lokal va mintakaviy kompyuter tarmoqlarini birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmogidir,
ARPA kompyuterlarini o‘zaro bog‘lashni taklif etadi va 1969 yilda AQSH Mudofa vazirligi
boglangan kompyuter tarmoqlari degan ma’noni anglatadi) -bu bir-biri bilan aloka kanallari
(mavjud bo’lgan telefon kanallari va kabelli aloqa kanallari) bo’yicha muloqot qiladigan turli xil
Bu tarmoq ARPAnet deb nomlandi va UNIX operatsion sistemasida ishlay boshladi. 70 –chi
yillarda ushbu tarmoq kuchayib unga xoxlagan kompyuterni ulash imkoniyati paydo bo‘ldi. 1974
yilda xar-xil tarmoqlarni birlashtiruvchi TCP/IP protokoli yaratildi va bu tarmoqlarni
rivojlanishiga yana bir turtki bo‘ldi. 1976 yil tadqiqot kompaniyasi laboratoriyasi xodimi Robert
Metkalf ilk lokal kompyuter tarmog‘i Ethernet ni yaratdi. 1983 yildan ARPAnet Internet tarmog‘i
deb yuritila boshlandi va kompyuter hamda tarmoqlar to‘plami sistemasiga aylandi. Bu sistemaga
AQSH ning eng taniqli korxonalar tarmog‘i NSFNET, evropadagi EUNet, EARN, yaponiyaning
JUNET va buyuuk Britaniyaning JANET tarmoqlari qo‘shildi. Shu yili ARPAnetni ikki mustaqil
tarmoqqa bo‘lib yuboradi. Ularning biri keyingi tadqiqotlar uchun, ikkinchisi harbiy aloqalar
uchun edi. Harbiy tarmoq MILnet nomini oladi.
INTERNET butun dunyo kompyuter tarmog‘iga aylandi. Internet quyidagi imkoniyatlari
bilan afzaldir, bu-informatsiyaga ega bo‘lish, yangiliklar bilan tanishish, bilimga ega bo‘lish,
o‘qish, ilg‘or texnologiyalar va tajribalar bilan tanishish, ish munosabatlarini tezda hal qilish,
sherik va buyurtmachilarni nazorat qilish va xakazolardir. Demak Internet bu yangiliklar bilan
muntazam tanishuv, hamkorlik va harakatlarning birlashuvi, zamonaviy fikrlar almashish, ta’lim
olish va x.k. Internet-bu infradoira bo‘lib, uning yordamida ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish,
boshqarish va tasvirlash mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Internet ildizi 50-y borib taqaladi. Hammasi 1949 yili
sobiq Ittifoq atom bombasini sinovdan o‘tkazilganida boshlandi. 1956 yil Pentagon vahima
ko‘tarib, hukumatga raketadan himoya qiluvchi vosita yaratilishi uchun mablag‘ berishni so‘rab
murojat etadi. Ammo rad javobini oladi. 1957 yilda yilda sobiq ittfioqda erning birinchi sun’iy
yo‘ldoshi uchiriladi, endilikda Rossiyada yadro zaryadini dunyoning istalgan chetiga etkazib
berish vositasi paydo bo‘lgandi.
1958 yil Pentagon yana bir bor hukumatga moddiy yordam so‘rab, murojat etadi va bu safar
u o‘z maqsadiga erishadi. SHunda xabarni zudlik bilan etkazish tizimini vujudga keltirishga qaror
qilingandi. 1991 yil CERN –Evropaning fizika laboratoriyasi barchaga tanish bo‘lgan WWW ni
yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: