Ernst Valter Mayr
(1904-2005 y) evolyusion biologiya
bilan shug‘ullanuvchi etuk olim. U sistematika, tropik
biologiyasi, ornitolog sifatida taniqlidir. Medelь genetikasi,
Darvin evolyusiya nazariyasini ko‘rib chiqib, o‘zining
konsepsiyalarini yaratdi. U o‘z ishlarida tur morfologik, funksional jihatdan
o‘xshash individlarning yig‘indisigina emas, balki faqat o‘zaro chatisha oladigan
individlar majmuasi ekanligini isbotladi, mazkur ifoda barcha darsliklarga
kiritilgan. Genetik dreyfning tur hosil bo‘lishidagi ahamiyatini, kichik
populyasiyalarda genetik qayta qurish katta populyasiyalarga nisbatan tez
bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |