Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
349
Bola asosan oilada va maktabda bashqalar bilan munosabatda bo’ladi. Oilaning
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir vazifasi tarbiyalashdir. Bolalarning aqliy,
jismoniy, axloqiy, estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila inson deb ataluvchi
binoni faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmasdan, balki uning so‘nggi g‘ishti
qo‘yilguncha javobgardir. Ota-ona — san’atkor, bola — san’at asari, tarbiya jarayoni
esa san’atning o‘zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng milliy qadriyatlarimizning
tiklanishi va xalqimiz azaldan saqlab kelayotgan milliy urf - odatlarimiz, an’analarimiz
(bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug‘, mahallaning ham
ta’siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oilaning tarbiyaviy vazifasining
susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a’zolari xulqida
yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta’siriga berilish,
ma’naviy buzuqlik yo‘liga kirish) paydo bo‘lishi tashvishlanarli hollardan biridir.
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining
mazkur vazifasi darajasiga kiradi.
Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Oiladagi
tarbiya orqali shaxsga ma’lum bir siyosiy - g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’yorlar va
xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Xalqimizda «Qush uyasida ko‘rganini
qiladi», - deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni
natijasida shaxs ijtimoiy me’yorlar va qadriyatlarni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib
boradi.
Bola shaxsida salbiy xususiyatlarni kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri
ularda o’qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo’lishidir. Odatda bunday
munosabatning paydo bo’lishiga boshqa sabablar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Jumladan, o’quv faoliyati usuli, malakalari to’la tarkib topmaganligi sababli nisbiy
bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o’zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi,
muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish,
o’qituvchilar tomonidan o’quvchiga ob’ektiv baho bermaslik, o’qituvchining boladagi
individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga yetarlicha e’tibor bermaslik, o’qitish
saviyasining pastligi, darslarni qiziqarsiz o’tilishi va boshqalardir. Bola shahsida salbiy
xususiyatlarning kelib chiqishining yana bir sababi – ularning sinf jamoasi va turli xil
jamoatchilik tashkilotlari bilan yaxshi aloqada bo’lmasligidir. O’quvchi bilan jamoa
fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o’z o’rnini borgan sari yo’qotib borishiga
sabab bo’ladi. Unutmaslik kerakki, bolaning har bir xatti-harakati u bilan hisoblashish
kerakligidan boshqa narsa emas. Shuning uchun jamoa a’zolari bunday bolaning
qarashlarini vaqti-vaqtida hisobga olishlari yaxshi natija beradi. Bolaning fikr va
qiziqishlarini jamoaning qo’llab-quvvatlamasligi yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka
undaydi va xulq og’ishining kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola
uchun kelajak rejalarining poymol bo’lish xavfi tug’iladi. O’qishdan va jamoadan yuz
o’girgan bola o’z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va jamoa faoliyatiga bog’lashdan
ko’ra, yangi ulfatlari bilan aloqa qilishni afzal ko’radi va boshqa kishilardan najot
izlaydi. Natijada bola nosog’lom xulqli bolalar to’dasiga tushib qoladi va ular xulq-
atvoriga xos bo’lgan xarakterga ega bo’ladi. Oilaviy sharoitning salbiy ta’siri ham bola
shaxsida salbiy xususiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayrim oilalarda bola
uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi sababli u noxush holat bilan yolg’iz kurash
olib borish kechinmalari bilan yashaydi. Bola dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan
Do'stlaringiz bilan baham: |