216
o’z kompaniyasining odamlariga birinchi navbatda lavozimlarga ko’tarish;
erishilgan natijalarni rivojlantirishdan faxrlanishga katta e’tibor berish;
rahbarlar bilan xodimlar o’rtasida vazifa jihatidan bo’lgan farqlanishni
kamaytirish (ular foydalanadigan alohida restoranlarni, ustunlik va imtiyozlarni
tugatish);
qulay mehnat va atrof-muhit sharoitini yaratish;
oshkora kommunikatsiyalarni rag’batlantirish;
xodimlarni boshqa ish topishga urinmasdan turib, ularni ishdan
bo’shatishning mumkin emasligi;
har bir xodimda «komanda» madaniyatini shakllantirish;
personalning korxona va tashkilot foydasida
ishtirok etishi;
xodimlar malakasini oshirish;
xodimlarning o’zi ishlaydigan kompaniyadan tashqari ishlarda ham ishtirok
etishini rag’batlantirish.
Personalni boshqarishdan inson resurslarini boshqarish sari ro’y beradigan
siljish kelgusidagi tarkibiy qayta ko’rishlar asosda yotgan sabablar, boshqaruvning
barcha bosqichlarida inson rolining ortishi o’z ta’sirini o’tkazadi, deb tasavvur qilish
mumkin. Bir tomondan, personalni boshqarish vazifasining roli ortadi,
menejmentning o’zi ancha murakkab bo’lib qoladi. Ayni vaqtda kadrlar sohasidagi
mutaxassislar korxonaning strategiyasiga muvofiq perspektiv boshqarishdan ko’ra
«qizg’in» ishlar bilan ko’proq shug’ullanadilar. Muntazam rahbarlar personalni
boshqarish sohasidagi mutaxassislardan ajralib qolganlar. Muntazam menejmentdan
asos bo’ladigan eng muhim vositalar (ish haqi, yollash, ishdan bo’shatish va shu
kabilar) olib qo’yilgan. Malakani oshirish endi birinchi darajali vazifa sifatida qarab
chiqilmaydi.
Ikkinchi tomondan, raqobat keskin tarzda ortadi, xarajatlarning kamayishiga
nisbatan tazyiq o’tkaziladi, tashkiliy tuzilmalar o’zgaradi, biznesni tashkil etish
mahsulotlar va iste’molchilar atrofida «quriladi». Shu bilan birga, faqatgina
detsentralizatsiya ortib qolmasdan gorizontal integratsiyaning zarurligi ham ortadi.
Ayni bir vaqtda xodimlar bilim va malaka darajasining roli keskin ravishda
217
kuchayadi va bu bilan mutaxassislarning iste’dodi uchun raqobat darajasi ham
kuchayadi.
Barcha sanab o’tilgan jarayonlar va tendensiyalar muqarrar
ravishda iqtisodiyot
sohasida yangi vazifa – inson resurslarini boshqarishning paydo bo’lishiga olib
keladi. Bunday holat pirovard natijada, jahon tajribasining guvohlik berishicha,
kelajakda personalni boshqarish konsepsiyasi va amaliyotini siqib chiqaradi. Mazkur
jarayonlar quyidagicha yo’l bilan ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: