Ishlamay qolish (otkaz) – mashinaning ishlash qobiliyatining buzilishidan iborat
bo’lgan hodisa.
Buzilmasdan ishlash – mashinaning biror vaqt ichida yoki qandaydir hajmdagi ishni
bajargunga qadar o’zining ishlash qobiliyatini majburiy tanaffuslarsiz saqlash xususiyati.
Chidamlilik (uzoq xizmat qilish) – mashina, agregat, uzel, tutashmaning o’zining
ishlash qobiliyatini oxirgi holatgacha saqlash xususiyati. Oxirgi holat mashinani texnik
xizmat ko’rsatmasdan yoki remont qilmasdan turib, undan foydalanish mumkin emasligi bilan
belgilanadi. Oxirgi holat texnik xujjatlarda izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |