2-qoida. Ko‘pchilik ingliz tilini o‘rganishdan asosiy maqsad
gaplashish, muloqot qilish ekanini unutib qo‘yadi. Buning oqibatida
faqat «grammatik olim»lar yetishib chiqmoqda.
O‘zim 11 yil davomida ingliz tilini o‘rganib «grammatik olim»
bo‘lgan edim. Darslarda grammatika qoidalari bobida kursdoshla-
rimni, hatto ba’zan universitet o‘qituvchilarini ham mot qilib qo‘ya
olardim. Lekin shunchalik kuchli grammatika ham erkin gapirish-
ga yordam bera olmagan. Bu hol faqat menda emas, balki dunyo
bo‘ylab juda ham ko‘plab o‘quvchilarda takrorlanyapti. Ushbu kitob
esa «пrammatik olimlar» emas, balki ingliz tilida erkin gaplasha
oladigan odamlarni tarbiyalashga mo‘ljallangan.
2-qoidaning xulosasi: grammatik qoidalarni o‘qishni to‘xtating.
Grammatikasiz to‘g‘ri gapirish mumkinmi? Mumkin. Qanday dey-
sizmi? Birozdan so‘ng bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |