Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


qaratilgan samarali tadbirlar tizimi



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

qaratilgan samarali tadbirlar tizimi. 
Investitsiya  loyihalarini  boshqarishda  asosiy  vazifani  bajaruvchi  investitsion 
menejerning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat bo’ladi: 
- xo’jalik sub’ektining investitsiya faoliyatini ta’minlash; 
- investitsiya strategiyasi va taktikasini belgilab olish, aniqlash va tanlash; 
- investitsiya loyihasi biznes-rejasini tuzish; 
- risklarni pasaytirish va turli qo’yilmalar daromadliligini oshirish; 
-  investitsiya  maqsadlariga  muvofiq  holda  xo’jalik  sub’ektining  moliyaviy 
holatini baholash; 
- investitsion qimmatli qog’ozlarning miqdori va sifatini aniqlash; 
- investitsion portfelni optimallashtirishga erishish; 


33 
 
- investitsion portfelning to’g’riligini ta’minlash; 
-  aniq  loyihlarning  investitsion  jozibadorligini  baholash  va  tanlash  olishni 
prognozash; 
- investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni amalga oshirish; 
-  aniq  investitsiya  loyihasining  rejalashtirilishi  va  operativ  boshqarilishini 
amalga oshirish; 
- investitsiya jarayoni muvofiqligini ta’minlash. 
Bu esa, o’z navbatida, investitsion menejerning o’ta tajribali, yuqori malakali, 
kuchli  bilimga  ega  mutaxassis  bo’lishini  talab  etadi.  Shunga  ko’ra,  u  investitsiya 
menejmenti  nazariyasi,  buxgalteriya  hisobi,  mikro  va  makroiqtisodiyot,  texnik  va 
fundamental  tahlillar  tamoyillari,  matematik  modellashtirish,  asosiy  qonunchilik  va 
me’yoriy  hujjatlar,  shu  jumladan,  soliqqa  tortishga  oid  qonunchilikni  juda  yaxshi 
bilishi  lozimdir.  Bu  menejer  loyihaga  taalluqli  axborotlarni  izlab  topish,  to’plash, 
guruhlash, ularni tahlil qilish va shu asosda biznes-reja tuzish tajribasi va amaliyotiga 
ham ega bo’lishi zarur.  
Investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi quyidagilarga asoslanadi: 
1.  Moliyaviy  nobarqarorlik  sharoitida  loyiha  bo’yicha  investitsiyalashning 
amalga oshirilishi uning samaradorligini pasaytirib yuborish xavfini kuchaytiradi. Bu 
esa, loyihadan kutiladigan samarani ta’minlashda uni boshqarishga bo’lgan ehtiyojni 
kuchaytiradi. 
Loyiha  samaradorligi  uni  baholashning  bir  qancha  zamonaviy  usullarini 
qo’llash asosida aniqlanadi. Bu loyiha boshqaruvida muhim o’rin egallaydi va uning 
natijalariga asolanib loyiha rahbari, ta’sischilar, investorlar va boshqa ishtirokchilarda 
loyihaga  tegishli  o’zgartirishlar  kiritish  yoki,  pirovardida,  undan  o’z  vaqtida  voz 
kechish yuzasidan qarorlar qabul qilish imkoniyatini tug’diradi. 
(debitorlik  va  kreditorlik  qarzdorliklarning  oshib  ketishi,  xom  ashyo  va 
materiallar  bahosidagi  o’zgarishlar,  aylanma  kapital  etishmovchiligi,  xaridorlar 
moliyaviy ahvolining yomonlashishi kabilar) 
2. Investitsiya loyihalarini boshqarish vaqt jarayoni bilan amalga oshiriladi. Bu, 
o’z  navbatida,  vaqtning  loyiha  natijalariga  ta’sirini  maqbullashtirishda  muhim  o’rin 


34 
 
egallaydi.  Pulning  vaqt  mobaynida  o’z  qiymatini  yo’qotib  borishi  investitsiya 
jarayonida  kapitalning  investor loyihadan kutgan samarani  hosil  qilishini  ta’minlash 
yo’lida  to’g’ri  va  optimal  ishlatilishini  ta’minlash  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi  va 
oshiradi. 
Investitsiyalash  bo’sh  pul  mablag’larini  jalb  qilish  evaziga  yuz  beradi 
(foydalanishdagi  kapitalni  bir  vaqtning  o’zida  boshqa  investitsiya  maqsadlarida 
ishlatib  bo’lmaydi,  jumladan,  uchinchi  shaxs  kafolatidagi  mulkni  ham).  Harakatda 
bo’lmagan  pul  resurslari  o’z  qiymatini  yo’qotib  boraveradi.  Bu  yo’qotish  aniq 
maqsadga  ega  bo’lmagan  va  samarasi  tahlil  qilinmagan  investitsiyalashda  ko’proq 
yuz  beradi.  Biroq,  turli  omillar  ta’siri  sharoitida  vaqt  o’tishi  bilan  puxta  ishlab 
chiqilgan investitsiya loyihasiga yo’naltirilgan investitsiyalashda ham kapital qiymati 
o’zgarishi yoki o’zgarishsiz qolishi mumkin. 
3.  Loyihani  amalga oshirishning  yakuniy  natijasiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  muhim 
omillardan biri inflyatsiya hisoblanadi. Bu, o’z navbatida, foiz stavkasining surunkali 
o’zgarib  borishi,  valyuta  kursining  o’zgarishi,  talab  va  taklifning  o’zgarishi, 
qonunchilikdagi nobarqarorlik (depozit va kreditlar bo’yicha foiz stavkalari, majburiy 
zaxira,  qayta  moliyalashtirish  stavkasi,  valyuta  siyosati,  bojxona  siyosati  (ichki 
bozorni ixotalash) va sh.k.) kabilar natijasida yuzaga keladi. 
4.  Turli  noaniqliklarning  mavjudligi  va  ta’siri  sabab.  Noaniqlik  omillarini 
hisobga  olgan  holda  investitsiya  loyihalarini,  jarayonlarini  samarali  boshqarishning 
zamonaviy  tamoyillari,  mexanizmlari  va  usullarini  bilish  hamda  ulardan  optimal 
foydalanish  iqtisodiyot,  iqtisodiy  tizimning  iqtisodiyo  rivojlanishning  yangi  sifatiga 
o’tish imkonini beradi. 
5.  Har  qanday  loyihaning  kuchli  va  ojiz  tomonlari  bo’lishini  hisobga  olgan 
holda  ularnin  moliyaviy  tahlil  qilish  va  diagnostika  qilish  orqali  loyihani  amalga 
oshirish  jarayonida  duch  kelinadigan  risklar,  krizisli  vaziyatdan  chiqib  ketish 
yuzasidan qarorlar qabul qilish, chora-tadbirlarni ishlab chiqish lozim bo’ladi. Bunda 
ko’riladigan  zararlardan  o’zini-o’zi  sug’urtalash  amaliyotini  kuchaytirishga  e’tibor 
qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 


35 
 
Investitsiya  loyihalarini  boshqarishda  risklar  muhim  o’rin  tutganligi  bois, 
ularni  bartaraf  etishda  o’zini-o’zi  sug’urtalash  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Mazkur 
sug’urtalashda  korxona  2  turdagi  zararni  ko’rishi  mumkin:  bevosita  va  bilvosita. 
Bevosita zarar kutilayotgan yillik yo’qotishda aks etadi. Bu kutilayotgan yo’qotishda 
tashqari  korxonada  kutilayotgan  yo’qotishni  qoplash  maqsadida  rezerv  fondiga 
mablag’lar yo’naltirilgan bo’lishi lozim. O’zini-o’zi sug’urtalashda korxona xususiy 
risklarni  saqlab  qoladi  va  uning  uchun  rezerv  fondini  tashkil  etadi.  Faraz  qilaylik, 
rezerv  fondida  ishlab  chiqarishga  investitsiyalangan  aktivlarga  nisbatan  birmuncha 
likvidli shakldagi aktivlar saqlanadi va shuning uchun ular kamroq daromad keltiradi. 
Rezerv  fondida  saqlangan  aktivlar  investitsiyalanmaganligi  sababli  ular  hisobidan 
olinadigan foyda (daromad) boy beriladi. 
Shunngdek, 
korxona 
tomonidan 
risklarni 
sug’urtalashda 
sug’urta 
kompaniyalariga  murojaat  qilish  ham  mumkin.  Ushbu  va  o’zini-o’zi  sug’urtalashda 
ham ko’riladigan zararni bir xil darajada qoplash imkoniyati mavjud.  
Risklar  sug’urta  kompaniyasi  tomonidan  sug’urtalanganida  ko’riladigan  zarar 
korxona  qiymatiga  ta’sir  ko’rsatmaydi,  sababi,  uning  o’rni  to’lanadigan  sug’urta 
qoplamasi hisobiga to’ldiriladi. Agarda korxonaning o’rtacha daromadligigi sug’urta 
xarajatlarini qoplay olmasa, u holda korxona qiymati pasayadi. 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish