1.Mavzu. Fayllar bilan ishlash. Standart muloqot oynalari
Reja:
1. Faylning vazifasi va turlari
2. Fayllar bilan ishlovchi funksiyalar
3. Fayl tashkil qilish. Fayllar bilan ishlash
4. Muloqot oynalarini yaratish
Tushunchalar va tayanch iboralar: matnli fayl, tiplashgan fayl,
tiplashmagan fayl, faylli o’zgaruvchi, standart muloqot oynasi, tugmalar.
1 slayd
Fayl – bu tashqi xotiradagi ma’lumotlarning nomlangan sohasi. Object
Pascal
da ularni tashkillashtirish va elementlariga murojaat qilish uslublariga
ko’ra fayllarning uch xil ko’rinishi farqlanadi: matnli, tiplashgan va tiplashmagan.
Matnli fayl – qatorlardan iborat fayl. Matnli faylga DELPHI dagi
(kengaytmasi *.pas) dasturning dastlabki matn fayli misol bo’ladi. Matnli fayl
bilan ishlash uchun mos faylli o’zgaruvchi tavsiflanishi zarur: Var F: TextFile;.
Do'stlaringiz bilan baham: |