Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

1.1-jadval. 
Loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanish bosqichlari 
 
№ 
Qo’llash sohasi va usullar 
Yillar 
1970  1975  1980  1985  1990  1995 
2000-
h.v. 
1  Setli rejalashtirish texnikasi 







2  Loyiha ustida ishlarni tashkil etish 
 






3  Loyihani tizimli rejalashtirish 
 
 





4  Logistika 
 
 





5  Dasturlarning maxsus paketlarini ishlab chiqish 
 
 





6  Loyihaning qayta tuzilishi usullari 
 
 





7  Funktsiyalarni tizimli boshqarish 
 
 
 




8  Tizim ostidagilarni tizimli boshqarish 
 
 
 




9  Loyihani  yopish  fazasi  va  ekspluatatsiya  fazasi 
to’g’risida tizimli tasavvur 
 
 
 




10  Maxsus, 
shu 
jumladan, 
o’ta  murakkab 
loyihalarni boshqarish 
 
 
 




11  Boshqaruvning 
ob’ektga 
yo’naltirilgan 
tuzilmasini shakllantirish 
 
 
 




12  Risklarni boshqarish 
 
 
 
 



13  Loyihalarni 
boshqarishning 
psixologik 
jihatlarini  boshqarishning  to’liq  nazariyasini 
ishlab chiqish 
 
 
 
 



14  Loyihalar 
komandasini 
shakllantirish 
metodologiyasi 
 
 
 
 
 


15  “Loyihalarni  boshqarish”  intizomi  to’g’risida 
tizimli tasavvur 
 
 
 
 
 
 

16  Loyihalarni boshqarish falsafasi 
 
 
 
 
 
 

 
Loyihalarni  boshqarish  loyihaning  mohiyatiga  ko’ra  amal  qilinishi  maqsadga 
muvofiq  sanaladi.  Bunda  loyihaning  quyidagi  alohida  belgilariga  e’tiborni  qaratish 
muhimdir: 
-  bir  qator  texnik,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  moliyaviy  va  boshqa  talablarning  bir 
vaqtning o’zida bajarilishi bilan erishilishi zarur bo’lgan aniq maqsadlar; 
-  loyihani  amalga  oshirish  jarayonida  muvofiqlashtirilishi  talab  etiluvchi 
vazifalar, operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o’zaro bog’liqligi; 
- loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash; 
- resurslarning cheklanganligi; 
-  loyiha  maqsadlarining  betakrorlik  darajasi  va  amalga  oshirilish  shart-
sharoitlarini aniqlash; 


30 
 
- turli xil kelishmovchiliklardan qocha bilmaslik. 
Iqtisodiyot  transformatsiyasi  va  xalqaro  integratsiyalashuvi,  iqtisodiyotda 
tarkibiy  va  tuzilmaviy  o’zgarishlar  tobora  kuchayib  borgan  sari  yangi  xo’jalik 
sub’ektlarining  paydo  bo’lishi,  ularning  va  mavjudlarining  kuchli  raqobat  va  turli 
omillari  ta’siri  yuqori  bo’lgan  sharoitda  yashab  qolishi  va  rivojlanishi  tobora 
murakkablashib  boraveradi.  Bu  holat  investitsiya  loyihalarini  boshqarishga  nisbatan 
bo’lgan  talab  va  mas’uliyatni  ham  yanada  oshirishga  olib  keladi,  o’z  navbatida, 
yangidan-yangi usullarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi. 
Ta’sir etishi kuchaygan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1. Buyurtmachilarning talablar va ularning mas’uliyati oshishi. 
2. Loyihalarning yakuniy mahsulotlarining xususiy murakkabligi. 
3. Loyihalarning tashqi atrof bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri (iqtisodiy, 
siyosiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy muhit). 
4. Risk va noaniqlik darajasi. 
5. Tashkiliy qayta qurish. 
6. Texnologiyalar almashuvi chastotasi. 
7. Rejalashtirish va narxni shakllantirishdagi xatoliklar va boshqalar. 
Yuqoridagi  omillarning  ta’siri  loyihalarning  bajarilish  muddati  buzilishiga, 
ortiqcha  mablag’lar  sarfiga,  talablarning  bajarilmasligiga,  oxir-oqibat,  foydaning 
kamayishi  va  zararlarning  ko’payishiga  olib  keladi.  Bunga  misol  qilib,  Sidneydagi 
opera  binosi  qurilishini  keltirish  mumkin.  Bunda  mazkur  bino  qurilishi  xarajatlari 
boshlang’ich  stema  qiymatiga  nisbatan  16  martaga  oshib  ketishi  yuz  bergan. 
Amaliyotda  minglab  loyihalarning  rejalashtirilgan  xarajatlar  va  muddatlari  bo’yicha 
buzilishi  natijalari  va  sabablari  yuzasidan  ko’plab  tadqiqotlar  olib  borilgan.  Bunga 
quyidagi jadvalda keltirilgan tadqiqotlar natijalarini misol qilib keltirish mumkin. 
Loyihada ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslik va unga sabab bo’lgan omillar 
ta’siri oqibatini bartaraf etishda, odatda, an’anaviy usullardan, jumladan, rahbariyatni 
almashtirish,  buyruqbozlikni  kuchaytirish  asosida  boshqaruvni  yo’lga  qo’yish  kabi 
usullardan  foydalanilganlik  holatlari  amaliyotdan  bizga  ma’lum.  Biroq,  bunday 
boshqaruv usullari loyihalarning samarali amalga oshirilishi, yakunlanishida maqbul 


31 
 
usullardan  emasligi  amalda  o’z  isbotini  ko’rsatdi.  Shu  sababdan  loyihalarni 
boshqarishda yangicha, loyiha samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan 
tanlangan, o’z ustuvorligiga ega usullardan foydalanishga bo’lgan talab orta bordi.  
Umuman  olganda,  investitsiya  loyihalarini  boshqarishning  zarurligi  va  uni 
qo’llashning dolzarbligini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin: 
1. Investitsiya loyihalarini boshqarish usullarining paydo bo’lish sabablari: 
- loyiha tushunchasi; 
-  jamiyatda,  korxona  va  tashkilotlarda  faoliyatning  loyihaviy  shakllari 
kengayishi; 
-  hajmi,  tuzilishi,  qiymati,  vaqti,  atrof-muhit  va  jamiyatga  ta’siri,  risklarning 
ortishi bo’yicha investitsiya loyihalarining murakkablashishi; 
- an’anaviy tashkiliy shakllarning qanoatlantirmasligi; 
- turli kelishmovchilik va muammolar sonining ortishi; 
- samarasiz, omadsiz loyihalarning qo’llanilish holatlari. 
2.  Investitsiya  loyihalarini  boshqarishni  qo’llashning  dolzarblik  kasb  etishi  va 
uning ortib borishi. 
3. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muqobillari yuzaga kelishi. 
4.  Investitsiya  loyihalarini  boshqarishning  mohiyatini  o’rganishga  bo’lgan 
talabning ortib borishi: 

maqsadning 
natijaga 
qaratilganligi. 
Huquq 
va 
majburiyatlarning 
ravshanlashib borishi; 
- matritsali tashkil etish; 
- kelishmovchilik va muammolardan ogohlantirish; 
-  investitsiya  loyihalarini  boshqarishni  omadli  qo’llashga  misollarning 
mavjudligi. 
Shunga  muvofiq,  investitsiya  loyihalarini  boshqarish  usullari  quyidagilarni 
ta’minlashi lozimligi muhim hisoblanadi: 
- loyiha maqsadini aniqlash va uning asoslanishini amalga oshirish; 
-  loyihaning  tarkibiy  tuzilishini  aniqlash  (maqsad  yo’nalishlari,  bajariladigan 
ishlarning asosiy bosqichlari); 


32 
 
- loyihani moliyalashtirishning zaruriy hajmi va manbalarini aniqlash; 
- ijrochilarni aniqlash, jumladan, konkurs va tender jarayonlari orqali aniqlash; 
- shartnomalarni tayyorlash va rasmiylashtirish; 
-  loyihani  bajarish  muddatini  aniqlash,  uni  amalga  oshirish  garfigini  ishlab 
chiqish, zaruriy resurslarni hisoblab chiqish; 
- loyiha smetasi va kapital byudjetini hisoblab chiqish; 
- risklarni rejalashtirish va hisoblash; 
-  loyihaning  bajarilishi  ustidan  muntazam  nazoratni  ta’minlash  va  boshqa 
ishlar. 
Yuqoridagilarga  asoslanib,  investitsiya  loyihalarini  boshqarishning  quyidagi 
mazmunini  keltirib  o’rinlidir:  “investitsiya  loyihalarini  boshqarish  –  bu 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish