Natural english



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana31.12.2021
Hajmi0,5 Mb.
#242415
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Natural English 1-hafta(1)

7-qoida.

Hikoya

Univeristetning birinchi kursini tugatganimdan so‘ng meh-

monxonaga ishga kirdim. U yerda ko‘plab koreyaliklar o‘zbek tilini 

o‘rganayotganiga guvoh bo‘ldim. Xursand bo‘lib ketdim. Keyin ular 

o‘rganayotgan kitoblarni ko‘rdim. Bu grammatik qo‘llanmalar edi. 

O‘sha kitobdan bir gap esimda qolgan: 

Sardor bozor tomon ketdi.

Sardor  –  bosh  kelishikdagi  ot,  gapda  ega  vazifasida  kelyapti, 

chunki hech qanday kelishik qo‘shimchalari yo‘q. 



Bozor – turdosh ot, qayerga? degan savolga javob bo‘lib, gapda 

o‘rin holi vazifasida kelyapti. 



Tomon – ko‘makchi, jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida, shu 

kelishikka sinonim bo‘lib kelyapti. -ga – jo‘nalish kelishigi qo‘shim-

chasi,  aniq  joyni,  tomon ko‘makchisi esa taxminiy yo‘na lishni 

ko‘rsatadi. 




16

NATURAL ENGLISH

speak english easily, fast and automatically

Ketdi – fe’l. Gapda kesim bo‘lib kelyapti. Sodda tub kesim. -di – 

o‘tgan zamon qo‘shimchasi, so‘zlovchining o‘zi ko‘rgan voqealarni 

tasvirlashda ishlatiladi. -gan – o‘tgan zamon qo‘shimchasi esa vo-

qea-hodisaning ancha avval sodir bo‘lganligini aytish uchun ishla-

tiladi.  

Zerikib ketdingizmi, qadrli kitobxon? Men ham shuni aytaman-da. 

Til o‘rganayotgan koreyslarga rahmim keldi va haqiqiy o‘zbek tilini 

o‘rgatishga ijozat so‘radim. Ular rozi bo‘ldi (tekin kimga yoqmaydi 

deysiz). Men doskaga 50 tacha gap yozib, o‘rganuvchilarning har 

biridan turli savollar so‘rardim. 

Misol uchun yuqoridagi gapni olaylik: Sardor bozorga ketdi.

Kim bozorga ketdi?

Sardor qayerga ketdi?

Sardor maktabga ketdimi? va hokozo.

Shu orqali ular boshdan kechirayotgan o‘zbek tilini zerikarli 

o‘rganish jarayonini qiziq savol-javoblarga almashtirdim. Oradan oz 

muddat o‘tib ular o‘zbekchada ancha yaxshi gapiradigan bo‘lib qolishdi. 

Shunda men ingliz tilini o‘rganish ham unaqa zerikarli jarayon 

bo‘lmasligi kerak degan xulosaga keldim. Hikoyalar tuzib, bunday 

savol-javob tarzida o‘rgatsa, juda kuchli natuja berishini tushundim. 

Agar hikoya qiziq hamda g‘ayrioddiy bo‘lsa, uzoq muddatga esda 

qolishi tayin edi. 

Qo‘lingizdagi kitobda ko‘p qiziq, g‘ayrioddiy hikoyalar savol-

javob  tarzida  keltirilmoqda.  Savol-javobli  darslarimiz  ingliz  tilida 

o‘ylashingizga yordam beradi. Shuningdek, sekin gapirishga barham 

beradi, hademay tez gapirishni boshlaysiz. Xuddi o‘zbek tilida suh-

batlashayotgandek so‘zlar o‘z-o‘zidan og‘zingizdan chiqib ketaveradi. 

Bu natijaga aynan men aytayotgan Savol-javob darslari (MINI STO-

RY) orqali erishiladi.

Sistemadan olti oy to‘liqligicha foydalanishni tavsiya qilaman. Pro-

fessionallar shoshilmaydi. Birato‘la olti oylik kursni tugatib ola-

qoling. Chunki uch oylik kurslarimizni bitirgan ba’zi o‘quvchilarimiz 

oz muddat o‘tgach ingliz tilida o‘z ona tilidek gapirish malakasini 

yo‘qotib qo‘yishganiga guvoh bo‘ldik. 6 oylik kursni bitirgach esa 

natijalaringizdan o‘zingiz ham hayratda qoling. 



17

Jumanazar Khushbakov




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish