Ishlamay qolgunga qadar bajargan ishi – remont qilinadigan mashinaning ishlamay
qolishlar oralig’ida bajargan ishining o’rtacha qiymati.
Nosozlik – mashinaning (buyumning) shunday holatiki, bunda u texnik xujjatlardagi
talablarning loaqal bittasiga mos kelmaydi.
Resurs – mashinaning (buyumning) texnik xujjatlarda izoxlangan oxirgi holatga qadar
bajaradigan ishi. Birinchi remontgacha bo’lgan resurs, remontlararo resurs, belgilangan resurs
va boshqa resurslar bo’lishi mumkin.
Xizmat muddati –mashina ishlatila boshlangandan yoki kapital remont-langandan to
texnik xujjatlarda izohlangan oxirgi holatga kelguncha yoki hisobdan chiqarilgunga qadar
kalyondar ishlash davomiyligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |