Tadqiqot ishining tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Tadqiqot
A.Navoiy nomidagi SamDU o’zbek tilshunosligi kafedrasida o’rganilayotgan
mavzular tarkibiga kiradi.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi o’zbek
tili olmoshlarini badiiy matnda semantik-stilistik xususiyatlarini o’rganishdan
iborat. Ushbu maqsadni amalgam oshirish jarayonida quyidagi vazifalarni xal etish
ko’zda tutildi.
- olmoshlarning leksik-semantik xususiyatlarini o’rganish;
- nutqiy vaziyatga bog’liq holda olmoshlar sinonimiyasini tahlil etish va
ularning faollik darajasini belgilash;
- olmoshlarning semantik va ematsional, ekspressiv ottenkalari
shakillanishining stilistik shart-sharoitlarini aniqlash;
- badiiy nutqda til birliklari orasida olmoshlarning o’rnini belgilash;
- poetik va prozaik matnlarda olmoshlarning stilistik xoslanishlarining
funktsional chegaralanishlarining ekstralingvistik jihatlariga e’tiborni
qaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |