1-quyosh nurlari; 2-nur o‘tkazuvchi tinik shisha; 3-xavo qopqog‘i; 4-xona
Passiv past xaroratli kuyosh nuri bilan ishlaydigan isitish tizimi «bino -
turiga kelib tushadi. Tushgan kuyosh radiatsiyasi binoning devorlarining
yuzasiga va uy jixozlarini sirtiga tushib issiqlik energiyasiga aylanadi. Sirt
44
harorati oshib boradi va bu harorat nur tushmagan yuzalarga konveksiya va
nurlanish yuli bilan xonalararo tarkaladi. Demak, binoning kuyosh kuprok
tushadigan tomoni past xaroratli passiv isitish kurilmasi sifatida tanlanadi.
Xuddi shu yuzaning tomonlarini e’tiborga olgan xolda, gelio-kurilmalar
urnatilishi muljallangan sirtlarning sxemalari 2-rasmda kursatilgan.
2-rasm. Gelio qabul qiluvchi qurilmalarning sxemalari.
«Bino-kollektor» turdagi isitish tizimining samaradorligini oshirish uchun
nur tushadigan tinik shisha maydonini janub tomonga, ya’ni kun davomida
eng uzok vakt kuyosh nuri tobida bo‘lishini ta’minlash kerak. Bu tiniq yuzani
yupka qalinlikka ega bo‘lgan ashyodan tungi davrda tashqaridan yopib quyish
uchun issiqlikdan izolyasiyalovchi saqlovchi panjara moslamasi bilan
birgalikda quriladi. CHunki bu moslama jamlangan issiqlikni tunda tashqarga
sarflanishini kamaytiradi. Panjaraning ichki tomonini qora rang bilan. buyash
lozim. Xonaning ichidagi xavo xarakatidagi retserkulyasiyani boshqarish
uchun qopqoq o‘rnatiladi.
Aktiv (faol) past haroratli quyosh nuri bilan isituvchi asboblar o‘zi
alohida o‘rnatilib binoning biror bir qurilmasiga kirmaydi. Hozirgi davrda
quyosh nuri bilan isituvchi gelio qurilmalar ikki turga bo‘linadi: birinchisi nur
yig‘uvchi gelio qurilmalar va ikkinchisi –yassi gelio qurilmalar.
Hyp yig‘uvchi gelio qurilmalar sferik yoki paraboloid shak-lida oynali,
paraboloid silindr shaklida yasaladi. Bunday oynali nur qabul qiluvchi
moslama o‘ta yaltiroq yuza bilan qoplangan metall tunukalardan tayyorlanib
fokus nuqtasiga nur dastasi issiqligining quvvatini qabul qiluvchi issiqlik
tashuvchi to‘ldirilgan element joylashtiriladi. (2.5-rasm)
45
a) b)
2.5-rasm. Hyp yig‘uvchi gelio qurilmalarining umumiy ko‘rinishi:
a - parabolik nur yig‘uvchi moslama; b - parabolik silindr shaklidagi nur
yig‘uvchi moslama; 1 - quyosh nuri dastasi; 2 - issiqlik qabul qiluvchi
element (quyosh kozoni); 3 - oyna; 4 - oyna yuzasida quyosh nurini tushishini
boshqarib turuvchi moslama; 5 - isituvchi qurilmaga issiqlik tashuvchini
qaytuvchi va yuboruvchi quvurlari.
Gelio qurilmalarni issiqlik qabul qiluvchisi sifatida zichligi engil bo‘lgan
shag‘al, keramzit, suv yoki muzlamaydigan suyuqliklar ishlatiladi. Gelio
qurilmalarni quyosh nuriga doimo perpendikulyar holda turishini ta’minlab
turish kerak, chunki nur dastasi samarali va to‘liq tushishi uchun oynali
yuzasini siljitib turish lozim.
Gelio qurilmada issiqlik tashuvchi sifatida antifriz va suv ishlatilishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar tizimda issiqlik tashuvchi sifatida suv
ishlatilsa uni muzlashini oldini olish uchun tizimni suvdan bo‘shatib ko‘yish
lozim.
15.8-rasmda
suyuqlik
bilan
ishlaydigan
qo‘shma, ya’ni
parabolotsilindrik kotsentratli va suyuk issiklik akumlyatorli isitish
qurilmasining sxemasi keltirilgan.
Bu parabolotsilindrik gelio qurilmada issiklik tashuvchi sifatida antifriz va
isitish tizimi xalqasida esa suv ishtiladi.
46
Quyosh nurini yig‘uvchi gelio qurilmalarning afzalligi shundan iboratki,
bunday tizimda issiqlik tashuvchi suvni haroratini 40°S gacha ko‘tarib, hatto
bug‘ hosil qilish mumkin.
2.6-rasm. Parabolotsilindrik konsentratli va suyuk issiklik yiguvchi
Do'stlaringiz bilan baham: