4.2. Limfa tarkibi, u bilan bog„liq kasalliklar
Limfa ishqoriy muxitga ega bo‗lgan suyuqlik. Uning rN i 7,35-9,0 atrofida.
Turli a'zolarda limfa hosil bo‗lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan ko‗p
jigarda hosil bo‗ladi. A'zolarning 1 kg massasiga hisoblanganda bir kechayu-
kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda 5-18 ml, taloqda 3-12 ml, skelet muskullarida
2-3 ml limfa hosil bo‗ladi. Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari
orqali qonga 1000-3000 ml limfa okib tushadi.
Turli a'zolarda hosil bo‗ladigan limfa tarkibida ularning modda
almashinuviga bog‗liq farq bor. Masalan, jigar limfasi oqsilga boy, ichki sekretsiya
bezlarilan olingan limfa tarkibida gormonlar uchraydi. Ochlikda yirik limfa
tomirlaridan olingan limfa deyarli tinik bo‗lib, yog‗lar oz bo‗ladi, yog‗li ovqat
iste'mol qilgandan 4-5 soat o‗tgach yig‗ilgan limfa yog‗ga boy bo‗lib, sutga
o‗xshab qoladi.
Qon va to‗qima suyuqligidan limfa oqsillar miqdori bilan farqlanadi. Kukrak
limfatik tomirlaridan olingan odam limfasida oqsillarning umumiy miqdori
plazmadagi oqsillarning 60% ini tashkil qiladi. Limfadagi albuminlar miqdori
64
globulinlarnikidan ko‗p. Limfada fibrinogen va protrombin bor. Shu sababdan u
10-15 minutda ivib qoladi.
Limfada uchraydigan hujayralar miqdori limfa tugunlaridan o‗tgan –
o‗tmaganiga bog‗liq. Xali limfa tugunidan o‗tmagan periferik limfada oz miqdorda
limfotsitlar uchraydi. Bir – ikkita limfa tugunidan o‗tgan oralik limfada limfotsitlar
soni bir necha marta oshadi. Venalarga quyiladigan markaziy limfaning 1mm3 da
2000 – 20000 limfotsit uchraydi. Markaziy limfada hujayralar soni limfa
tugunlarida rivojlanib, yetilgan limfotsitlar hisobiga ko‗payadi. Limfada hazm
tizimining gidrolitik fermentlari va gormonlarini ham uchratish mumkin.
Limfa va turmushda ortirilgan limfa tizimi kasalliklari bo‗lishi mumkin.
Tug‗ma limfa kasalliklar biror a'zo yoki tananing bir qismida limfa tomirlari
sonining kamligi yoki butunlay bo‗lmasligi kiradi. Bunday kasalliklar, ko‗pincha
funksional va anatomik o‗zgarishlarga sabab bo‗lib, yoshligidayoq bolalalarning
mehnat qilish qobiliyatini yo‗qolishiga olib keladi.
Limfa tugunlarining yallig‗lanishi (limfadenit), limfa tomirlarining devorlari
yallig‗lanishi (limfangit) va boshqalar limfa tizimining turmushda orttirilgan
kasalliklariga kiradi.
Limfa tugunlari limfa oqimi bilan tushgan kasallik qo‗zg‗atuvchi
mikroblarni tutib qolib, to‗siq funksiyasini bajaradi. Limfa tuguniga tushgan
mikroblar organizmning holati, mikrobning kasallik qo‗zg‗atish darajasiga qarab
nobud bo‗ladi yoki limfadenitga sabab bo‗ladi, ba'zan yiringli yallig‗lar paydo
bo‗lishi mumkin. Kasalliklaning kechishiga qarab o‗tkir yoki surunkali limfadenit
farq qilinadi.
Limfagranulamatoz (donachali o‗sma) – limfa to‗qimasida uchraydigan
xavfli o‗smada, asosan limfa tugunlari va ichki a'zolari zararlanadi. Birinchi marta
ingliz vrachi T.Xojkin 1832 yilda tavsif etganligi uchun Xojkin kasalligi deb ham
ataladi. Hamma yoshlardagi (ayniqsa, 20–35 yoshar va 50 yoshdan oshgan)
odamlarda uchraydi
65
Хулоса
Ushbu bajarilgan bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi xulosalarga
kelindi:
Ichki muhit suyuqliklari organizmda normal fiziologik jarayonlarni
borishida eng muhim o‗rin egallaydi. Ichki muhit suyuqliklariga qon, limfa,
to‗qima suyuqligi, bo‗g‗imlar va boshqa maxsus a'zolar bo‗shlig‗ini to‗ldirib
turuvchi hamda tananing turli qismlarida ishlab chiqariladigan biologik
suyuqliklar kiradi.
2. Organizmda mavjud ichki muhit suyuqliklarini 2 ta qismga ajratish
mumkin, bularga intravazar va ekstravazar muhitlar kiradi. Ularni bir-biriga
qo‗shilib ketmasligi uchun maxsus to‗siqlar mavjudligi aniqlangan, bular
gistogematik, gematoensefalik va gematokoxlear to‗siqlardir.
3. Ichki muhit suyuqliklari ichida qon eng muhim suyuqlik bo‗lib, ular
organizmda bir qancha vazifalarni bajaradi: bularga nafas oldirish,
oziqlantirish, ekskretor, kreatorlik, boshqaruvchanlik, haroratni boshqarish,
gomeostatik faoliyat va himoya funksiyalari kiradi. Qon ikkita tarkibiy
qismdan iborat: qon plazmasi va uning shaklli elementlari (hujayralari).
4. Inson organizmidagi ichki suyuqliklari ichida yana bir muhim
suyuqlik bu–limfa. U qon tizimining tarkibiy qismi bo‗lib, ulardan farq qilib,
hujayralararo bo‗shliqdan boshlanib, kichik limfa kaipllyarlariga, ulardan
limfa tugunlariga boradi, undan keyin yirik limfa tomirlariga birlashib, so‗ng
vena tomirlariga quyiladi. Ya'ni, limfa tizimi bir tomonga qarab
harakatlanadi.
5. Limfa suyuqligi ishqoriy muhitga ega bo‗lib (7,35-9,0 oralig‗ida),
tana a'zolarida turlicha miqdorda hosil bo‗ladi. Jumladan, 1 kg massasiga
66
hisoblanganda, bir kecha-kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda 5-18 ml,
taloqda 2-12 ml, skelet mushaklarida 2-3 ml limfa suyuqligi hosil bo‗ladi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |