Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
502
o`quvchining ongiga (ta`lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan tashqari
ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jaaryonida) muntazam
ta`sir etib boriladi. Agar o`quvchini tarbiyalashda bulardan birortasi (ongi, hissiyoti,
irodasi) e`tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Shuning uchun tarbiya
jarayoni ko`p qirrali va murakkabdir. Maktabdagi tarbiya jarayoni to`xtovsiz davom
etadigan jarayon bo`lib, unga o`qituvchi tarbiyachi rahbarlik qiladi va u tarbiyaning
ayni vaqt uchun zarur bo`lgan maqsadini, shu maqsadni hal qilishga xizmat etadigan
faoliyatini belgilaydi. O`quvchilarning shu faoliyatiga ishtirok etishini ta`minlab, ular
o`rtasida ijtimoiy, jamoa va o`rtoqlik aloqalari va munosabati uchun sharoit yaratadi.
O`quvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy
tashabbuskorligi o`sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari,
e`tiqodlari va voqea hodisalarga o`z nuqtai nazari vujudga keladi va mustahkamlanib
boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta`siriga nisbatan qanday munosabatda
bo`lishini belgilaydi.
Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga
etkazish jarayonidan iborat bo`lib, uning mazmuni ta`limdagidek alohida predmetlarda
emas, balki o`quvilarning hayot-faoliyatlari va o`zaro munosabatlaridan tashkil topadi.
Mana shulardan tarbiya jarayonining o`ziga xos hususiyatlari kelib chiqadi.
Pedagogik talab tarbiya jarayonida boshlang’ich usuli bo`lib, tarbiyalanuvchining
muayyan faoliyatini rag’batlantirishni yoki to`xtatishni va aniq amaliy hamda insoniy
sifatlarni namoyon qilishni ta`minlaydi.
Talab qilish usuli o`quvchilarning ko`pgina ahloqiy sifatlarini shakllantirishga
yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda o`ziga nisbatan mas`uliyat va
talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Yagona
pedagogik
talablarni
qarab
chiqar
ekanmiz,
faqat
bizning
jamiyatimizdagina xalqning ma`naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik
talab tarbiya jarayonining ta`sirchan usuliga aylanishi mumkin.
O`qituvchi o`quvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan, o`z
ko`rsatmalari bilan o`quvchilarning ayrim harakatlarini rag’batlantiradi. O`quv va
tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki
rag’batlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va lo`nda bo`lib, sezilar-
sezilmas majbur qilishga o`xshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish yo`l-
yo`riqlar shakliga ega bo`ladi. Bir xillari o`quvchilarni faqat ishga jalb qilish zaruriyati
tufayli, boshqalari bolalarning ayrim ko`nikma va malakalarini o`zlashtirishga tuzatish
kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari o`quvchilarning keraksiz va noto`g’ri
harakatlarini to`xtatsa, boshqalari muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va
qo`llab quvvatlaydi. Pedagogning talabisiz o`quvchilarning o`quv va ijtimoiy foydali
faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |