3.3.1. Leykotsitopoez jarayonining mohiyati
Sxematik ravishda leykotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o‗zak hujayra –
mielopoezning boshlang‗ich hujayrasi – mieloblast – promielotsit – mielotsitlar –
metamielotsitlar – tayoqcha yadroli leykotsitlar – yetuk yoki segment yadroli
leykotsitlar.
Mieloblast – granulotsitopoez protsessida morfologik jihatdan aniqlanishi
mumkin bo‗lgan eng yosh hujayra. O‗z tuzilishi jihatidan mieloblastlar
differensiallashmagan blastlarga o‗xshab ketadi.
Mieloblastlar elektron mikroskopda ko‗rilganda ularning sitoplazmasi erkin
holda yotgan ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, stoplazmada kam sonli
dumaloq mitoxondriyalar va dag‗al endoplazmatik tur borligi kuzga tashlanadi.
58
Golji kompleksi ba'zi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo‗lib, yadroga
yaqin yerda joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda Yangi hosil bulayotgan,
kattaligi taxminan 0, 5 – 0, 8 mkm keladigan donachalarni uchratish mumkin.
Promielotsitlar
–
donador
leykotsitlarning
takomillashishida
mieloblastlardan keyin keladigan hujayra bosqichidir. Promielotsitlar kattaligi 12 –
18 mkm bo‗lgan hujayralar bo‗lib, sitoplazmalarida morfologik jihatdan bir –
biridan tubdan farq kiluvchi donadorlik paydo bo‗lishi tufayli uch alohida turga –
neytrofil, bazofil va eozinofil promielotsitlarga bo‗linadi.
Neytrofil promielotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning
sitoplazmasi Romanovskiy usuli bilan buyalganda kuk binafsha tusni oladi va turli
xil donadorlikka ega bo‗ladi. Kattaligi har – xil bo‗lgan donachalarni asosan ikki
gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil donachalar yirikroq bo‗lib, o‗z buyalish
xususiyatlari bilan azurofil donachalarga uxshaydi. Bu donachalar promielotsit
bosqichida ko‗pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil hujayralarning
rivojlanishi davomida kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va
maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida promielotsitlar sitoplazmasida ko‗p sonli
kengaygan endoplazmatik tur kanalchalari, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi
borligi aniqlangan. Promielotsit hujayralarining sitoplazmasida sintetik protsess,
ya'ni donadorlik shakllanishi amalga oshib, bu protsess endoplazmatik turda sintez
qilingan maxsulotlarning Golji kompleksi tuzilmalarida donachalar shakliga
kelishidan iborat. Shuni ta'kidlab o‗tish kerakki, neytrofil hujayralarida
uchraydigan birlamchi yoki azurofil donachalar asosan promielotsit bosqichida
shakllanadi.
Eozinofil promielotsitlar o‗z sitoplazmasida eozin bilan buyalgan va
neytrofil donachalariga nisbatan yirikroq bo‗lgan donachalar to‗tishi bilan ajralib
turadi. Elektron mikroskop ostida eozinofil promielotsitlar sitoplazmasida juda
yaxshi tarakkiy etgan endoplazmatik tur va Golji kompleksi borligi dikkatni
tortadi.
Golji
kompleksi
tuzilmalarida
xudi
neytrofil
promielotsitlarda
ko‗rilganidek donachalar shakllanishi protsessining turli bosqichlarini uchratish
59
mumkin. Promielotsitlar sitoplazmasida eozinofil donachalar bir xil tuzilishga ega
bo‗lmay, ularni asosan ikki xilga ajratish mumkin. Donachalarning bir qismi
yumalok yoki ovalsimon bo‗lib, kattaligi 0, 8 – 1, 2 mkm keladi. Ularning asosiy
moddasi uncha zich bulmagan gomogen maxsulotlardan iborat bo‗lib, tashki
tomondan membrana bilan qoplangan. Ikkinchi xil donachalar cho‗zinchoq yoki
ellipssimon shaklga ega bo‗lib, ularning markazida yoki sal chetroqda yuqori
elektron zichlikka ega bo‗lgan tuzilmaalar ko‗rinadi. Bu tuzilmalarning shakli turli
– tuman, ya'ni trapetsiya, to‗g‗ri to‗rtburchak, kristalloid va xakozo bo‗lishi
mumkin. Ikkinchi xil donachalar tipik eozinofil donachalari bo‗lib, ularning soni
promielotsit bosqichida kamroq bo‗ladi va rivojlanishi davomida oshib boradi.
Bazofil promielotsitlar nisbatan maydaroq bo‗lib, ular sitoplazmasida yirik
to‗q kuk yoki kungir rangga buyalgan bazofil donachalar bo‗lishi bilan
harakterlanadi. Elektron mikroskop ostida bu hujayralarda Golji kompleks va
endoplazmatik turning yaxshi rivojlanganligi va hujayra sitoplazmasida donachalar
shakllanishi ko‗rinadi. Bazofil promielotsitlar donachalari yirikroq bo‗lib (kattaligi
1, 3 mkm gacha), ularning mayda zarralardan yoki lamellyar tuzilmalardan iborat
ekanligi aniqlangan. Promielotsitlar kaysi turga mansub ekanligidan kat'iy nazar,
yirik ovalsimon yoki botiqlikka ega bo‗lgan yadroga egadirlar. Yadro xromatini
mieloblastlarnikiga nisbatan ancha zichroq joylashgan bo‗lib, yadro membranasi
ostida zichlashgan qavat hosil qiladi. Mitoxondriyalar promielotsitda kam sonli va
dumaloq shaklga ega bo‗lib, ularning matriksi donador modda bilan tulib turadi.
Promielotsitlardan mielotsitlar hosil bo‗ladi.
Mielotsitlar biroz maydaroq bo‗lib (10 – 17 mkm), ular ham xuddi
promielotsitlar singari o‗z sitoplazmasidagi donadorlikning tuzilishi va buyalish
xususiyatlariga kara buch turga – neytrofil, eozinofil va bazofil mielotsitlarga
bo‗linadi.
Neytrofil mielotsitlar sitoplazmasi promielotsitlarga nisbatan ancha sust
bazofil buyalib, Romanovskiy usulida kuk- kizgish tusda bo‗ladi.
60
Elektron mikroskopik va sitoximik tekshirishlar odamning suyak kumigidagi
neytrofil mielotsitlarida asosan ikki xil donachalar mavjudligini va bu donachalar
uzaro fermentativ xossalari bilan farqlanishini ko‗rsatadi. Neytrofil mielotsitlarda
ham promielotsit bosqichidagi kabi yaxshi tarakkiy etgan endoplazmatik tur va
Golji kompleksi joylashgan bo‗lib, bu hujayrada aktiv ravishda ikkilamchi
donachalar hosil bo‗lishi amalga oshayotganligidan dalolat beradi.
Eozinofil va bazofil mielotsitlar asosan, ularning sitoplazmasidagi
donadorlikni mustasno etganda neytrofil mielotsitlardan deyarli farq qilmaydi.
Eozinofil mielotsitlar sitoplazmasini sariq – kizgish donachalar to‗ldirib, bu
donachalarning ultrastrukturasi promielotsitlar bosqichidagidek bo‗ladi. Faqat
shuni qayd qilish kerakki, mielotsit bosqichida o‗zida kristalloid tuzilma
saqlaydigan tipik eozinofil donachalarning miqdori ancha ko‗paygan bo‗ladi.
Bazofil mielotsitlarning donachalari yirik bo‗lib, elektron mikroskopda
ularning plastinkasimon yoki donador tuzilishga ega ekanligi va tashki tomondan
kalinligi 5 – 6 km keladigan membrana bilan qoplanganligi aniqlangan.
Bazofil mielotsitlarda endoplazmatik tur va Golji kompleksi neytrofillarga
nisbatan sustroq rivojlangan.
Granulotsitlarning rivojlanishi davomida, ya'ni ular yosh metamielotsit va
tayoqcha yadroli leykotsit bosqichiga o‗tganida yadro va hujayra sitoplazmasida
ma'lum o‗zgarishlar ro‗y berib, bu o‗zgarishlar granulotsitlarning ko‗rsatilgan uch
turi uchun ham umumiydir. Metamielotsit bosqichida yadroning shakli o‗zgaradi –
unda botiqlik paydo bo‗lib, bu botiqlik yadroga takasimon shaklni beradi. Shu
bilan birga yadro xromatini zichlashadi va xromatin ipchalari yo‗g‗onlashib
dag‗allashadi.
Elektron
mikroskopda
ko‗rilganda
metamielotsitlarda
hujayra
organellalarining reduksiyasiga (ya'ni teskari tarakkiyotiga) yuz tutganligini
ko‗rish mumkin. Endoplazmatik tur va Golji kompleksi kam sonli bo‗lib qoladi.
Bu xoll metamielotsitlar bosqichiga kelibhujayrada donadorlik hosil bo‗lish
protsessining ancha sustlashganligidan yoki butunlay to‗xtaganidan darak beradi.
61
Sitoplazmaning asosiy qismini donadorlik to‗ldirib, bu donadorlikning tuzilishi
neytrofil, eozinofil va bazofil metamielotsitlarning har – biri o‗ziga xosdir.
Takomillashish davomida yadrodagi botiqliklar chuqurlashib boradi va
yadroni alohida bir- biri bilan ingichka qismlar orqali bog‗lanadigan bo‗laklarga
bo‗ladi va natijada yetuk yoki segment yadroli granulotsitlar hosil bo‗ladi.
Granulotsitopoez jarayoni davomida yosh hujayralar – promielotsitlar,
mielotsitlar mitoz yo‗li bilan bo‗linib ko‗payadi. Metamielotsit va tayoqcha yadroli
granulotsitlar bo‗linish qobiliyatini yo‗qotgan hujayralardir. O‗zak hujayralardan
yetuk granulotsit hosil bulgunicha taxminan 7, 5 – 11, 5 sutka vaqt ketadi. Voyaga
yetgan granulotsitlar darxol qonga chikmay, suyak kumigida 2 – 3 sutka ushlanib
qoladi va sungra sinusoid kapillyarlardagi endotelial yoriqlardan qonga o‗tadi.
62
Do'stlaringiz bilan baham: |