1. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta‟lim jarayonini tashkil etishning
nazariy aspektlari
Algoritmlar nazariyasiga asoslanib, turli soxalardagi (fan, ta‘lim, texnika,
kishlok xujaligi va x.k.) jarayonlarning algoritmini yaratish mumkin [105].
Jumladan, ta‘limda ham ma‘lum bir jarayonning algoritmini ishlab chikish va
amaliyotga tatbik etish dolzarb muammolardan biridir [59].
B.Skinner ta‘lim modelini savollar zanjirini quyidagi kо‗rinishda bergan (1.3-
rasm).
Ushbu ta‘lim modelida Ai (i=l,2,3 ...................... )
tо‗g‗ri javoblar, Au -
о‗quvchining javobi, Qj - tanlangan savollar, J; - о‗rganiladigan nazariy material
bulagidir. Bundan tashkari, [59] da ta‘lim jarayonini algoritmlashga doyr bir nechta
modellar taklif etilgan.
Xozirgi davrda о‗quv jarayonini algoritmlash uzluksiz ta‘limning yukori
bosqichlariga tatbik etilmokda. Izlanishlar shuni kо‗rsatdiki, bilim olishning birinchi
bosqichi - maktabgacha ta‘lim jarayoniga moye kompyuterli ta‘lim jarayonining
algoritmlashgan modellari yaratilmagan. Maktabgacha ta‘lim muassasalariga tegishli
multimediaga
asoslangan
kompyuterli
ta‘limning algoritmini keltiramiz.
Multimediaga asoslangan kompyuterli ta‘lim jarayoniga tegishli mashgulotning
tuzilmaviy sxemasi quyidagi kо‗rinishda bulishi mumkin (1.4-rasm).
39
1.
4-rasm. Multimediaviy kompyuterli ta‘lim jarayonining tuzilmaviy sxemasi.
Multimediali kompyuterli mashgulot jarayonining ketma-ketligi quyidagi
tartibda amalga oshiriladi: multimediali material (vosita)
kompyuter xotirasiga kiritiladi; material monitor ekraniga chikariladi;
tarbiyalanuvchilar tarbiyachi hamkorligida monitorga karab savol-javoblar orqali
materialni о‗rganadilar; tarbiyalanuvchilarning olgan bilimi test savollari orqali
baxolanadi va mustaxkamlanadi.
Ushbu algoritmni simvolik formula shaklida ham ifodalash mumkin, ya‘ni:
MM=(T
r
TM, MMT,Tv, Ts, R)
Bunda, MM-mashgulot modeli, T
r
-tarbiyachi, TM-ta‘lim materiali, MMT-
multimedianing tashkil etuvchilari, Tv-tarbiyalanuvchi, Ts-test savollari, R-mazkur
uzgaruvchilarning о‗zaro optimal boglanish munosabatini ifoda etuvchi uzgaruvchi.
MM-mashtulot modeli, (MM|)- mashgulot, (MM
2
)-kompyuterli ta‘lim о‗yinlari,
(MM
3
)-kompyuterli "sayoxat‖ va boshka shakllarda о‗tkaziladi, ya‘ni:
MM (MM, ,MM
2
,MM
3
.................................................. )
mashgulot turlaridan tashkil topadi.
Multimedianing tashkil etuvchilari (MMT) ta‘lim materialiga kiritilgan bulib
[28], tarbiyalanuvchilarga ijobiy ta‘sir etuvchi omillardan iborat. MMT ga
F(A)-ta‘lim materialining animatsion samarasi;
F(V)-tasvir rangining uzgarib turishi;
F(S)-multimedianing tovush effekta;
F(D)~ multimedianing video effekti;
F(YE)- ta‘lim materialining matni;
F(J)- multimedianing jadval va grafikasi kiradi.
40
E
n
=S YE(F(A), F(V), F(S), F(V), F(YE), F(J) lar esa, umumiy jozibali samara
berib, mashgulot samaradorligini oshirishga olib keladi.
Multimediali effekt (samara)ning (Yep) sxemasini quyidagi kо‗rinishda berish
mumkin (1,5-rasm), ya‘ni:
1.5-rasm. Multimediali samaraning sxemasi
Demak, kompyuter xotirasidagi materialda multimedia vositala- rining tashkil
etuvchilari kanchalik kup bulsa, umumiy effekt (samara) shuncha yukori bо‗ladi.
Bitta tashkil etuvchining uzi multimediali samara berolmaydi. Umumiy sxemaning
yana bir tashkil etuvchisi - sinov savollari oldindan tayyorlanib, kompyuter
xotirasiga kiritilgan bо‗ladi va ulardan foydalanib mos baxolash mezoni asosida
tarbiyalanuvchilarning bilimi baxolanadi.
Multimediali kompyuterli ta‘limda baxo mezoni uch balli tizimga asoslanadi
[27]. Ilmiy tadkikot ishimizda tarbiyalanuvchilarning yakuniy baxosini aniqlashning
sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin (1.6-rasm).
Maktabgacha ta‘lim uzluksiz ta‘lim tizimiga kirganligi sababli [116] da taklif
etilgan modeldan MTMlarining ta‘lim jarayonida xdm foydalanish mumkin.
1,6-rasm. Yillik yakuniy baxoning sxemasi.
41
I bob bо„yicha xulosa
Multimedia texnologiyasi tadkikot obyekti sifatida о‗rganilib, informatika va
axborot texnologiyasi nazariyasi asosida uning atamasi, mazmuni, multimedia
texnologiyasining tashkil etuvchilari, uning shakllanish bosqichlari tadkik etildi va
MTMlarining ta‘lim jarayoniga tatbiki natijasida sezilarli samara berishi bо‗yicha
ijobiy xulosaga kelindi.
Multimedia texnologiyasining turli soxalarda, jumladan, ta‘lim tizimida
kullanilishi yoritib berildi. Multimediali ta‘lim manbalari - elektron darsliklar,
metodik qо‗llanmalar, ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, Internet va masofali ta‘lim
ashyolari va ulardan foydalanish bо‗yicha ma‘lumotlar bayon etildi.
Multimedia texnologiyasini ta‘lim soxdsiga tatbik etish uchun uning pedagogik
asoslarini ishlab chikish zarurligini e‘tiborga olinib, dissertatsiya ishida multimedia
texnologiyasining maktabgacha yoshdagi bolalar varianta ishlab chikildi, uning
texnologik jarayoni yoritib berildi, komponentlari asoslandi.
Multimedia texnologiyasidan MTMlarining ta‘lim jarayonida foydalanish
uchun, uning pedagogik-psixologik jixdtlari, tamoyillari va о‗ziga xos
xususiyatlarini ishlab chikish zarurligi asoslab berildi, jumladan, MTMlarida ta‘lim
jarayoni bilish nazariyasi asosida talkin etildi, shuningdek, MTMlarda multimediali
ta‘lim jarayonini tashkil etish algoritmi berildi. Kompyuterli ta‘limiy va an‘anaviy
о‗yinlarning nazariy masalalari hamda kompyuterli о‗yinlar tо‗g‗risida
respondentlarning fikrlari keltirildi.
42
II bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida
kompyuter slaydlaridan foydalanishning metodik asoslari
1. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashgulot shakllari, mashgulot
mazmuni, metodlari, va metodikasi
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida multimedia texnologiyasiga asoslangan
kompyuterli ta‘limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta‘limiga
tayyorlashdan iborat. Shuning uchun mashg‗ulot shakli, mazmuni, о‗tkazish
metodikasi va baho mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan,
ba‘zi MTMlar kompyuterlar bilan ta‘minlangan bо‗lsa-da, ulardan ta‘lim
jarayonida foydalanish metodikasi ishlab chiqilmaganligi sababli qimmatbaho
―о‗yinchoq‖ sifatida turibdi. Shuning uchun, MTMlari sharoitida kompyuterdan
ta‘lim-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb
masalalardan hisoblanadi. Yuqorida ta‘kidlanganidek, mashg‗ulot mobaynida
multimedia texnologiyasidan foydalanilganda u yoki bu materialni о‗rganishda
vaqtni tejash hisobiga ta‘lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida an‘anaviy usulda ta‘lim-tarbiya
berishning shakli, mazmuni, metodi va metodikasi kо‗pgina adabiyotlarda va
jurnal sahifalarida bayon etilgan. Jumladan, ushbu masala P.Yusupovaning
―Maktabgacha tarbiya pedagogikasi‖ [21] va boshqa manbalarda keng yoritib
berilgan. P.Yusupova ta‘lim shakli tо‗g‗risida quyidagilarni yozadi: ―Ta‘lim shakli
deganda, ta‘lim beruvchi pedagog va bolalarning maxsus tashkil etilgan faoliyati
tushuniladi va kun tartibida ma‘lum bir vaqtda о‗tkaziladi‖ [21] .
V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar [62] MTMlarida turli mashg‗ulotlar tashkil
etish va о‗tkazish bо‗yicha keng ma‘lumot berganlar, jumladan, mashg‗ulot
MTMlarida ta‘lim jarayonining yetakchi shakli ekanligi, uning
mazmuni va tuzilishi, uni tashkil etish, boshlanishi, borishi, yakuni va boshqalar
yoritilgan.
Bolalarning
bilimlarini
test
usulida
baholash
metodikasini
S.Abdullayeva ishlab chiqqan.
Adabiyotlarda, MTM ta‘lim metodlari bо‗yicha ham qator fikrlar bildirilgan.
Metod – ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchilarning maqsadli ta‘lim-tarbiya
43
vazifalarni hal etishga yо‗naltirilgan о‗zaro bog‗liq faoliyatlarining izchil usullar
tizimidir.
Y.K.Babanskiy fikricha, bilim, kо‗nikma va malakalarni о‗zlashtirish jarayoni
bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bosqichda ta‘lim mazmuni va
samaradorligi tegishli metodlar guruhi bilan ta‘minlanadi. Tafakkurning yetakchi
shakllari rivojlanib, tarkib topishi amaliy va nazariy ta‘lim-tarbiya berish
faoliyatida amalga oshiriladi.
A.K.Matveyeva ta‘limning kо‗rgazmali metodlari va usullariga qaratilgan
ishida bolalarning kuzatish kо‗nikmasiga ilk yoshda va kichik maktabgacha tarbiya
yoshidan boshlab о‗rgatish lozimligini ta‘kidlaydi. Quyida dissertant tomonidan
ishlab chiqilgan va MTMlari uchun mо‗ljallangan multimediali kompyuterli
ta‘limning shakli, mazmuni, metodi, metodikasi va baho mezoni bayon etiladi.
MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia texno-logiyasidan
foydalanish, asosan, uch tomonlama amalga oshiriladi:
1) kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar (slayd,
taqdimot, elektron ishlanma, qо‗llanma va h.z.) tayyorlanadi hamda Internet va
masofali ta‘lim ashyolaridan foydalaniladi.
2) kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi
material о‗rgatiladi.
Shuni ta‘kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola talaba va о‗quvchilar kabi
kompyuterda mustaqil ishlashga qodir emaslar. Shuning uchun, MTMlarida yangi
materialni о‗rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini о‗ynaydi.
3) Bilvosita dialog – virtual axborot (ta‘lim) muhitida kompyuter bilan dialog
asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda bolalar tomonidan
material mustaqil о‗rganiladi, о‗tilgan material mustaqil takrorlanadi, mashqlar
mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter о‗yinlar mustaqil amalga oshiriladi va
bola mashqlarni, kompyuter qо‗ygan vazifalarni, о‗yinlarni takror-takror bajarib,
44
qо‗yilgan mashg‗ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda multimedia
texnologiyasidan foydalanilganda kompyuter ta‘lim manbai rolini о‗ynaydi.
12
Mashg‗ulot shakli. MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia
texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‗ulotdir.
Mashg‗ulotlar Davlat talablari asosida belgilangan dasturlar, yо‗nalishlar,
taqsimlangan soatlar va shular asosida tarbiyachi (yoki pedagog) tomonidan ishlab
chiqilgan va tasdiqlangan rejalari asosida olib boriladi (8-ilova).
MTMlarda
mashg‗ulotlar
yangi
materialni
о‗rgatishga
(yoki
mustahkamlashga) qaratilgan, tekshiruvchi-sinovchi, majmuaviy ―sayohat‖ yoki
―ekskursiya‖ va kompyuterli о‗yin shakllariga bо‗linadi.
MTMlarida о‗tkaziladigan mashg‗ulotlar maktabga tayyorlov guruhlarida
kompyuterdan foydalanib о‗tkazilishni hisobga olib, 30 daqiqaga mо‗ljallanadi va
asosiy uchta bosqichda о‗tkaziladi. Birinchi bosqich 15 daqiqa davom etadi. Bu
vaqt davomida tarbiyalanuvchilarga asosiy ma‘lumot beriladi.
Birinchi bosqich tugagach (15 daqiqadan sо‗ng) tarbiyalanuvchilarning
kompyuterlardan foydalanishlari 15 daqiqadan oshmasligini hisobga olib, 15-20
daqiqali oraliq (dam olish bosqich)i о‗tkaziladi. Ushbu 15-20 daqiqali oraliqda
о‗rganiladigan material bо‗yicha qiziqarli о‗yinlar о‗tkaziladi, she‘rlar, ashulalar
aytiladi, rasm chizdiriladi, A harfini yoki 1 raqamini qog‗ozda yozish о‗rgatiladi.
Sо‗ngra mashg‗ulotning uchinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichning
davomiyligi ham 15 daqiqadan iborat bо‗ladi. Bu bosqichda, asosan, birinchi
bosqichda о‗rganilgan materiallar mustahkam-lanadi, tarbiyalanuvchilarning
kompyuter savodxonligini oshirish davom etadi va ularning bilimi baholanadi.
Agar, birinchi bosqichda rejalashtirilgan materiallarning tо‗la о‗rganilishi
ulgurilmasa, u 3-bosqichda davom ettirilishi mumkin.
Mashg‗ulotlarning kompyuterli ―Sayohat ― va ―Ekskursiya‖ shakli. Bu
shaklda tarbiyachi ekologiya (atrof-muhitni muhofaza qilish)ga oid materiallarni
12
Белошистая А.В. Математическое развитие ребёнка в системе дошкольного и
начального образования. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. -М.: 2004. -43с.
45
о‗rganilayotganda bolalarni о‗simlik dunyosi va uy hayvonlari bilan tanishtirishda,
bolalarni sayohatga olib chiqishi shart emas. Buning uchun kompyuter xotirasi va
Internet ashyolaridagi mavzuga tegishli materiallarni birin-ketin kо‗rsatishi va
izohlashi lozim. Material kompyuterda yoki Internetda bо‗lmasa, bolalar dalaga
sayohatga olib chiqiladi.
Mashg‗ulotning о‗yin shakli. Bolalarga kompyuterli ta‘limiy о‗yinlar orqali
ham bilim berish mumkin, masalan ―Kim birinchi topadi?‖ о‗yinida ekrandagi turli
tartibda joylashtirilgan rangli tasvirdagi sonlardan qaysi bir katta, qaysi biri
kichikligini aniqlash, ekrandagi rangi о‗xshash predmetlardan qaysi biri katta,
qaysi biri kichikligini aniqlash, shuningdek, rasmlardan keraklisini topish kabi
topshiriqlar bajariladi.
Yangi
materialni
multimediali
kompyuter
asosida
о‗rganishdagi
mashg‗ulotning algoritmi:
1. Tarbiyachi(pedagog) bolalarni kompyuter rо‗parasiga joylashtiradi.
2. Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga
chiqaradi.
3. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi.
4. Tarbiyachi va bolalar о‗rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi.
5. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi.
6. О‗rganilgan material mustahkamlanadi.
7. Bolalarning mashg‗ulot davomida olgan bilimi baholanadi.
8. О‗rganilgan material bо‗yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‗ulot
mazmuni.
Multimedia
texnologiyasidan
foydalanib
о‗tkaziladigan mashg‗ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning
uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashg‗ulotlarni kompyuter
mashg‗uloti deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg‗ulotlarning aksariyati
birlashgan mashg‗ulotlar shaklida о‗tkaziladi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, mashg‗ulot mobaynida tarbiyalanuv- chilarning
kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq о‗tirishi mumkin emasligi e‘tiborga olinishi
kerak. Kezi kelganda shuni ta‘kidlash kerakki, ―Maktabgacha yoshdagi bolalar
46
ta‘lim–tarbiyasiga qо‗yilgan Davlat talablari‖da ham bolaning kompyuterda
shug‗ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material
о‗tib bо‗lingach, 15-20 daqiqali oraliq (dam olish) bosqichi о‗tkaziladi.
13
Ushbu oraliq (dam olish) bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini
hisobga olib, kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‗ulot о‗tkaziladi.
Kompyutersiz о‗tkaziladigan ushbu oraliq mashg‗ulotlarda, mavzuga tegishli
og‗zaki savol-javoblar, topishmoqlar, turli mazmundagi о‗yinlar, amaliy tadbirlar
(masalan, qaychi bilan harflar qirqish, qog‗ozda 5 gacha raqamlarni yozishga
о‗rgatish) о‗tkaziladi. Shuningdek, she‘r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar
bajariladi. Jumladan, kо‗z toliqishini bartaraf etuvchi kо‗z gimnastikasi – bir necha
daqiqa davomida kо‗zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat
nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan sо‗ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‗ulot
davom ettiriladi. Shunday qilib, MTMlaridagi kompyuterli mashg‗ulotlar, oraliq
bosqichdagi materiallar bilan birga birlashgan mashg‗ulotlar sirasiga kiradi.
Ta‟lim metodlari. Kompyuterli ta‘limda ham pedagogikaning namoyish
etish va amaliy usullaridan foydalangan holda, MTM bolalariga yangi materiallarni
о‗rgatish jarayonida bevosita dialog metodidan foydalaniladi.
Yangi materialni о‗rgatishga qaratilgan kompyuter ishtirokidagi bevosita
dialog metodi – maxsus dasturlar asosida tayyorlanib, kompyuter xotirasiga
kiritilgan materiallar va didaktik vositalar orqali amalga oshirilgan mashg‗ulotlarga
tatbiq etiladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga
tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va
boshqa xususiyatlarini e‘tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan
foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini о‗ynaydi.
Kompyuter ishtirokidagi dialogli metodning sxemasi 2.1-rasmda keltirilgan.
1
13
Белошистая А.В. Математическое развитие ребёнка в системе дошкольного и
начального образования. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук. -М.: 2004. -43с.
3
4
47
2
1- rasm. Kompyuter ishtirokidagi dialog metodining sxemasi
Sxemada 1 va 2-chiziqlar tarbiyachi va tarbiyalanuvchi о‗rtasidagi dialogni
bildiradi. 3-tarbiyachining kompyuterga kiritgan multimediali materialini va uni
boshqarishini, 4-tarbiyalanuvchilar tomonidan yangi va о‗tilgan mashq
(material)larni mustaqil bajarishlari va test savollariga javob berishlarini bildiradi.
Bolalar
tomonidan
material
mustaqil
о‗rganilgan (yoki mustaqil
takrorlangan)da, mashqlar mustaqil bajarilganda, kompyuter о‗yinlari amalga
oshirilganda kompyuter ishtirokidagi bilvosita dialog (virtual axborot muhitida
kompyuter bilan dialog) metodidan foydalaniladi [20].
Virtual axborot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining
algortmi:
1. Bola dasturda kо‗rsatilgan tugmachalardan topshiriqqa mosini tanlaydi.
2. Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga – topshiriq, savol, mashqni bajarish
yoki о‗yinni bajarishni buyuradi.
3. Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
4. Kompyuter topshiriq bajarilishining tо‗g‗ri yoki notо‗g‗riligini bildiradi.
5. Notо‗g‗ri bо‗lsa, takroriy bajartiradi.
6. Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qо‗ygan vazifalarni,
о‗yinlarni takror-takror bajarib, maqsadiga erisha oladi, chunki kompyuter -
―bag‗ri keng‖ va ―toqatli, sabrlidir‖. Bola xato qilgan taqdirda ham xatoni о‗zi
tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar kompyuterda
mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo tarbiyachi nazoratida
bо‗ladi.
48
Relaksatsiya vaqtini aniqlash: Multimediali kompyuterli ta‘limni amalga
oshirish jarayonida relaksatsiya (bola kompyuterda ishlagandan keyingi barcha
toliqishlarni, jumladan kо‗z toliqishini bartaraf etish) vaqtini aniqlash va unga
rioya qilish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.
Relaksatsiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga qarash
davomiyligiga bog‗liqdir.
Relaksatsiya vaqti:
1) monitor ekraniga uzlukli (diskret ravishda vaqti-vaqti bilan) qaraganda
2) 15 daqiqa davomida uzluksiz qaraganda farqlanadi.
Mashg‗ulot о‗tkazishda bevosita dialog metodidan foydalanish birinchi holga
tо‗g‗ri keladi, ya‘ni bu metodda bola monitor ekraniga uzlukli qaraydi.
15 daqiqali uzlukli holatdagi relaksatsiya vaqti sо‗rov orqali quyidagicha
aniqlandi:
1.
Bevosita dialog asosida о‗tkazilgan mashg‗ulotda 15 daqiqa uzlukli
monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq (―Sichqoncha‖ va
klaviatura kabellarining uzunligi masofasida) joylashgan holda bolalarning 95 foizi
15-20 daqiqadan sо‗ng toliqishlari yо‗qolganini bildirdilar.
1 jadval
Mashg„ulot turlari bо„yicha relaksatsiya vaqtining davomiyligi
№ Mashg„ulot turi
Bosqichlari
(daqiqa)
Relaksatsiy
a vaqti
Umumiy
davomiyligi
Metodlari
1.
Yangi bilim
beruvchi
1-b. 15
daqiqa 2-b.
15 daqiqa
15-20 daqiqa
30 daqiqa
Bevosita
dialog
2.
Ekologik ta‘lim
1-b. 15
daqiqa 2-b.
15 daqiqa
15-20 daqiqa
30 daqiqa
Bevosita
dialog
3.
Mustaqil ish
1-b. 15
daqiqa
5-6 soat
-
Bilvosita
dialog
49
4.
Kompyuterli
о‗yin
1-b. 15
daqiqa
5-6 soat
-
Bilvosita
dialog
5.
Test о‗tkazish
1-b. 15
daqiqa
5-6 soat
-
Bilvosita
dialog
Shuning uchun, ushbu tadqiqot ishida bevosita dialog metodidan
foydalanilganda mashg‗ulotlar orasidagi relaksatsiya bosqichini 15-20 daqiqa qilib
olindi.
Bolalar kompyuterda 15 daqiqa davomida uzluksiz mustaqil ishlagan holda 6
soatdan sо‗ng toliqishlari yо‗qolganini bildirdilar. Shuning uchun, bu holda
relaksatsiya vaqti kamida 5-6 soat bо‗lishi kerak (2.1 jadval).
Shunday qilib, relaksatsiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga
qarash davomiyligiga bog‗liqdir.
Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyacining ta‘lim-tarbiya berish
metodikasini baën qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e‘tibor berish kerak:
1) agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib
borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bо‗lib qoladi.
2) agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni tahlil
etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta‘lim jarayonini aks ettirib, multimedia
texnologiyasiga aylanadi.
Shuning uchun, MTMlar sharoitida kompyuterlardan ta‘lim-tarbiya
jarayoniga foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi о‗rtasidagi dialog texnologik haritaga
kiritilgan reja asosida olib boriladi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bо‗lsa, mashg‗ulot frontal
ravishda, bitta bо‗lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda о‗tkaziladi.
Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan
savolga tо‗g‗ri javob bera olmasa, ikkinchisidan sо‗raladi. Agar MTMlarda
proyektor va ekran (yoki elektron doska) bо‗lsa, tarbiyachi mashg‗ulotni
―kompyuter-elektron doska‖ usulidan foydalanib olib boradi. Bu holda (MTMda
bitta kompyuter bо‗lgan hol) kompyuter xotirasidagi о‗rganiladigan material
50
elektron doskaga chiqarilib tarbiyachi guruhning barcha bolalari bilan muloqotda
bо‗ladi. Mashg‗ulot davomida о‗rganiladigan materialning har bir bо‗lakchasini
tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining о‗zi xulosalab boradi.
Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati
asosida tarbiyalanuvchilarning о‗zlari mustaqil bajaradilar va о‗zlarining
kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar.
Kompyuter-an‘anaviy
mashg‗ulotlarda
foydalaniladigan
tarqatma
materiallarni о‗rnini bosa oladi. Masalan, an‘anaviy usulda harflar va raqamlar
tarqatma material sifatida karton qog‗ozdan tayyorlanib kelinadi. Multimedia
texnologiyasida esa, ular monitor ekranida tayyor holda kо‗rsatiladi. Odatdagi
mashg‗ulot qо‗llanmasi о‗rnini elektron qо‗llanma bosa oladi [126].
15-20 daqiqali ikkinchi bosqich (dam olish bosqichi)dan sо‗ng, uchinchi
bosqichda birinchi bosqichda kompyuterdan foydalanib, о‗rganilgan mate-riallar
savol-javob asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari
baholanadi. Mashg‗ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tarbiya-lanuvchilarga uyga
beriladigan topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bо‗lishi
maqsadga muvofiq. Masalan, hovlidagi daraxtlarni sanab kelish, qaychi yordamida
qog‗ozdan uchburchak, tо‗rtburchak shakllarini, ―A‖ harfini yasab kelish kabi
topshiriqlar beriladi.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib mashg‗ulot о‗tkazishda analogiya
metodidan foydalanish samarali natija beradi. Masalan, kompyuterning tashqi
qurilmasini о‗rganishda televizor bilan taqqoslab tushuntirish mumkin.
Kompyuterda yozuv ishlarini amalga oshirish mexaniq yozuv mashinasi bilan
taqqoslanadi.
Sonlarning katta-kichikligi о‗rganilayotganda 1000 sо‗mlik pulning miqdori
kattami yoki 500 sо‗mlik pulning miqdori kattami deb sо‗ralsa, 6-7 yoshli bolalar
ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar.
Buyumlarning uzunlik-о‗lchovini о‗rganishda ―Ukangning bо‗yi balandmi
yoki sening bо‗ying balandmi?‖, – deb savol qо‗yilsa, tarbiyalanuvchilarga
51
tushunchaning mohiyati tezda ayon bо‗ladi. Yoki ―Bir qavatli uy balandmi, ikki
qavatli uy balandmi?‖, - deb savol qо‗yish mumkin.
Multimedia
texnologiyasidan
foydalanilgan
mashg‗ulot (kompyuterli
ta‘lim)da slayd, taqdimot va boshqa kо‗rgazmali vositalar tayyorlash va misollar
tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bо‗lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy-
rо‗zg‗or anjomlaridan, shuningdek, oiladagi kundalik jarayon va hodisalardan
foydalanish kerak.
Masalan,
10
soni
ichida
ayirish
amalini
bajarishda
tarbiyachi
tarbiyalanuvchidan ―Onang senga 10 ta konfet berdi, shundan uchtasini ukangga
berding. О‗zingda nechta konfet qoldi?‖,- deyilsa, kundalik turmushida uchrab
turadigan masala bо‗lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin
monitor ekraniga chiqarilgan 10 ta ‖buyum‖dan 3 tasi ayirilsa, nechta ―buyum‖
qolishini aytib beradi.
Mashg‗ulotning texnologik haritasi. MTMlarning maktabga tayyorlov
guruhlarida mashg‗ulotlar garchi dars shaklda о‗tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki
bu mavzu materiali bо‗yicha о‗ziga mashg‗ulotning texnologik haritasini tuzib
olishi kerak. Haritada mashg‗ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg‗ulot
mazmuni, mashg‗ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kо‗tiladigan natijalar,
kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak (5-ilova).
Kompyuterli mashg‗ulotdan faqat MTMlarining maktabga tayyorlov
guruhlari(6-7yosh)da emas, balki о‗rta guruhlarda ham foydalanish mumkin.
Bunday guruhlarda kompyuter ekraniga tarbiyachining izohi bilan turli qiziqarli
tarbiyaviy о‗yinlar yoki bolalarning kundalik hayotiga doir kо‗rgazmalarni
namoyish etish ham qо‗l keladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim-tarbiyasiga
qо‗yiladigan Davlat talablarida maktabga tayyorlov guruhi bolalarini savod
chiqarishga tayyorlash, elementar matematik bilim berish va atrof-olamni
о‗rganish, ta‘lim о‗yinlari yо‗nalishlari bо‗yicha quyidagilar qayd etilgan: nutq
о‗stirish bо‗yicha nutq-tovush madaniyatini shakllantirish, ijodiy hikoya qilish,
nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish, lug‗atini boyitishni jadallashtirish,
matematika bо‗yicha son va sanoq, miqdor (kattalik), shakllar, fazoviy tasavvurlar,
52
vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta‘limiy о‗yinlar bо‗yicha rangni top (ranglarni
tо‗g‗ri ajratish), shaklni top (doira, kvadrat, uchburchak va boshqa shakllar),
halqalarning shakli va ranglari bо‗yicha о‗yinlar, ekologiyaga oid о‗yinlar va turli
xil an‘anaviy rivojlantiruvchi о‗yinlar, tabiat bilan tanishtirish bо‗yicha gulzorga
ekskursiya, paxta dalasiga sayohat, kabutar singari qushlarni kuzatish, ularning
xususiyatlari va farqi, havo va uning xossalari bilan tanishtirish, suv va uning
xususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.
Tarbiyalanuvchilarning bilimini baholash mezoni. Baholash – ta‘lim
jarayonining ma‘lum bosqichida о‗quv maqsadlariga erishilgan darajasini oldindan
belgilangan mezonlar asosida о‗lchash [11], natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan
iborat jarayondir.
MTMlarining maktabga tayyorlov guruhi bolalarining bilimlarini aniqlash,
beshta: ya‘ni о‗quv maqsadlariga asoslanganlik, haqiqiylik, haqqoniylik,
ishonchlilik va qulaylik kabi tamoyillariga asoslanadi. MTM tarbiyachisi
(pedagogi) bolalarning bilimini baholash jarayonida baholash tamoyillarini
hisobga olishi shart.
Dissertant tomonidan MTM bolalarining bilimini baholash mezoni va undan
foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan [27]. Quyida uni amalga oshirish usuli
keltiriladi.
MTMlarida 3 balli baho tizimidan foydalaniladi. MTMlarida multimediali
kompyuterli ta‘limda bolalarning yoshi, rivojlanish darajasi va psixologiyasini
hisobga olib, о‗tilgan materiallarni baholashda uchta test savoli qо‗yiladi. Bu
yoshdagi bolalarga beshta savol qiyin bо‗lishi mumkin. Buni hisobga olgan holda
testga uchta savol qо‗yib, uch balli tizimda baholanadi.
Tarbiyalanuvchilarning bilim darajalarini aniqlash mezoni quyidagicha:
о‗rganiladigan material turi (yо‗nalishi)ga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi
dasturli о‗yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol
tariqasida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Tarbiyalanuvchilarga tо‗g‗ri javobni
aniqlash topshiriladi va ularning bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter
53
xotirasiga kiritilgan mashg‗ulot mavzusiga oid amaliy topshiriqlarni bajarish
orqali aniqlanadi.
Agar tarbiyalanuvchi kompyuterda berilgan variantdagi uchta topshiriqdan
barchasini tо‗g‗ri bajarsa, u holda unga ―a‘lo‖ bahoni ifodalaydigan 3 ball
qо‗yiladi. Agar berilgan variantdagi ikkita topshiriqni tо‗g‗ri bajarsa, u holda
―yaxshi‖ bahoni ifodalaydigan 2 ball qо‗yiladi. Agar berilgan variantdan bitta
topshiriqni tо‗g‗ri bajarsa, u holda tarbiyalanuvchiga ―qoniqarli‖ bahoni
ifodalaydigan 1 ball qо‗yiladi. Agar berilgan variantdagi topshiriqni tо‗g‗ri
bajara olmasa, u holda hech qanday ball qо‗yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi
tarbiyalanuvchi bilan qо‗shimcha shug‗ullanib, uning bilim darajasini aniqlash
uchun qayta testga qо‗yishi kerak. Baho mezoni tо‗g‗risida tо‗la ma‘lumot [27]
adabiyotda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |