106
Biologiya fanlarining o‘zaro va boshqa fanlari bilan integrasiyasining
kuchayishi kuzatilmoqda. Biologiya fanining ijtimoiy-madaniy statusining
mustahkamlanishi kompleks va fanlararo izlanishlarning kengayishida,
biologiyaning aniq fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqalarining
mustahkamlanishida namoyon bo‘ldi. Biologiyaning gumanitar yondashuvi tibbiy
biologik va biotexnologik izlanishlarning chuqurlashuvi tufayli biologiya
yutuqlari faqat odamzot farovonligiga emas, butun tiriklikning farovonligiga
yo‘nalgan bo‘lmog‘i lozimligi ta’n olindi. Bugungi kunda biologiyaning ijtimoiy
– ahloqiy statusi o‘zgardi
2
.
Biologiya fani tekshirish uslublarning rivojlanishi. Biologiyaning
an’anaviy usullari (kuzatish, solishtirish, tarixiy-rekonstruktiv, eksperimental)ga
tiriklikni o‘rganishning yangi usullari va yondashishlari (idealizasiya,
aksiomatizasiya, formalizasiya, matematik modellash, informasion-ehtimoliy,
kibernetik va sinergetik yondashishlar) qo‘shilmoqda.
Tibbiyot biologiyasi va genetik izlanishlar tufayli populyasion darajada
turlarning ontogenetik shakllanish va rivojlanishi haqida tassavurlarning
kengayishi kuzatilmoqda.
Gen injeneriyasi (gen, xromosoma, hujayra injeneriyasi) izlanishilarning
faollashuvi tufayli XX asrning ikkinchi yarmida biologiya o‘z rivojining ikkinchi
bosqichiga – bioinjeneriyaga o‘tdi. Biologiya fani va ijtimoiy amaliyot o‘rtasida
aloqalarning kuchayishi tufayli biologiya faqat atrof-muhitni o‘rganuvchi fan
bo‘lib qolmay, atrof-muhitga kuchli ta’sir qila oladigan fanga aylanib qolmoqda.
YAngi bioob’ektlarni loyihalash, konstruksiyalash va yaratish (DNKning
rekombinant molekulalari, geni o‘zgargan viruslar, ozuqaning sintetik
mahsulotlari) tendensiyalari rivojlanmoqda
3
.
2
National Research Council (US) Committee on a New Biology for the 21st Century:
Ensuring the United States
Leads the Coming Biology Revolution. Washington (DC): National Academies Press (US); 2009.//
http://www.ncbi.nlm.nih.gov/book
3
Biology for the 21st Century A Plan for Bioengineering at Harvard//
https://hms.harvard.edu/sites/default/files/assets
107
Senozlar injeneriyasi. Bugungi kunda sunьiy bio- va agrotsenozlarni
konstruksiyalash va yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarish amaliyotining ekologiyalizasiyasi. Biologiya fanlarning
kompleksi faqatgina biotexnologiyaning rivoji orqali jamiyatning kuchli ishlab
chiqaruvchi kuchiga aylanmasdan, ishlab chiqarishning mavjud bo‘lgan shart-
sharoitlarini o‘zgartirish va tabiatdan rasional foydalanish, tabiiy resurslarni
tiklash kabi malasalar bugungi kunda dolzarb, chunki biologiya va ekologiya
jamiyatning, ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi bo‘lib shakllanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: