“tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana31.12.2021
Hajmi1,78 Mb.
#242800
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
O'TSQ Majmua

Undoshlar imlosi 
1.  v  harfi  avtomobil,  avtomat  kabi  so‘zlarning  birinchi  bo‘g‘inida  f  aytilsa  ham,  v 
yoziladi.  
2. Ff undoshi faryod, faxr, fason, filosof, tavsif so‘zlarida p aytilsa ham f yoziladi.  
3. Dd harfi obod, zavod, sud so‘zlarida t aytilsa ham, d yoziladi.  
4. Zz harfi tuzsiz, ko‘zsiz, izquvar so‘zlarida s aytilsa ham z yoziladi.  
5. Sh harfi ikki alohida tovushni ifodalasa, ular orasida tutuq belgisi qo‘yiladi va s 
hamda h kabi talaffuz qilinsa, tutuq belgisi s dan keyin qo‘yiladi: Is'hoq, as’hob kabi 
6.  Jj  harfining  ikki  xil  undoshni  ifodalashini  esdan  chiqarmaslik  kerak:  1)  til  oldi, 
jarangli  qorishiq  undosh:  jiyda,  juda,  tijorat,  tajriba;  2)  til  oldi,  jarangli  sirg‘aluvchi 
undosh: mujda, gijda, jurnal kabi.  
7. Nn harfi yakshanba, yonbosh, yonma-yon kabi so‘zlarda m aytilsa-da, n yoziladi. 
8.  Yozuvda  va  talaffuzda  Xx  va  Hh  harflarini  aralashtirish  kerak  emas:  shoh—shox 
(echki shoxi), ham—xam (egilgan, pasaygan), har—xar (eshak), hil — xil (tur) v. b.  
9.  Yonma-yon  kelgan  undoshlarning  so‘nggisi  tushirilmay  yoziladi:  Toshkent, 
go‘sht, poyezd, kilogramm, kongress kabi. 


Imlo (arab.  —  toʻgʻri  yozish),  orfografiya  — soʻz va  gaplarning,  soʻz 
qismlarining  grafika  vositalari  yordamida  toʻgʻri  yozilishi;  muayyan  tildagi  toʻgʻri 
yozish qoidalari majmui. Bu qoidalar soʻzlarning tovush tarkibi hamda soʻz va uning 
morfologik tarkibining yozilishi, soʻzlarni qoʻshib yoki alohida yozish, bosh harflarni 
toʻgʻri qoʻllash, boʻgʻin koʻchirish va boshqa bevosita yozuv bilan bogʻliq boʻladi. Shu 
bois  qoidalari  vaziyatga  koʻra  oʻzgarib  ham  turadi.  Kirill  yozuvidagi  oʻzbek  adabiy 
tilining Imlo qoidalari 1940-yildan shakllana boshlagan boʻlsa,  1956-yilda mukammal 
qoidalar  toʻplami  qabul  qilingan.  Oʻzbek  adabiy  tilida  fonetik,  morfologik,  tarixiy-
etimologik    qoidalari  amal  qiladi.  Fonetik  yozuv  qoidalariga  muvofiq  ayrim 
soʻzlarning  oʻzak  va  qoʻshimchalaridagi  oʻzgarishlar  hisobga  olinib,  talaffuzga 
muvofiq  yoziladi  (koʻk+ga=koʻkka,  bogʻ+ga=boqqa,  buloq  +  ga=buloqqa  va 
boshqalar).  Morfologik  Imlo  qoidasiga  koʻra,  aytilishi  va  eshi-tilishidan  qatʼiy  nazar, 
aynan  oʻz  holicha  yoziladi  (ichdi,  tushdi,  boribdi;  bunda  qoʻshimchalar  —  ti  —  ipti 
tarzida talaffuz qilinsa ham, di, — ibdi shaklida yoziladi). Tarixiy-etimologik qoidaga 
amal  qilinganda  esa  suzlar  uz  holicha  yoziladi  (kitob,  Muhammad,  kimyo,  tovar, 
geografiya,  Koreya,  Fransiya  va  boshqalar).  Oʻzbek  tilining  lotin  grafikasi  asosidagi 
(1995-yil  da  qabul  qilingan)  alifbosi  boʻyicha  asosiy  imlo  qoidalari  Oʻzbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1995-yil  24-avg  .  qarori  bilan  qabul  qilingan. 
Orfografiya 
grekcha to‘g‘ri 
yozmoq demakdir. 
So‘z 
o‘zak-negizlari 
va 
qo‘shimchalarini  yagona  tarzda  yozish  haqidagi  qoidalar  yig‘indisi orfogra-
fiya deyiladi.  Orfografiya  adabiy  tilning  yozma  shakliga  xosdir.  Orfografiya  o'z 
navbatida  orfoepiya  va  alifbo  (grafika)  bilan  uzviy  bog'liqdir.  Lekin  o‘zbek 
orfografiyasida  hali  anchagina  kamchiliklar  va  ba’zi  chalkashliklar  uchraydi.  Bunga 
sabab:  1)  o‘zbek  alifbosidagi  kamchiliklar:  2)  orfoepiyaning  ishlanmaganligi;  3) 
qo'shma 
so'zlar 
imlosining 
bo'sh 
ishlaganligidir. 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish