Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Nazorat 
vazifalari. 
Nazorat 
vazifalari 
quyidagilardan 
iborat-loyiha 
bajarishning  holati  haqida  zarur  ma’lumotlarni  olib,  ularni  rejadagi  ko’rsatkichlar 
bilan  taqqoslash va  rejadan  chetga  chiqishni belgilash  natijasida  bitim  tuzish  xaqida 
signal deb nomlangan ishlanma tayyorlanadi. Nazorat ushbularni ta’minlashi zarur: 
- monitoringni (loyiha amalga oshirilishining barcha jarayonlarni muntazam va 
rejali ko’zatish); 
-  taqvimiy  rejalarda,  byudjetlarda,  mehnat  ashyoviy,  moliyaviy  me’yoriy 
harajatlarga  hisobiy  ehtiyojlarda  jamlangan  qator  kriteriy  va  cheklovlar  yordamida 
loyiha amalga oshirilish maqsadlaridan chetlashishlarni aniqlashni; 
- yuzaga kelgan vaziyat oqibatlarini bashoratini; 
- loyihaga o’zgartirish kiritish bo’yicha qarorni zaruratini asoslashni. 
Loyihaning  ro’yobga  chiqishi  borasida  raxbarlar  uning  ishga  tushirilishini 
doimo  nazorat  qilishadi.  Ular  loyiha  bo’yicha  qilingan  ishlar  va  uning  rejaga  mos 
kelishini  ko’rib  chiqib,  ular  orasida  jiddiy  tafovut  yo’qligini  aniqlashadi.  Loyiha 
boshqaruvida  bu  tafovutlar  chetga  chiqish  deb  ataladi.  Afsuski,  chetga  chiqish 
ko’pchilik  hollarda  ro’y  beradi.  Bizlar  hozircha  bashorat  san’atini  mukammal 
egallamaganmizki, kelajakda nima yuz berishini aniq tasavvur qila olmaymiz, kelajak 
bizning  tasavvurimizda  mavxum  tutun  xolida  ekan,  bizning  loyiha  rejalarimiz 
nomukammal bo’lib qolaveradi. 
Chetga  chiqish  darajasi  chetga  chiqishning  maqbul  darajalari  loyiha 
boshlanishidan aniqlanishi zarur. Masalan, tipovoy qurilish loyihasida maqbul chetga 
chiqish  darajasi  oz,  chunki  quruvchi  katta  ish  tajribasiga  ega  bo’lib,  qanday 
qilinganda  ishni  muddatida  va  sifatli  bajarish  mumkinligini  biladi.  Bundan  tashqari 
uylar ma’lum bir narxga quriladi (ya’ni quruvchilar o’z xizmatini ma’lum bir bahoga 
oldindan  sotishga  rozilik  berishadi).  Agar  chetga  chiqish  harajatlar  bo’yicha  juda 


162 
 
ko’payib  ketsa,  jiddiy  serharajatlarga  olib  kelib,  quruvchilar  zarar  ko’rishadi. 
Shunday  qilib,  quruvchilar  loyihadan  chetga  chiqishni  past  darajada  tutishga 
qiziqishadi. 
Tadqiqot  loyihasida  maqbul  chetga  chiqishlar  ancha  ko’p,  masalan,  20  % 
chamasini  tashkil  etishi  mumkin.  Tadqiqotlar  o’zida  ma’lum  ulush  noaniqlikka  ega 
bo’lgani tufayli, izlanishlar rejasi so’zsiz taxminiy bo’ladi. Bizlar o’z tadqiqotlarimiz 
natijasi  to’g’risida  eng  taxminiy  tasavvurga  ega  bo’lgan  xolda,  ish  yakuni  dastlabki 
takliflarimizdan katta chetga chiqishlar bo’lishiga ko’nikishimiz zarur. 
Nazorat  jarayoni  asosida  loyihaning  surilishi  xaqida  ma’lumot  to’plash  va 
ko’rib  chiqish  yotadi.  Bunday  axborot  mavjud  bo’lgan  xolda  loyiha  raxbarlarida 
navbatdagi xarakatlar va quriladigan choralarni tanlash imkoniyati bo’ladi. Masalan, 
grafikdagi rejadan orqada qolish maqbul chegaradan oshib ketsa, ular ma’lum sonli 
juda  zarur  topshiriqlarni  bajarilishini  tezlashtirishga  qaror  qilib,  zarur  qo’shimcha 
hajmdagi  mablag’  ajratishi  mumkin.  Agar  ma’lum  guruh  topshiriqlarda  ularning 
xodimlari rejadagidan 40 % kam mablag’ sarflashganini aniqlashsa, raxbarlar so’zsiz 
bu  chetga  chiqishni  taftish  qilinishiga  qaror  qilishadi,  zero  mablag’  tejalishi 
ko’pincha  ma’lum  ishlar  umuman  bajarilayotganidan  yoki  ishda  «burchaklar 
kesilayotgan» idan dalolat beradi. 
Nazoratni  boshqaruv  faoliyati  sifatida  hisob  va  statistik  nazorat  bilan 
aralashtirish  to’g’ri  emas,  shu  bilan  birga  hisobot  va  statistika  organlari  amaliyot 
uchun muhim masalalarni xal qiladi. 
Hisob  kuzatish,  o’lchash,  qayd  etish,  saqlash,  ma’lumotlarga  ishlov  berish 
bilan cheklanadi. Hisoblash vazifasiga u yoki bu kriteriylar bo’yicha chetga chiqishga 
baho berish kirmaydi. 
Nazoratning  mavzusi  dalillar  va  voqealar,  muayyan  qarorlarning  bajarilishini 
tekshirish,  chetga  chiqish  sabablarini  oydinlashtirish,  axvolni  baholash,  oqibatlarni 
bashorat qilish. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish