1.2. Xabarlar va signallar
Axborot – bu har xil fizik jarayonlar, tarixiy hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotdir. Axborotni uzatish uchun
uni ma’lum bir shaklga keltirish lozim, (masalan: matn, jadval, grafik, rasm, harakatdagi tasvir va boshqalar).
Bunday shakllanish natijasida axborot xabarga aylantiriladi. Xabarni birinchi fazoviy nuqtadan ikkinchi nuqtaga
uzatish uchun uni biror bir fizik jarayonga yuklashimiz, ya’ni signalga aylantirishimiz lozim.
Signal – deb, biror bir fizik jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda
o‘zgarishiga aytiladi.
Elektr signali – deb, elektr jarayonning bir yoki bir nechta parametrlarini xabarga mos ravishda
o‘zgarishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |