KAZUS JAVOBI:
Bu kazusda bayon qilingan masalaga to’htaladign bo’lsak sudyalar oli
kengashi bu sharoitda to’g’ri yo’l tutgan. Chunki O’zbekiston Respublikasi
Sudyalar Oliy Kengashi to’g’risidagi qonunning 20-moddasida ko’rsatib o’tilgan
ya’ni:
Kengash sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar
zaxirasini shakllantiradi.
Zaxiraga kiritilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
Kengashga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Mazkur ariza ikki oy ichida ko‘rib
chiqiladi.
Zaxiraga sudyalik lavozimlari uchun zarur bilimga, yetarli hayotiy tajribaga
va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan yuqori malakali yuristlar orasidan o‘ttiz
uch yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik ixtisos bo‘yicha
kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
kiritilishi mumkin.
Quyidagi shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas:
muqaddam sudlanganlar;
odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklarga yoki
jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lganlar;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilganlar;
o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun
vakolatlari oldingi ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda tugatilganlar;
sudyalik lavozimiga munosib emasligi tufayli zaxiraga kiritishni rad etish
haqida Kengash xulosasi qabul qilinganidan keyin bir yil o‘tguniga qadar zaxiraga
kiritish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganlar.
Zaxiraga kiritish sudyalik lavozimiga nomzodning ushbu Qonunda nazarda
tutilgan mezonlarga munosibligini o‘rganish va Kengash tomonidan belgilanadigan
tartibda o‘tkaziladigan imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish natijalariga ko‘ra,
Kengashning qarori bilan amalga oshiriladi.
Sudyalik lavozimiga nomzod quyidagi hollarda zaxiradan chiqariladi:
zaxiradan chiqarish to‘g‘risida o‘zi ariza berganda;
uning o‘qish natijalari qoniqarsiz baholanganda;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
unda odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklar yoki
jismoniy nuqsonlar paydo bo‘lganda;
belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilganda;
vafot etganda yoki u sud qarori bilan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
jinoyat yoki o‘zining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi boshqa
xatti-harakatlar sodir etganda;
uning sudyalik lavozimiga nomunosibligi haqida xulosa chiqarilganda.
Yuqorida aytib o’tilgan moddadan hulosa qilsak o‘z kasbiy faoliyatiga mos
kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi bo‘yicha
belgilangan tartibda tugatilganlar degan badiga duch krlamiz bundan ko’rinib
turibdiki fuqaro B.Nurmatov avvalgi ish joyida kasbiy faoliyatiga mos bo’lmagan
hatti harakatlarni amalha oshirganligi uchun, o‘tkazilgan surishtiruvga binoan 2020
yil 15 noyabr kuni Sudyalar oliy kengashi tomonidan B.Nurmatovning sudyalik
lavozimiga munosib emasligi haqida qaror qabul qilingan.
B.Nurmatovning arizasiga keladigan bolsak Kengash xulosasi qabul
qilinganidan keyin bir yil o‘tguniga qadar zaxiraga kiritish to‘g‘risida ariza bilan
murojaat qilgan shaxslar zaxiraga kiritilishi mumkin emas deb ko’rsatilganligiga
guvoh bolamiz. Bo‘sh sudyalik lavozimlari to‘g‘risidagi axborot Kengashning
rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Sudyalik lavozimiga birinchi marta
tayinlanadigan nomzodlarni ko‘rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladi.
Zaxiraga kiritilgan sudyalik lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida o‘qishni muvaffaqiyatli
tamomlaganidan keyin bo‘sh sudyalik lavozimlarini to‘ldirish uchun tanlovda
ishtirok etish to‘g‘risida bevosita Kengashga ariza berish huquqiga ega.
Sudyalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni, yangi
vakolat muddatiga yoki boshqa sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlashda
Kengash tomonidan belgilanadigan tartibda turli o‘rganish usullaridan — suhbat
o‘tkazishdan, mustaqil ekspertlar tomonidan test sinovidan o‘tkazishdan, berilgan
muammolar bo‘yicha mavzuga oid referatlar tayyorlashdan, ekspress so‘rovlardan
foydalanilishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga nomunosibligi tufayli o‘ziga nisbatan Kengashning
zaxiraga kiritish rad etilganligi to‘g‘risidagi xulosasi chiqarilgan shaxs bir yil
o‘tgach, zaxiraga kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan Kengashga takroran murojaat
qilishi mumkin.
Zaxiraga kiritish boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan shaxs rad qilish
sabablari bartaraf qilinganidan keyingina zaxiraga kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan
Kengashga takroran murojaat qilishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki
B.Nurmatov kelgusi yil yo’l qo’yilgan kasbiy kamchiliklarini bartaraf etib qayta
ariza berishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1-O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risidagi qonun
2-
https://lex.uz/