Raximov
Karim Raximovich
tomonidan respublikamizda ovqat hazm qilish fiziologiyasi
maktabiga asos solindi. Olim tomonidan ingichka ichak membranasida hazm
jarayoni xususiyatlarini O‘zbekiston sharoitida, yoshga qarab o‘zgarib borishi
aniqlandi. Ontogenez davomida oziq moddalarning gidrolizi va so‘rilishida tashqi
muhit omillari (harorat, gipokinezaya, giponutritsiya)ning ahamiyati o‘rganilib,
funksional mexanizmlari yoritib berildi. K.R.Rahimov va uning shogirdlari
tomonidan yana bir yo‘nalish – ovqat hazm qilish tizimi tarkibi va funksiyasining
oziq moddalar tarkibiga moslanishi, ya’ni nutritiv adaptasiyasida gidrolitik
fermentlarning dinamik o‘zgarishlari kuzatildi. Bo‘shliq va devor oldi
(membrana) hazm jarayonlarining sutemizuvchilar turli tur vakillari (kalamush,
qo‘y, quyon)da ontogenez davomida o‘rganilib, tahlil qilindi. Ona-bola, ona-
homila tizimida platsentar-amniotrof yoki laktotrof ovqatlanishning ahamiyati
yoritildi. K.R.Raximov xizmatlari uchun Chexoslovakiyada Purkine medalining
sovrindori bo‘ldi. Unga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoni
berildi. Olim o‘z ilmiy faoliyati davomida 7 nafar fan doktori, 20 nafar fan
nomzodlarini tayyorladi.
114
Uning shogirdi b.f.n. A.Maxmudov Amerikaning Atlanta shtatida
“Kasalliklar nazorati va oldini olish” markazida laboratoriya mudiri bo‘lib
ishlamoqda. Akademik A.Ugolev va professor K.R.Raximovning shogirdi
B.Z.Zaripov muntazam ravishda AQSH, CHexiya Isroil oliygohlariga ma’ruzachi
sifatida jalb etilmoqda.
O‘zbekiston milliy universitetida professor L.S.Kuchkarova, Qarshi davlat
universitetida professor Sh.K Kurbanov, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya
institutida professor B.A.Sodikov, Guliston Universitetida dots. M.Allamuratov
ilmiy va pedagogik faoliyat olib borishmoqda.
Biologiya fanlari nomzodi, professor
K.T.Almatov
va uning
shogirdlari gipometaboliklar (benzonal, katatsin, kavergal, gutimin
va serotonin) oksidlanish fosforlanishga ta’sir etmay, organizmning
(yurak, jigar, miya mitoxondriyalarida) kislorodga nisbatan
ehtiyojini va energetik sarfini kamaytirishini ko‘rsatib berishdi
.
Professor
K.T.Almatov mitoxondriyada fosfolipiza A
2
enzimidan tashqari lizofosfolipiza
A
1
, fosfolipiza D, lizofosfolipiza D, fosfolipiza S va triglitseridlipazalarning
borligini va ular tashqi va ichki membranada joylashganligi, ularning turli
fiziologik va patologik holatlarda bajaradigan vazifasini aniqlab bergan. Benzonal
va flavanoidlarning organizmdagi asosiy almashinuvga, modda va energiya
metabolizmiga ta’sirini o‘rgangan. Bu moddalarni kislorod etishmasligiga, issiq
harorat va toksik moddalar ta’siriga qarshi ta’sirlarini aniqlagan. Olim o‘z
shogirdi b.f.d. X.N.Musaev bilan birgalikda olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida
organizm tashqi muhit harorati ko‘tarilib, qiziganda hazm a’zolaridagi energetik
almashinuvining buzilishini rivojlantiruvchi mexanizmlarni o‘rganishdi. U
o‘zining safdoshi professor R.N.Ahmerov va shogirdi b.f.n. Sh.I.Allamurotov
bilan hamkorlikda olib borgan ishlari issiq va sovuqqonli organizmlarning tabiiy
va indutsirlashgan gipometabolik xolatlardagi substandart almashinuvining
asosiy fiziologik-biokimyoviy ko‘rsatkichlarini tavsifiga bag‘ishlangan.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |