142
uchun uning so’zlari to’g’riligini tekshiring;
• Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarning ommaviy ravishda oshkor
qilinishini e’tiborsiz qoldiring - kirish huquqini faqat siz
ishonadigan
odamlarga qoldirib, cheklash yaxshiroqdir;
• Hech qachon yozishmalarda parollar, hisob
raqamlari, shaxsiy ma’lumotlar,
karta raqamlari va boshqalarni eslatmang;
• O’z sahifalaringizni boshqalarning qurilmalarida ochiq qoldirmang, qidiruv
tarixingiz va keshingizni tozalang;
• Klikbeytlar, pochta xabarlari va boshqa jozibali takliflarga ishonmang.
Tayyorgarlik uchun vaqt – 10 daqiqa. Chiqish uchun vaqt – 3 daqiqa.
Kartochkadagi vaziyatlarga misollar:
1. Shubhali tanishuvlar va begonalar bilan muloqot.
Suhbatdosh o’zini boshqa inson qilib ko’rsatib, noma’lum joyda va kechroq
uchrashishni so’raydi.
2. Yordam so’rash yoki e’tiborni jalb qilish maqsadida
notanish manbalarga
o’tish uchun havolalarni tarqatish.
Suhbatdosh petitsiya uchun ovoz to’plashda yordam berishini so’ragan holda,
sizning sahifangizni buzishi yoki «yuqtirishi» mumkin bo’lgan zararli saytga
havola qoldiradi.
3. Faolligi shubhali bo’lgan jamiyatga yoki tashkilotga kirish taklifi.
Yordam berish yoki muloqot qilish bahonasida odam noqonuniy tashabbus
guruhiga (masalan, Moviy kit) qo’shilishga jalb qilinishi mumkin.
4. Yolg’on yo’l bilan, keyinchalik foydalanish maqsadida insonning shaxsiy
ma’lumotlarini olish.
Ota-onangiz ma’lumotlari - ismi, hujjatlari, STIR - birlik yoki pul o’tkazish
uchun, tanlovda sovrin sifatida, aslida qarz olish yoki mablag’ni hisobdan
chiqarish uchun jo’natishingizni so’raydi.
5. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy fotosuratlarni joylashtirish.
O’g’rilar sizning yo’qligingizda manzilingizni aniqlash uchun ijtimoiy
tarmoqlardagi fotosuratlaringiz va hikoyalaringizni kuzatib boradi.
143
“Media Sabak” o’quv portali – bu maktab yoshidagi
bolalarga media-axborot savodxonlikni o’rgatish
bo’yicha Markaziy Osiyodagi ilk platforma. Ushbu
platformada istalgan kishi MAS bo’yicha kurs
o’tishi, o’zini va o’z bilimlarini o’yin
formatidagi
vazifalar orqali tekshirishi mumkin. «Мedia Sabak»
portaliga https://www.mediasabak.org/ru/ havola
orqali o’tish mumkin.
QLEVER o’yin platformasi – bu ta’lim-
ko’ngilochar onlayn portal bo’lib, undan Android
operatsion tizimi asosidagi raqamli tashuvchilar
foydalanishi mumkin, shu jumladan, www.
qlever.asia web-saytgaChrome, Mozilla Firefox,
Microsoft brauzerlaridan kirish mumkin. O’yin
platformasining kontenti
loyiha mamlakatlarining
har birida o’tkaziladigan monitoring natijalariga
asoslangan. Ushbu monitoring nafrat nutqi,
feyklar, dezinformatsiyaning
dolzarb namunalarini
aniqlaydi. O’yinlarni ishlab chiqishda bunday
namunalar va monitoring natijalarining qo’llanilishi
faqat o’quv-ma’rifat maqsadlarida amalga
oshiriladi va ulardan, mahalliy mamlakatning
qonunlariga zid ravishda foydalanishni
nazarda
tutmaydi.