Бола шахсида салбий ўзгаришларни келтириб чиқарувчи ташқи таъсирларнинг психологик-педагогик асослари
294
2.Talaba-yoshlarga fuqarolik huquq va burchlari to'g'risida maiumotlar berib
borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko'nikma va malakalar hosil
qilish;
3.Vatanni himoya qilish borasida harbiy vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish
;
Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyot shunday bosqichga kirganki, endi unda
harbiy qudrat emas, balki intellektual saloxiyat, aql-idrok, fikr ilg‘or texnologiyalar ham
xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Amir Temur bobomizning “Kuch adolatda” degan
mashxur ta‘birini bugungi kunga nisbatan qo‘llab aytadigan bo‘lsak, men unga
qo‘shimcha qilib “Kuch bilim va tafakkurda‖ degan bo‘lar edim”.
Inson faolligi harakat, faoliyat, xulq tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqaladi. Shaxs aynan turli faolliklar
jarayonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson
faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ravishda boshqariladigan faol jarayondir. Inson
faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deb yuritiladi. Ya‘ni,
faoliyat - inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman
ehtiyojlardan kelib chiqadigan, hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va
takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Bu - yosh bolaning real
predmetlar mohiyatini o‘z tasavvurlari doirasida bilishga qaratilgan o‘yin faoliyati, bu -
moddiy ne‘matlar yaratishga qaratilgan mehnat faoliyati, bu - yangi kashfiyotlar
ochishga qaratilgan ilmiy -tadqiqotchilik faoliyati, bu - rekordlarni ko‘paytirishga
qaratilgan sportchining mahorati va shunga o‘xshash. Shunisi xarakterliki, inson har
daqiqada qandaydir faoliyat turi bilan mashg‘ul bo‘lib turadi. Ijtimoiy faollik
kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg‘ulari va hatti-
harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy
voqelikning tegishli tomonlarini o‘zgartirishga ta‘sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan
kelib «ijtimoiy faollik»-shaxsning har sohadan xabardorlik, komillik darajasini
ko‘rsatuvchi mezon, deyish mumkin. Ijtimoiy faolikka intilib yashashning o‘zi g‘oya
hisoblanadi. Uning mazmunini esa jamiyat ma‘naviy yuksalishini ta‘minlaydigan bilim,
odob axloq, iste‘dod, qobiliyat, ijobiy ko‘nikma va malakalar, bular asosida shakllangan
dunyoqarashlar majmui tashkil etadi.
Bo‘lajak o‘qituvchi talabaning ijtimoiy faolligi shaxs sifati bo‘lib, jamiyat ravnaqi
yo‘lidagi g‘oyaviy, siyosiy, kasbiy-madaniy va fuqarolik mas‘uliyatining qonuniy
ifodasidir. har bir bo‘lajak o‘qituvchi o‘z faniga oid ilmiy bilimlarni egallash bilan bir
qatorda jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini, mamlakatda yuz
berayotgan o‘zgarishlarni anglab etishi, g‘oyaviy jihatdan qurollangan bo‘lishi ham
talab etiladi.
Talaba-yoshlarni O‘zbekiston prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon qilingan
ijtimoiy faol va raqobatbardosh, kadrlar tayyorlashga oid nazariy g‘oyalar, sharq
mutafakkirlarining barkamol inson tarbiyasiga oid qarashlari, shuningdek, «Ta‘lim
to‘g‘risida»gi Qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ma‘naviy jihatdan
shakllantirish ularga kasbiy bilimlar berish o‘qituvchi kasbiga tegishli malaka va
ko‘nikmalarni hosil qilish jarayoni bilan uzviylikda olib boriladi.
Bu uzviylik pedagogika fanlari hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
mazmunidagi o‘zaro aloqador xususiyatlarga bog‘liq.Demak, talaba-yoshlarni
tarbiyalashda pedagogika oliy o‘quv yurtlari oldida turgan muhim vazifa hozirgi davr
Do'stlaringiz bilan baham: |