991-yil 19-noyabrdagi qonun davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishning shakllarini, shartlarini hamda amalga oshirish
tartibini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq, davlat mulki
obyektlari Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ qarori
bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan
boldi. Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin
bolmagan hamda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat
tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar
hamda korxonalarning royxati Ozbekiston Respublikasining Oliy
Majlisi tomonidan belgilab beriladigan boldi. Aynan mazkur
dastlabkisi 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan Ozbekiston
Respublikasining «Mulkchilik togrisida»gi Qonuni boldi.
Ozbekiston
Respublikasining
«Mulkchilik
togrisida»gi
Qonuniga muvofiq
mulk shakllari
turlari
xususiy mulk
shirkat (jamoa) mulki
davlat mulki
aralash mulk
boshqa davlatlar hamda
xalqaro tashkilotlar
yuridik va jismoniy
shaxslarning mulki
53
royxatlar Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-
avgustdagi «Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning bazi masalalari togrisida»gi
qarori
1
bilan tasdiqlandi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy-
lashtirish dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 23-sentabrdagi qarori bilan boshlab berildi
2
hamda 1994-
yilning ortalarigacha davom etdi. Mazkur bosqichda umumiy uy-
joy fondi, savdo, mahalliy sanoat, xizmat korsatish korxonalari
Do'stlaringiz bilan baham: |