Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududdiy markazi



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/98
Sana31.12.2021
Hajmi3,88 Mb.
#242969
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98
Bog'liq
3.1.-Biologiyani-oqitishda-innovatsion-yondashuv-

Bajarilishi lozim: 
1. 
 Mavzuga  oid  nazariy  materiallar  bilan  tanishib  chiqib,  Smart 
educationning ustuvor tamoyillarini izohlash. 
2.Mavzuni  o‘qitishda  foydalaniladigan  axborot  ta’lim  texnologiyasi 
qo‘llash.  
4.  Biologiya  fanini  o‘qitishda  foydalaniladigan  axborot  texnologiyalari 
vazifalarni aniqlash. 
Amaliy mashg‘ulotga doir nazariy material 
 
Biologiya 
fanini 
o‘qitishda 
axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarining o‘rni.  
Uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan o‘qitish 
jarayonining  samaradorligini  oshirish  yuzasidan  qabul  qilingan  me’yoriy 
hujjatlarda  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  uyg‘un  foydalanish  muhim 
vazifa sifatida belgilangan. 
 
Darhaqiqat,  axborotlar  globallashgan  davrda  ta’lim-tarbiya  jarayonida 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalaridan 
foydalangan 
holda 
o‘qitish 
samaradorligini oshirish dolzarb muammo sanaladi. 
 
Tabiiy 
fanlar, 
jumladan, 
biologiyani 
o‘qitishda 
axborot 
texnologiyalardan  foydalanish  uchun  biologiya  ta’limi  mazmunining  o‘ziga  xos 


91 
 
xususiyatlarini  e’tiborga  olish  zarur:  tirik  ob’ektlar  bilan  ishlash,  ularda 
kechadigan hayotiy jarayonlarni kuzatish, tajriba qo‘yish va b. 
 
Biologiya  fanini  o‘qitishda  foydalaniladigan  axborot  texnologiyalari 
quyidagi vazifalarni bajaradi: 
 ta’limiy:  o‘quvchilarga  o‘rganiladigan  mavzu  bo‘yicha  asosiy  va 
qo‘shimcha  materiallar,  asosiy  tushuncha  va  ularning  izohlari,  turli  jadvallar, 
diagramma, murakkab ilmiy va ishlab chiqarish xarakteridagi tajribalar to‘g‘risida 
keng qamrovli bilim berish imkoniyati vujudga keladi; 
 o‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  yo‘naltirish:  o‘quvchilar  axborot 
texnologiyalari  mahsullari  bo‘lgan  ta’lim  beruvchi,  modellashtirilgan  va  nazorat 
dasturlari,  shuningdek,  animasiyalar  vositasida  ishlash  barobarida,  mazkur 
dasturlar  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  va  boshqarishni  ham 
o‘zida  mujassamlashtiradi,  ya’ni  o‘quvchilarni  chuqur  va  mustahkam  bilim 
olishga yo‘naltiradi; 
 ko‘rgazmalilik:  boshqa  o‘qitish  vositalaridan  farq  qilib,    axborot 
texnologiyalari  mahsullari  bo‘lgan  animasiyalar  biologik  jarayonlarni  harakat  va 
dinamik tasvirlaydi, shu sababli, o‘qitish jarayonida uning o‘rni beqiyos;  
 nazorat:  biologiya  ta’limining  barcha  shakllari:  dars,  darsdan  tashqari 
ishlar,  sinfdan  tashqari  darslarda,  shuningdek,  darsning  barcha  bosqichlarida 
o‘quvchilarning  o‘zlashtirgan  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilish  va 
baholash,  nazoratning  haqqoniyligi,  muntazamliligi,  keng  qamrovliligi, 
takrorlanuvchanligini amalga oshiradi; 
 rivojlantiruvchi:  o‘quvchilarning  o‘zlashtirgan  bilim,  ko‘nikma  va 
malakalarini  nazorat  qilish  dasturlaridagi  o‘quv  topshiriqlarning  qiyinlik 
darajasiga  ko‘ra:  reproduktiv,  produktiv,  qisman-izlanishli  va  ijodiy  xarakterda 
bo‘lishi  o‘quvchilarning  topshiriqlarni  bilimi,  ehtiyoji  va  qiziqishiga  mos  holda 
keyingi  bosqich  topshiriqlarini  bajarishga  bo‘lgan  intilishini  orttiradi,  fan 
asoslarini  mustahkam  o‘zlashtirishiga  zamin  yaratib,  shaxs  sifatida  rivojlanish 
imkoniyatini vujudga keltiradi; 


92 
 
 tarbiyaviy:  o‘quvchilarning  axborot  dasturlari  bilan  ishlashi  natijasida 
o‘quv va aqliy mehnat ko‘nikmalari rivojlantiriladi;   
 ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish: tabiat va undagi ob’ektlarni o‘rganish 
ikkita olam (makro va mikroolam)ga ajratilib, biologiya fani o‘zining mazmuniga 
ko‘ra, aksar hollarda mikroolam: hujayrada boradigan jarayonlar, masalan, modda 
va  energiya  almashinuvi,  fotosintez,  oqsillar  biosintezi,  biotexnologiya  va  gen 
muhandisligiga  doir  o‘quv  materiallarini  animasiyalar  orqali  o‘rgatib, 
o‘quvchilarning abstrakt tafakkuri va ilmiy dunyoqarashini rivojlantiradi. 
Biologiya  fanini  o‘qitishda  axborot  texnologiyalarining  yuqorida  qayd 
etilgan  vazifalarini  e’tiborga  olgan  holda,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish 
yo‘llarini  belgilash  va  amaliyotga  joriy  etish  bugungi  kunda  dolzarb  vazifa 
sanaladi. 
 
Uzluksiz  ta’lim  tizimida  pedagogik  faoliyat  ko‘rsatayotgan  o‘qituvchi-
larning  oldidagi  muhim  vazifalardan  biri  o‘quvchilarning  fan  asoslarini 
o‘zlashtirishga  bo‘lgan  qiziqishlarini  orttirish,  mustaqil  va  ijodiy  fikrlash 
ko‘nikmalarini  rivojlantirish  asnosida  ularning  barkamolligini  ta’minlash 
sanaladi.  Ushbu  muammolarni  hal  etishda  axborot  texnologiyalari  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
 
Axborot  texnologiyalaridan  foydalanilgan  darslar  axborotlarga  boy, 
ko‘rgazmali,  interfaol  bo‘lib,  vaqtdan  unumli  foydalanish,  har  bir  o‘quvchining 
o‘z  tempi  bo‘yicha  bilim  olish,  o‘qituvchida  esa,  o‘quvchilar  bilan 
tabaqalashtirilgan  va  individuallashtirilgan  ta’limni  amalga  oshirish  imkoniyati 
vujudga  keladi,  shu  bilan  bir  qatorda  o‘qitishda  natijalarini  nazorat  qilish  va 
baholash uchun zamin yaratadi. 
 
Axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  qo‘llanilishi  o‘quvchilarning 
hujayra,  to‘qima,  kimyoviy  elementlar,  atom,  molekulaning  tuzilishi,  modda  va 
energiya  almashinuvi,  fotosintez,  oqsillar  biosintezi  kabi  jarayonlar  haqida 
tasavvur  qilishlari,  abstraksiyalash  va  xotirada  saqlash  imkonini  kengaytiradi; 
o‘quvchilarning  motivlari  va  o‘zlashtirish  darajasi  e’tiborga olingan  holda  zarur 
hollarda takroran o‘rganish va o‘quvchilarning bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirish 


93 
 
imkonini  beradi;  biologik  jarayonlarni  animasiyalar  tarzida  virtuallashtirish 
o‘quvchilarning  ko‘rgazmali-obrazli  fikr  yuritish  va  o‘quv  materialini  to‘liq 
o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi; biologiya darsida animasiyalardan foydalanish 
darsning  barcha  bosqichlarida  o‘quvchilarning  bilish-faoliyatini  faollashtirishga 
olib keladi. 
 
Biologiya  fanini o‘qitishda quyidagilardan  foydalanish  mumkin:  har bir 
mavzu mazmuniga asosan ko‘rgazmalilikni amalga oshirish, ya’ni mulьtimediali 
taqdimot materiallari; biologik jarayonlarning animasiyasi; virtual laboratoriya va 
amaliy  ishlar;  ishlab  chiqarish  korxonalariga  virtual  ekskursiya;  biologik 
jarayonlarning  modellashtirilgan  dasturlari;  biologik  jarayonlarning  ta’limiy 
dasturlari;      o‘quvchilarning  mavzular  bo‘yicha  o‘zlashtirgan  bilimlarini  nazorat 
qilish  va  baholash  uchun  nazorat  dasturlari;  o‘quvchilarning  mustaqil  ta’limi  va 
ishi  uchun  o‘quv-axborot  saytlari;  didaktik  o‘yinga  asoslangan  animasiyalar; 
qiyinchilik darajasi turlicha bo‘lgan ijodiy topshiriqlar dasturi; 
Axborot 
texnologiyalaridan, 
shuningdek, 
quyidagi 
maqsadlarda 
foydalanish  mumkin:  modul  dasturlari  orqali  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini 
tashkil  etish-boshqarish;  qo‘shimcha  materiallar  to‘plash  va  ular  ustida  mustaqil 
ishlash; didaktik o‘yinlar, boshqotirmalarni echish. 
Demak, 
biologiya 
fanini 
o‘qitishda  axborot  texnologiyalaridan 
foydalanish  ta’lim  samaradorligini  oshirish,  o‘quvchilarning  fan  asoslarini 
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari va ehtiyojlarini rivojlantirish imkonini beradi. 
 
 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish