III-Binolarni energiya samaradorligini oshirish uchun “Tromb devori”
modelida o‘tkazilgan issiqlik fizik tadqiqotlar.
3.1. Issiqlik-fizik tajribalar uslubi.
Issiqlik himoyasi oshirilgan tashqi “Tromb devori” namunasida issiqlik-
fizik tadqiqotlar o‘tkazish uchun tajriba uslubi muhim ahamiyatga ega. Shu
sababli issiqlik-fizik tajribalarni o‘tkazish uchun uslub to‘g‘ri tanlab olinishi
lozim.
Issiqlik himoyasi oshirilgan “Tromb devori” modeli issiqlik-fizik tajribalarni
o‘tkazish uchun standart O‘z RST 809-97 “To‘siq konstruksiyalarning issiqlik
uzatishga qarshiligini aniqlash” va GOST 10-281 “Методика проверка
теплоизоляционних качеств и воздухопроницаемости ограждаюших
конструкций в зданиях” [ 19,21] uslublari tanlab olindi.
Sinovlar uchun ichki tomondan xonada bir xil haroratli namlikli sharoitlar
ushlab turilgan bir turdagi to‘siq konstruksiyasida kamida ikkitasi tanlab
olinadi.
To‘siq konstruksiyasi orqali o‘tayotgan issiqlik oqimining zichligini o‘lchash
uchun ГОСТ 25380 da ko‘rsatilgan “Измеритель тепловых потоков ИТП-
11 o‘lchash vositalaridan foydalaniladi [].
Birlamchi o‘zgartkichlar sifatida haroratlarni o‘lchach uchun GOST 1790
bo‘yicha xromel’, kopel’ va simlardan iborat bo‘lgan GOST 3044 bo‘yicha
termoelektrik o‘zgartkichlar (termodatchiklar) ishlatiladi. Issiqlik oqimlari
almashtirgichlar va termodatchiklar bilan ishlaydigan ikkilamchi o‘lchov
asboblari sifatida ±0.002 МB dan oshmagan o‘lchash xatoligini ta’minlay
oladigan doimiy tok potensiometri yoki millivol’tmetrlari ishlatiladi. To‘siq
konstruksiyalar ashyolarining namligini aniqlash uchun GOST 24816 da
ko‘rsatilgan o‘lchov vositalaridan foydalaniladi.
To‘siq konstruksiyasining issiqlik uzatishga qarshiligini tajriba yo‘li bilan
aniqlash uchun tayyorgarlik issiqlik oqimlari va haroratlar birlamchi
58
almashtirgichlarini joylashtirish sxemalari va sinov dasturini tuzatishdan
boshlanadi.
Sinalayotgan to‘siq konstruksiya materialining namligini aniqlash uchun
sinovlar boshlashdan oldin termik bir jinsli zonalarga pol sathidan 1.0-1.5 m
balandlikdagi devorlardan, yopmalarda shlyambur bilan namunalar olinadi.
Namunalar byukslarga solinadi va oladigan kunda analitik tarozida
o‘lchanadi.
Namunalarni doimiy massagacha quritish, ularni o‘lchash va materiallar
namligini hisoblash GOST 24816 ga muvofiq bajariladi. Termodatchiklarning
sezish elementlari sinalayotgan konstruksiya yuzaga zichlab qotiriladi.
Termodatchiklar foydalanilganda ularni 2 mm dan ortiq bo‘lmagan
chuqurchalarda o‘rnatish va sirt yuzasini elimlovchi tarkiblari bilan
bajarilinishi lozim.
Laboratoriya sharoitida to‘siq konstruksiyalarning issiqlik uzatishga
qarshiligini aniqlaganda, iqlimiy kameraning issiq bo‘linmasida havoning
hisobiy parametrlari QMQ 2.01.01-94 ga muvofiq hisobiy parametrlari
yaratiladi. Sovuq bo‘linmasida yuqoriroq haroratni ushlab turishga ruxsat
etiladi, ammo QMQ 2.01.01-94 bo‘yicha isitish davri uchun o‘rtach
haroratdan yuqoriroq bo‘lmagan holda, bunday sinovlar natijalari hisobiy
sharoitlarga qayta hisoblanadi. Iqlimiy kamera bo‘linmalarida havoning
harorati va nisbiy namligi
C
o
2
,
0
va
5
% aniqlikda avtomatik ravishda
ushlab turiladi.
Tabiiy sharoitlarda binodan foydalanilganda issiqlik uzatishga qarshilikni
aniqlash uchun tashqi va ichki haroratlari farqi oqibatida to‘siq
konstruksiyaga o‘rnatilgan haroratlar og‘ishidan foydalaniladi. QMQ 2.04.05
ga muvofiq xonaning ichki havoning doimiy haroratini ushlab turish uchun
ko‘rsatilgan asbob uskunalardan va sozlash vositalaridan foydalaniladi. Tabiiy
sharoitdagi qishning eng sovuq kunlarida tashqi va xonadagi havo
haroratlarining o‘rtacha sutkalik farqi 10
o
C dan kam bo‘lmaganda
o‘tkaziladi. O‘lchash natijalari tavsiyaviy B ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha
59
kuzatishlarning qayd qilish daftariga kiritiladi. O‘lchashlar 6 sutkadan so‘ng,
sinovlarni to‘xtatmagan holda, termik qarshilikni aniqlashda erishilgan
xatolikni o‘rnatish uchun, olingan natijalar qayta ishlanadi. Talab etilgan
aniqlikka erishilgandan so‘ng sinovlar tugatiladi.
Xonadagi ichki havoning harorati va namligini, tashqi havoning haroratini,
shuningdek issiqlik oqimlarining nazorat yozuvlarini avtomatlashtirilgan
o‘lchov vositalari bilan uzliksiz yoki qisqa vaqt oraliqlarida ( 10 yoki 20
daqiqada) bajarilishi tavsiya etiladi.
Issiqlik
oqimlari
harorati
va
zichligini
tajriba
ma’lumotlarini
avtomatlashtirilgan yig‘ish sistemasi bo‘lmasa, sutka davomida har 3 soatda
o‘lchanadi (0; 3; 6; 9; 12; 15; 18; 21soat).
Xonaning yoki iqlimiy kamera bo‘limi havosining namligi har 6 soatdan
so‘ng o‘lchanadi (0; 6; 12; 18 soat). To‘siq konstruksiyasining termik bir
turdagi zonasi uchun issiqlik uzatishga qarshilik R
o
quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |