XORAZM SHAHARLARI TOPONOMIKASIGA OID BA`ZI MULOHAZALAR
Baxtiyorova O., UrDU magistarnti
Xorazm vohasi shaharlari tarixini tadqiq qilishda mahalliy toponimlar juda qimmatli
manba hisoblanadi. Ammo ularning mohiyatini ochishga tarixchi, sharqshunos va tilshunos
olimlar yetarli e‘tibor bermasdan kelmoqdalar.
Xorazmda mavjud joy nomlari juda qadimgi davrlarda shakllangan [Неразик Е.Е.: 224].
Ular orasida "uy", "yashash joyi", "shahar", "manzilgoh" ma‘nolarini anglatuvchi o‘zakdan
tashkil topgan bir qator nomlar bor. Masalan, maevana (mitana) so‘zi - Ardaxushmitan,
Xushmitan, Raxushmitan kabi qishloq nomlarida, "Kat", "Kas" so‘zi - sharqiy eron tillaridagi
"shahar" nomlarida aks etgan. "Avesto"dagi kata ("yerto‘la", "yer osti sag‘anasi"), pahlaviy
tilidagi katak, forschadagi kada, kad - "uy", "shahar", so‘g‘dchadagi kt ‗ k, kty ‗ k - "uy"
so‘zlarini eron tillarida yaxshi ma‘lum bo‘lgan va "qazimoq", "kavlamoq" hamda "ko‘mmoq"
ma‘nolarini beruvchi kan fe‘liga bog‘lab o‘rganish lozim. Shunda kata, kanta so‘zlari - devor
bilan o‘ralgan va mustahkamlangan manzilgoh ma‘nosini bildiradi[Неразик Е.Е.: 224].
Xorazm shaharlari nomlarida ham ularning mustahkamlangan manzillar bo‘lganligi
to‘g‘risidagi qarashlar boshqa so‘zlarda ham o‘z ifodasini topgan. Prof. V.A.Livshits fikriga
qaraganda, Sadvar, Nuzvar kabi so‘zlarning ikkinchi qismidagi - var qo‘shimchasi - "devor",
112
Воробьѐ ва М.Г. Дингильджа. Усадьбы – I тыс. до н.э. в древнем Хорезме. – Москва: Наука, 1973. C91
90
"qal‘a-qo‘rg‘on" kabi tushunilishi mumkin. Prof. M.N.Bogolyubov Xorazm toponimini taxlil
qilish jarayonida - hu-warazam so‘zining forscha - huwarazmi va "Avesto"dagi xvairizam
iboralariga to‘g‘ri kelishi bilan birga "chorva uchun yaxshi mustahkam qo‘rg‘oni bo‘lgan
mamlakat", "mustahkamlangan manzilgohlari bor yer", "yaxshi varlari bor mamlakat"[
Боголюбов М.Н.:368-370] degan mazmunlarni berishini ko‘rsatgan.
Xorazm shaharlari nomlari mazmunini aniqlashtirish borasidagi dastlabki tadqiqotlar
muhim xulosalarga olib keldi. Qadimgi Xorazm toponimlarida mamlakat aholisi hayoti uchun
zarur suv manbalari va qal‘alar nomlari o‘z aksini topgan. Keng tarqalgan "kat" iborasida esa
taxt, poytaxt, "murdalar uyi", yerto‘laga xos kulbalardagi bo‘lmalar, yog‘och so‘ri[Снесарев
Г.П.,1960: 60-71] kabi ma‘nolar o‘z aksini topgan[Бартольд В.В.:209].
Xorazm shaharlari tarixi uchun Xiva-Ardaxiva, Xushmitan-Ardaxushmitan, Kardor-
Kardoronxos, Jurjoniya-Kichik Jurjoniya kabi juft nomlar ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu
ma‘lumotning tahlili SHarqning boshqa hududlari kabi Xorazmda ham bir shahardan
ikkinchisining "sachrab chiqishi", eski shahardan ko‘chib kelganlarning o‘z nomlarini saqlab
qolishga intilganliklarini ko‘rsatadi. Ayrim vaqtlarda yangi va eski shaharlar daryoning ikki
qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, u Xorazmning poytaxti Kat shahriga ham xos edi.
Xorazmga kelayotgan karvon yo‘llardagi manzil va makonlarning nomlari ko‘pgina
olimlar tomonidan bir xilda sanab o‘tiladi. Al-Maqdisiy Amudaryoning Mosh va Sandadan
degan tor joydan o‘tgach, Boqirg‘on, SHo‘roxon, Kat, Xos, Nuzkat, Vayxon, Nukfag,
Mizdahqon va shu kabi shaharlar yaqinidan oqib o‘tganligini qayd etgan. Yana bir noma‘lum
sayyoh tasvirida Katga olib boruvchi yo‘lda, Gardman, Vayxon, Ardaxiva, Nukbog‘ kabi
shaharlar borligini ko‘rsatgan[МИТТ. Т. I.:206]. Ushbu shaharlarning nomlari tahlil etiladigan
bo‘lsa, Nuzkat - "yangi shahar", Nukbog‘ - "yangi maydon", "yangi bog‘", Gardman -
"jannatmakon joy" degan iboralar shakllanadi. Vayxon, SHo‘roxon shaharlari nomlaridagi "xon"
negizi shahar va kanal nomlariga asos bo‘lgan[Неразик Е.Е.: 225].
Xorazmning o‘rta asr shaharlari nomlarida «xos» iboralari uchrab turadi. Jumladan, Xiva
va Kat shaharlari oralig‘ida Kardaronxos va Daskanonxos shaharlari joylashgan. Prof.
V.A.Livshits fikricha, «xos» so‘zi - "manzilgoh", "yashash joyi" ma‘nosini bildirsada, ayrim
hollarda so‘g‘dchadagi - kand-kat-kav, ya‘ni shahar so‘zi bilan etimologik jihatdan bog‘liq
bo‘lishi ham mumkin. Xorazm viloyatidagi o‘zbeklarning etnografiyasini chuqur o‘rgangan
G.P.Snesarev ta‘kidlaganidek, «xos» iborasi janubiy Xorazm toponimikasida juda ko‘p uchraydi.
Juvorxos, Navxos, Pirnaxos, Zenaxos, Nezaxos, Chorxos kabi nomdagi qishloqlar o‘rta asrlarda
yirik aholi yashaydigan manzilgohlar hisoblangan[Снесарев Г.П., 1975: 88].
Xorazm toponimlarida ―band‖ iborasi ham ko‘p uchraydi va u ―o‘tish joyi‖ degan
tushunchani beradi. Amudaryo qirg‘og‘ida joylashgan qadimgi Jigarband qishlog‘i yonida
kechuv bo‘lgan. Jitband qishlog‘i esa Xorazm vohasining Qoraqum sahrosiga yaqin yerida
joylashgan bo‘lib, karvonlarning sahroni kesib o‘tishni boshlaydigan joy hisoblangan.
Xorazmdagi ―Safardiz‖ qishlog‘i nomidagi ―diz‖ qo‘shimchasi - ―qal‘a‖ ma‘nosini, ―Ko‘handiz‖
- ―eski qal‘a‖ nomlarini bildirgan. Qadimgi Safardiz qal‘asi hozirgi Xonqa tumani markaziga
yaqin yerda joylashgan bo‘lib, savdo-sotiqni rivojlantirishda alohida o‘rin tutgan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kelgusida ham Xorazm shaharlari tarixini
o‘rganishda toponimik tadqiqotlar natijalaridan keng foydalanish lozim.
Adabiyotlar:
91
1. Абулғозий «Шажараи турк» Тошкент-1992
2. Бартольд В.В. Туркестан при исламе // Соч., т.2, ч. 1. — М., 1963, с. 209.
3. Боголюбов М.Н. Древнеперсидские этимологии// Древний мир. — М., 1962, с. 368-370.
4. Гумилев Л.Н. Древняя русь и великая степь.-М,: Мысль, 1989, с.127-128.
5. Материалы по истории туркмен и Туркмении. Т. I. — М.-Л., 1938.
6. Неразик Е.Е. К проблеме развития городов Хорезма // В кн.: Культура и искусство
древнего Хорезма. — М.: «Наука», 1981, с. 219-227.
7. Норқулов Н.К. Беруний ва Хоразм. Тошкент, 1973, 23-24-бетлар.
8. Снесарев Г.П. Большые семейные захоронения у оседлого населения Левобережного
Хорезма // КСИЭ. Вып. 33. — М., 1960, с. 60-71.
9. Снесарев Г.П. Объяснительная записка к "Карте расселения узбеков на территории
Хорезмской области (конец XIX — начало XX в.). // В сб.: Хозяйственно-культурные
традиции народов Средней Азии и Казахстана. — М., 1975, с. 88.
92
Do'stlaringiz bilan baham: |