Ўзбекистон республикаси фанлар академияси



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/141
Sana24.02.2022
Hajmi2,9 Mb.
#240033
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141
Bog'liq
ortiqov-4118---9225-1-2-20200929

 
 
XORAZM UZUKLARIDA AKS ETGAN VAFO VA QUDRAT 
 
Bekturdieva Sh., Urganch Turizm va tadbirkorlik kolleji 3-bosqich talabasi, 
Bekturdieva H., Urganch Turizm mehmonxona va servis kolleji 3-bosqich talabasi 
 
Xorazm xalq amaliy san‘ati turlari ichida zargarlik alohida o‘rin tutadi. Asosiy vazifasi 
kishilarga zavq- shavq bag‘ishlash, ularga zebolik baxsh etishdan iboratdir Zargalik buyumlari 
yasash Xorazm vohasida qadim davrlardanoq rivojlanib kelgan. 
Eramizning IV-V asrlarida yaratilgan zargarlik buyumlari kam miqdorda tosh, shisha va 
past probali kumushdan yasalgan bo‘lib, ular arablar tomonidan tovon sifatida olib ketilgan, 
natijada xalifalikning markaziy shaharlarida ehtiyoj ortib, xorazmlik zargarlarga ko‘plab 
buyurtmalar tushgan. 
Shu davrdan boshlab Xorazmdagi zargarlik buyumlari yana bir tosh marjon bilan 
boyitildi va marjon toshlar zargarlik buyumlarining tarkibiy qismiga aylandi. Keyinchalik 
Xorazmshohlar davrida ham zargarlik yuksak darajada rivojlanib, uning bir qancha turlari chet 
mamlakatlarga chiqarilgan bo‘lsa, ammo. XIII-XIV asrlarda zargarlik rivojida sustkashlik 
kuzatilishi bevosita mo‘g‘ullar bosqini bilan bog‘liq edi. 
XIX –XX asr boshlarida esa zargarlik tez sur‘atlarda rivojlandi. Zargarlik buyumlaridan 
uzuk ayollarimizning sevimli taqinchog‘i hisoblanadi. Chunki, uzuk ayolllar qo‘llarini nozik 
qilib ko‘rsatadi. Uzuklar yasalishi va bezatilishiga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi. Ko‘zli 


156 
uzuk (ko‘zi gavhar, yoqut, dur va boshqa qimmatbaho toshlar va shishadan); ko‘zsiz uzuk ( 
naqshli va naqshsiz); nikoh uzugi (odatda nikohdan so‘ng taqiladi); muhr uzuk (ko‘z o‘rnida 
muhr bo‘ladi) ba boshqalar shular jumlasidandir. 
Xorazm uzuklari tilla, kumush ma‘dandan qilinib, turli shakldagi qalqonchalarga rangli 
tosh va shishadan ko‘z qadalgan. Ayniqsa, cho‘zinchoq, kamdan kam hollarda to‘g‘ri burchakli 
aqiq va shisha ko‘zli uzuklar yasash azaldan rasm bo‘lgan. Xorazm ayollarining uzuk taqishi 
ham qarz, ham farz sanalib, ―Halollik uchun bitta uzuk taq‖ deb bejiz aytishmagan. Chunki, 
uzugi bo‘lmagan ayollarning qo‘li nopok bo‘lib, ularning tayyorlagan taomlari makruh va 
yuvgan kiyim-kechaklari esa nopok hisoblangan. Shuning uchun ham barcha xotin qizlar qo‘lida 
uzuk bo‘lishiga doimo ahamiyat berishgan. O‘z navbatida uzuklar bir qancha ma‘no mazmunni 
ifodalaydi. Masalan, uzuk hukmdorlar uchun hokimiyat ramzi bo‘lsa, turmushga chiqqan ayollar 
uchun nikoh uzugi sevgi va sadoqat ramzi bo‘lgan. 
Xorazmda ko‘pincha, cho‘zinchoq, aksariyat hollarda esa to‘g‘ri burchakli aqiq yoki 
shisha ko‘zli uzuklar yasash odat tusiga kirgan. Bayramlarda taqishga mo‘ljallangan uzuklar ham 
bo‘lgan. Ko‘zi chuqurchalarga o‘rnatilgan feruza yoki tilla donachalari bilan gardishlangan 
uzukning toshi va gardishining uchli shakli alohida diqqatga sazovordir. 
Uzuklar alohida ibtidoiy kesma naqshli yoki o‘rtasida tosh ko‘z qadalgan Xorazm uzugi 
hozir ham mavjud va mashhur bo‘lib, u xalq orasida ‖ qurbaqa uzuk‖ deb ataladi. Uzukning bu 
turi olti qirrali ma‘dan qalqonchaga ega bo‘lib, burchaklarida to‘rtta zo‘ldiri bor. 
Uzuk xon va hukmdorlar uchun hokomiyat ramzi ekanligini yuqorida eslatib o‘gab edik. 
Xiva Xoni saroyidagi zarbxona va zargarlik ustaxonasida xon va uning yaqin qarindosh-urug‘lari 
uchun maxsus buyurtmalar asosida zargarlik buyumlari yasalgan. Deyarli har bir xonning 
shaxsiy muhr uzugi bo‘lgan. Muhr uzuklar yana ‖hotam uzuk‖ nomi bilan ham mashhur bo‘lib, 
ular tilla va kumushdan yasalgan. Xorazm muhr uzuklarining ko‘pchiligi XIX asrga oid bo‘lib, 
ular xonning shaxsiy muhri, shu bilan birga ziynat vazifasini ham bajargan. Hotam uzuklarda 
yozuvlar naqshlar bilan uyg‘unlashib, o‘ziga xos g‘ozallikni vujudga keltiradi. Shuningdek, 
ushbu hotam uzugini soxtalashtirishning oldini oladi.
Xorazmda hotam uzuklari yasash ayniqsa, XIX-XX asrlarda o‘zining yuqori bosqichiga 
ko‘tarilgan. Uni tayyorlash uchun zargar va muhrkan ustalar birgalikda faoliyat olib borishgan. 
Muhr uzukni tayyorlashda usta 
harflarning eng chiroyli, bezak uchun eng 
muvofiq xusnixat shaklini tanlay bilgan. 
Turli 
shakllardagi 
ya‘ni 
dumaloq, 
cho‘zinchoq, 
to‘rtburchak, 
to‘g‘ri 
to‘rtburchakli, 
ko‘pburchakli, 
bodomnusxa 
va 
boshqa 
shakldagi 
mo‘jazgina muhrda umumiy uyg‘un 
holdagi naqshni hosil qilish uchun harflar 
(bunda arab va eski o‘zbek yozuvi 
harflari)i ba‘zan harakat belgisi ham 
berilgan, ba‘zan esa ular ishlatilmay 
harflar 
bir-biriga 
uyg‘unlashtirilgan. 
Ushbu uyg‘unlashuv har bir muhr uchun 
xos bo‘lib, u betakror xusnixat miniaturasi namunasi bo‘lar edi. 


157 
Shu bilan birga, har bir harfning nafis ifodalanishi, naqshinkorligi , turli shakldagi 
toshlarda ajoyib gullar hosil qilishi yoziladigan jism yuzasida ham eniga, ham bo‘yiga rasamadi 
bilan benuqson joylanishi tillaga aqiq va boshqa qimmatbaho toshlarga g‘oyat mayda harflar 
yozishning chinakam noyob asarini yuzaga keltirgan. 
Uzuklarning o‘ziga xosligi, go‘zalligi va nafisligi , albatta, ustalarning boy tajribasi va 
mahoratiga bog‘liq. Xorazmda muhrkan zargarlar sulolasi bir necha asrlar davomida turli 
zargarlik buyumlari va xon uchun muhr va hotam uzuklar yasab berishgan. 
Tumor vazifasini bajardigan uzuklar ham bo‘lgan. Turli xatlar va egasining ismi-sharifi, sanasi 
kabi yozuvlar yozilgan muhr uzuklardan uzoq vaqtgacha qo‘shimcha maqsadlarda foydalanilgan. 
Shunisi qiziqki, barcha zargalik buyumlari ichida faqat nikoh tilla uzugi( shohona) gina 
o‘zining ramziy ma‘nosini saqlab qolgan va hozirgi kunda ham sevgi va sadoqat ramzi sifatida 
qadrlanadi. Yuqoridagi fikr va mulohazalarga tayanib, shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bu 
xotin- qizlar va erkaklarning bezak buyumi bo‘lib, har bir kishi uni o‘zining didi, ehtiyojiga 
qarab yasattirgan yoki sotib olganligiga amin bo‘lamiz. Insonlar o‘rta barmog‘iga uzuk 
taqishmagan. Buni ba‘zi tarixchilar g‘assollar(o‘lik yuvadigan kishilar)gina o‘rta barmog‘iga 
uzuk taqishgani bilan bog‘laydilar. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish