Lidiyada zarb qilina boshlangan, ikkinchi faraz bo’yicha, kumush tangani
Argoss podshohi Fidon kashf etgan, uchinchi farazda, tanganing yaratilishi
Eolidadagi Kima shahrining afsonaviy shohi Midasning xotini malika
Germodek nomi bilan bog’liqligi aytiladi.
Hozirgi ilmiy ma’lumotlarga ko’ra, zarb etilgan tanga miloddan avval
VIII – VII asrlarda Kichik Osiyoning Ioniy sohilidagi grek shaharlarida (bu
shaharlar o’sha davrda Lidiya hukmdorlarining tasarrufida edi) va Egina
orolida paydo bo’lgan. Umuman birinchi tanga qaerda zarb qilinganligi
to`g`risida antik olimlarning ham fikrlari turlicha. Chunonchi Gerodot va
Ksenofontlarning ma`lumotiga ko`ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar
eramizdan oldingi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.
Keyinchalik Qora dengiz bo`yidagi ko`pgina grek mamlakatlari va
davlatlaridagi yirik shaharlarda tanga pullar zarb qilingan.
Dastlabki vaqtda tangalarda, rasm – muhrlarda xilma – xil geometrik
shakllar, hayvonlar, qushlar, baliqlar, sher, tashbaqa, dengiz mushugi, boyo’g’li
va shu kabilar tasvirlanadi. Faqat oradan ancha vaqt o’tgandan keyin tangalarda
yozuvlar, miloddan avval IV asro’rtalarida hamda Aleksandr Makedonskiy
davridan boshlab podshohlar va ma’budalarning tasviri paydo bo’ldi.
1
Ртвеладзе Э.В. Древние монеты Средней Азии-Т.: Изд. литературы и искусства им.
Гафура Гуляма, 1984. стр -7.
- -
Lidiyada birinchi tangalar elektrdan – ya’ni oltin va kumushning tabiiy
qorishmasi – «oq oltin»dan, keyinchalik sof kumushdan zarb etiladi.
Mashhur podshoh Krez (miloddan avvalgi 561-546 yil) – uning ismi
behisob boyliklar ramziga aylangan – davridan keyin bimetallizmga (tilla va
kumushning birga ishlatilishi) asoslangan tanga sistemasi tatbiq etilib, bu
sistema Eronda keng tarqalgan edi.
Qadimgi tanga sistemalarida, masalan, Milet, Fokey, Egin, Yevbey
sistemalarida har bir vazn standarti uchun maxsus zarb etilgan turli
nominallar ishlatilardi. Ammo Yunonistondagi Egina shahrida, Xitoy va
Hindistonda maxsus tangalar zarb etish ham ixtiro qilindi. Ularning ko’rinishi
juda sodda bo’lib, dastlab ayrim chizgilar bilan bezatilgan, so’ngra turli
jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, baliq va xokazolarni) tasvirlashga
o’tilgan. Bunda aks ettirilgan jonzot, uning shahar tug’rosi yoki nomi bilan
hamohangligidan kelib chiqib ish tutilgan. Keyinchalik ilohlar va bazilevelar
tasviri ifodalangan tangalarni "moneta" deb nomlay boshlaganlar
1
.
Makedoniyaning gullab – yashnashi, qo’li ustun kelishi hamda
Aleksandr Makedonskiyning davlati bunyod etilishi davrida tangalar nominali
yagona normaga keltirila boshlandi. Bu vaqtda tanga zarb etishga asos qilib
Do'stlaringiz bilan baham: |