МP 1
“3 ta dalilni aniqlash” intervyu-razminkasi
Trening ishtirokchilarini juftlarga birlashtirish kerak. Juftdagi
ishtirkochilarning har biri 2 daqiqa ichida sherigidan intervyu olib, u
haqida 3 ta qiziqarli dalilni o’rganishi kerak. Belgilangan vaqt o’tgach,
har bir ishtirokchi 30-40 soniya ichida o’zining natijalarini e’lon qilishi
kerak.
Trener fl ipchart varag’ini ikki qismga bo’lgan holda, axborotni qayd
etadi (ajratilgan qismlar sarlavhasiz qoldiriladi).
Odatda, ishtirkchilar 60-70% gacha dalillarni va 30-40% gacha fi krlarni
taqdim etadi. Masalan:
- dalillar: uchta tilni biladi, ertalabki beshda turadi, markalarni yig’adi,
uysiz hayvonlarni qutqaradi;
- fi krlar: baland bo’yli, sinfda hammadan yaxshi ashula aytadi,milliy
taomlarni yaxshi tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |