Asosiy mazmuni.
O’quvchilarda matematik bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish va
rivojlantirishda masalalar asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. Masalalarni yechish orqali
biz faqat matematikani o’qitishda ta’limiy emas balki tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
maqsadlarni amalga oshiramiz masalalar sistemasi bilim, ko’nikma va malakani
shakllantirishga qaratilgan, amaliy qo’llanmani namoiyshi uchun (ko’rsatish uchun)
yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.
Nazariy bilimlarni berishga qaratilgan masalalar sistemasi tushunchani to’la
o’zlashtirishni ta’minlashga qaratilgan, teorema va uning isbotini, qo’llanishini,
o’zlashtirishni ta’minlovchi, qoida va algoritmlarning o’zlashtirilishini ta’minlashga
qaratilgan bo’lishi mumkin.
Matematik tushunchani va uning ta’rifini o’zlashtirishga qaratilgan masalalar
sistemasini xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Masalalar sistemasida yangi matematik tushunchalarni amaliy axamiyatini
ko’rsatuvchi masalani mavjudligi.
2. Yangi tushunchani shakllantirishga yo’naltirilgan masalaning mavjudligi.
3. Tushunchaning alomatlarini ko’rsatishga yo’naltirilgan masalaning mavjudligi.
4. Tushunchani boshqa tushunchalardan ajratib olishga yo’naltirilgan masalaning
mavjudligi.
5. Tushunchani ta’riflovchi matnni o’zlashtirishga yo’naltirilgan masalaning
mavjudligi.
6. Tushunchaga bog’liq bo’lgan matematik belgilarni ishlatishga yo’naltirilgan
masalaning mavjudligi.
7. Tushunchaning xossalarini o’rnatishga qaratilgan masalaning mavjudligi.
8. Yangi matematik tushunchani qo’llanishiga qaratilgan masalaning mavjudligi.
Teoremani va uning isbotini qaratilgan o’zlashtirishga masalalar sistemasini
xususiyatlari quyidagilardan iborat bo’ladi:
1. Teoremada keltirilgan matematik faktni ochish uchun kerakli bilimlarni
zarurligini ko’rsatishga qaratilgan masalaning mavjudligi.
2. Teoremani isboti jarayonida ishlatiladigan faktlarni muximligini ko’rsatuvchi
masalalarning mavjudligi.
3. Teoremani shartida keltirilgan faktni ongli ravishda o’zlashtirishga
yo’naltirilgan xisoblashga, isbotlashga yoki yasashga doir masalaning mavjudligi.
4. Teoremani o’zlashtirishga qaratilgan masalaning mavjudligi.
5. Teorema isbotini aloxida bosqichlarini yorituvchi masalalarni mavjudligi.
6. Teoremani isboti o’zgartirilgan holda qaytariladigan masalaning mavjudligi.
7. Teoremani isbotini boshqacha yo’lini ko’rsatuvchi masalaning mavjudligi.
8. Teoremada keltirilgan shartlarga faktlarni qo’llashga yo’naltirilgan masalani
mavjudligi.
Masalalardan “muammoli vaziyatni” vujudga keltirish maqsadida ham
foydalanish mumkin.
33
Endi qoida va algoritmlarni o’zlashtirish jarayonida qo’llaniladigan masalalar
sistemasini xususiyatlari ustida to’xtalamiz.
1. O’rganilayotgan qoidani muximligini tasdiqlovchi (asoslovchi) masalani
mavjudligi.
2. Ushbu qoidani o’zlashtirish uchun kerakli bilim, ko’nikmani xosil qilishga
yo’naltirilgan masalani mavjudligi.
3. Algoritm (qoidani) alohida operatsiyalarni bajarishga yo’naltirilgan
masalaning mavjudligi.
4. Qoidani turli vaziyatlarda qo’llashga yo’naltirilgan masalani mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |